8- mavzu. Davlat budjeti, soliqlar va davlat qarzi reja


O‘zbekiston Respublikasida soliq islohotlarining o‘ziga xos



Yüklə 399,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix22.06.2023
ölçüsü399,63 Kb.
#134072
1   2   3   4   5   6   7   8
9.2-mavzu. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot

8.5. O‘zbekiston Respublikasida soliq islohotlarining o‘ziga xos 
xususiyatlari 
O‗zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan soliq siyosati iqtisodiyotni 
modernizayiya qilish va texnik qayta qurollantirishda soliqlarning rolini oshirish, 
ularning rag`batlantiruvchi funksiyasini kuchaytirish, soliqlarni unifikatsiya qilish, 
iqtisodiyotga soliq yukini pasaytirish, soliq stavkalarini pasaytirish kabi 
yo‗nalishlarda olib borilmoqda. Ushbu ma‘ruzaning beshinchi savolida 
ko‗rganimizdek to‗g‗ridan-to‗g‗ri soliq stavkalarining pasaytirilishi, kichik biznes 
sub‘ektlari uchun soddalashtirilgan soliq tizimining joriy etilishi iqtisodiyotga 
rag‗batlantiruvchi ta‘sir ko‗rsaktmoqda.
Soliq islohotlari to‗g‗ridan to‗g‗ri soliqlarning stavkalarini kamaytirish, resurs 
to‗lovlari va mulk solig‗i bo‗yicha tushumllarning davlat budjetidagi ulushini 
oshirishga qaratilgan. 
2000-2018 yillarda soliq siyosati makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror 
iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash, iqtisodiyotda tuzilmaviy o‗zgarishlarni amalga oshirish, 
tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va aholi moddiy turmushining muntazam 
yaxshilashib borishi maqsadlarini ko‗zlab amalga oshirildi.
Shu yillarda davlat soliq siyosati iqtisodiyotda soliq yukini yanada kamaytirish, 
soliq solish tartibini soddalashtirish, soliq ma‘murchiligini takomillashtirishga 
yo‗naltirildi.


10 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, investitsiyalarni va tadbirkorlik faoliyatini 
rag‗batlntirish uchun soliq imtiyozlarini joriy etish, soliq stavkalarini kamaytirish 
natijasida soliq bazasi kengaydi, oqibatda budjetga soliq tushumlari ko‗padi, 
daromadlar tarkibida ijobiy siljishlar ro‗y berdi. 
8.1-rasm. Soliq yuki dinamikasi
6
 
Keyingi yillardagi soliq siyosatining asosiy yo‗nalishlarida soliq yukini 
muntazam kamaytirib borish tendensiyasi kuzatilib kelinmoqda, o‗z navbatida ushbu 
holat 2017 yilda ham kuzatildi va iqtisodiyotga ijobiy ta‘sir etdi. 
8.1-rasm ma‘lumotlaridan ko‗rinadiki, soliq yuki darajasi Respublikamizda 
izchillik bilan kamayib bormoqda. Agar ushbu ko‗rsatkich 2000 yilda YaIMga 
nisbatan soliq yuki 28,0%ni tashkil etgan bo‗lsa, 2008 yilga kelib 4,8 punktga 
(23,5%), 2014 yilda esa 8,0 punktga kamaydi va 2018 yilda YaIMga nisbatan 
19,4%ni tashkil etdi. 
Izchillik bilan amalga oshirilayotgan, birinchi navbatda soliq yukini 
kamaytirishga 
qaratilgan 
oqilona 
soliq 
siyosati 
iqtisodiyotdagi 
tarkibiy 
o‗zgarishlarga, xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning ishbilarmonlik faolligi va 
moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 
Soliq yukini iqtisodiyotdagi tarkibiy o‗zgarishlarni e‘tiborga olgan holda 
kamaytirib borish o‗z samarasini berdi. Milliy bozorni mahalliy tovarlar (xizmat, 
ish)lar bilan to‗yintirayotgan, eksportga mahsulot chiqarayotgan, ichki va tashqi 
investitsiyalarni ishlab chiqarishga jalb qilayotgan, shuningdek, kichik biznes 
sub‘ektlari shaklidagi soliq to‗lovchilarga soliq imtiyozlarining kengaytirilishiga 
qaramasdan yalpi ichki mahsulot va davlat budjetining daromadlar hajmida yil sayin 
o‗sish ta‘minlanmoqda. Soliq yukining kamayishi nafaqat umumiy hajmda, 
shuningdek, uning tarkibi bo‗yicha ham kamayishga erishildi. 

Yüklə 399,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin