8- mavzu. Pestitsidlar bilan ishlashni tashkil etish va texnikasi xavfsizligi
8- MAVZU. PESTITSIDLAR BILAN ISHLASHNI TASHKIL ETISH VA TEXNIKASI XAVFSIZLIGI
Pestitsidlar bilan ishlashga maxsus meditsina ko’rigidan o’tgan, xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishgan kishilargagina ruxsat etiladi.
Xomilador, emizilik ayollar,balog’at yoshiga yetmagan yoshlarga zaharli himikatlar bilan ishlash qati’yan man etiladi.
Pestitsidlar bilan ishlashda quyidagi individual himoya vositalaridan foydalaniladi.
a) kombinzon
b) himoya ko’z oynagi
v) rezina etik
g) respirator yoki protivogaz
d) rezina qo’lqop
e) rezina fartuk.
4. Pestitsidlar keng, yorug’ omborxonalarga qo’yilgan polkalarda etiketkalari bilan saqlanadi.
5. Oson alangalanish,portlash hususiyatiga ega bo’lgan pestitsidlar alohida saqlanadi.
6. Pestitsidlar bilan ishlov berilgan maydonlarga ogohlantiruvchi belgilar qo’yiladi. Aholiga oldindan mahalliy radio orqali va ish joylarida qaysi ekinga qaerda himikat qo’llanilishi, pestitsidni nomi, zaharli darajasi, kutish muddatlari haqida ma’lumot beriladi.
7. Ortib qolgan pertitsidlar, bo’shagan taralar akt orqali xo’jalik omborxonasiga qaytariladi.
8. Pestitsidlar bilan ishlayotganda suv ichish, chekish, ovqatlanish taqiqlanadi.
9. Zaharli ximikatlar bilan ishlaganda ishchilar ish soati 6 soatdan oshmasligi kerak.
10. Ishdan keyin pestetsidlar bilan ishlagan kishilar alohida dushda yuvinishlari zarur.
Pestitsidlarni tashki muxit omillariga ta’siri.
“O’simliklarni himoya qilish” kafedrasida va pestitsidlar saqlanadigan va qo’llanaladigan joylarda birinchi yordam ko’rsatish uchun kerakli bo’lgan dori-darmonlar bo’lishi zarur.
Zaharlanish alomatlari sezilgan kishilar darhol ochiq havoga olib chiqiladi.
Pestitsid oshqozonga o’tgan bo’lsa sodali suv yoki suyuq margansovka eritmasi ichirilib, qayt qildiriladi. So’nga aktivlangan ko’mir suv bilan ichiriladi.
Teriga tushgan pestitsid bint yordamida artilib tashlanib sovunlab yuviladi.
Ko’zga zaharli ximikat eritmalari sachraganda suv bilan yuvib tashlab, 30% natriy albutsid eritmasi tomiziladi.
Burundan qon ketganda, zaharlangan odamni boshi pastroq qilib yotqiziladi va peshonasiga sovuq kompress qo’yiladi.
TEXNIKA XAVFSIZLIGI
Pestitsidlar bilan bog’liq bo’lgan laboratoriya mashg’ulotlari maxsus jihozlangan, aholi yashash punkitidan kamida 500 metr uzoqlikda joylashgan laboratoriyalardan o’tkaziladi.
Mashg’ulotga kerakli ximiyaviy reaktivlar va pestitsidlar alohida honada saqlanadi.
Pestitsidlar bilan bog’liq analizlar barchasi mo’rili shkafda o’qituvchi rahbarligida o’tkaziladi.
Laboratoriyada xalatsiz ishlash, ovqatlanish,chekish va yolg’iz o’zi ish olib borish qati’yan man etiladi.
Mashg’ulot boshlanishidan oldin bajariladigan ishni mazmuni va qo’llaniladigan jihozlar ishlash printsipi bilan yaxshilab tanishib olinadi.
Analiz uchun kerakli moddalar shpatel yoki pipetkalar yordamida juda kam miqdorda olinadi.
Pestitsidlarni ma’lum miqdorini tarozida tortib olish ham mo’rili shkaf ostida amalga oshiriladi.
Pestitsid eritmalari va aralashmalarini qaynatish suv hammomda o’tkaziladi.
Xloroform, atseton, efir kabi oson alangalanuvchi moddalardan ishlab turgan elektropriborlar, gaz gorelkalari yaqinida joylanish qati’yan man etiladi.
Analizlardan qolgan eritmalar,aralashmalar rakovinaga to’kilmay,alohida idishga yoyilib, zararsizlantiriladi.
Labotatoriya mashg’ulotlarida qo’llanilgan ximiyaviy idishlar ham oldin maxsus eritmalarda zararsizlantirilib, so’ngra vodoprovod suvi bilan yuviladi.
Mashg’ulot oxirida foydalanilgan priborlar o’chirilib, qo’llar albatta sovunlab yuviladi.
Nazorat savollari:
1. Pestitsidlar bilan ishlash kimlar uchun taqiqlangan?
2. Himoya vositalariga nimalar kiradi?
3. Texnika xavfsizligini ayting.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |