8 – sinf o’zbekiston tarixi


Tole yo'qki jonimg’a balolig' bo'



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə5/51
tarix27.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#199650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
8-o\'zbek

Tole yo'qki jonimg’a balolig' bo'ldi,
Har ishniki ayladim xatolig' bo'ldi.
O'z yerin qo 'yib, Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuz qarolig' bo'ldi.
Boburiylar saltanati. Bobur 1526-yilning 21- aprelida Dehli hukmdori Ibrohim Lo’diy qo’shinlarini tor-mor keltirdi. Bu g’alaba natijasida Bobur Shimoliy Hindistonni egalladi. 1526-yilning 27- aprelida Dehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba o’qildi. Shu tariqa Hindistonda - boburiylar sulolasiga asos solindi. Bobur podshoh Hindistonda bir-biri bilan dushmanlik kayfiyatida bo’lgan mayda mustaqil rojalarni ham qilich, ham siyosat yo’li bilan birlashtirdi va markazlashgan yirik saltanatni barpo etdi. Bu saltanat 332 yil (1526 - 1858- yillar), ya'ni Hindistonni Buyuk Britaniya to’liq bosib olguniga qadar hukm surdi. Chet ellarda, shu jumladan, Hindistonning o’zida ham Bobur podshohnivauning avlodlarini „buyuk mo’g’illar" deb atashgan. Bu mutlaqo xato. Boburiylar yurtdoshimiz, temuriyzoda Boburning avlodlaridir. Ular tarixiy huijatlarda o’zlarini „boburiy mirzolar" deb yuritishgan. Boburiylarning mo’g’illar deb xato atalishiga yevropaliklarning Amir Temurni va temuriylarni mo’g’illardan tarqalgan deb noto’g’ri hisoblashlari sabab bo’lgan. So’nggi yillarda „buyuk mo’g’illar" deb atalgan ibora o’rnida „boburiylar" iborasi qo’llanilishi bilan tarixiy haqiqat tiklandi. Bobur podshoh 1530- yilning 26- dekabrida 47 yoshida vafot etdi. Uni Agra shahrida, Jamna daryosi yonidagi „Bog’i Orom"ga dafn etadilar. Uning vasiyatiga ko’ra, bir necha yildan so’ng Bobur podshohjasadi Kobuldagi „Bog’i Kalon"ga ko’chiriladi. Bubog’ni Bobur podshohning o’zi katta mehr bilan obod qilgan edi. Keyinchalik bu bog’ „Bog’i Bobur" deb atala boshlangan. Bobur Sharq mamlakatlari taxtiga munosib hukmdorlarning yorqin namoyandalaridan biridir. Bobur bobokaloni Amir Temurdek bunyodkorlik ishlariga katta e'tibor bilan qaragan davlat arbobi edi. Bobur podshoh bilimga chanqoq buyuk davlat arbobi bo’lganligi uchun ham bilim olishga intilganlarga hamisha otalarcha g’amxo’rlik qilgan. Uning o’zi ham ajoyib olim, turkiy nazmda asarlar bitgan A.Navoiydan keyin turgan tengi yo’q shoir, yirik bastakor edi. „Mubayyin", „Turkiy devon" kabi asarlari bilan mashhur ijodkor hamdir. „Boburnoma" asari O’rta Osiyo va Hindiston tarixini to’g’ri aks ettirgan asardir. Bobur podshoh davlat ishlarini yuritishda masalaning iloji boricha tinch vositalar va adolat yo’li bilan hal qilinishiga intilgan. Turli dinga mansub xalqlarning diniy e'tiqodini, urf-odatlarini kamsitmagan, aksincha, hurmat bilan qaragan. Shuningdek, Bobur podshoh unga hamroh, safdosh bo’lgan arboblardan kimki o’z vataniga qaytishini istagan bo’lsa, ularning ra'yini qaytarmay, ularga ruxsat bergan, ayni paytda xizmatlariga yarasha muruvvat ham ko’rsatgan. Bobur - mashhur mutafakkir. Bobur podshoh yashagan o’sha ziddiyatli, beomon, besaranjom zamonda davlatni boshqarish uchun jasur sarkarda bo’lish juda muhim edi. Tabiat Bobur podshohga ana shunday xislatni in'om etgan edi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur" („Sher") laqabini oladi. Bu nom unga bejiz berilmagan edi. U ajoyib suvoriy, suzuvchi, qihchboz, kamonboz edi. Uning vujudida sarkardalarga xos dovyuraklik, serg’ayratlik, epchillik mujassam edi. Epchillikda unga teng keladigan odam kamdan kam topilgan. Manbalarda qayd etilishicha, u jismoniy jihatdan ham shunday baquvvat bo’lganki, ikki qo’ltig’iga ikki odamni olib qal'a devori ustida mashq qilgan. Bundan tashqari, Bobur o’limga tik qarash, o’ziga va o’z taqdiriga ishonish kabi fazilatlarga ega bo’lgan. Bu fazilatlar esa Boburga kishilarni doimo o’z orqasidan ergashtirish imkoninibergan. Bobur kimlar bilan janglarda to’qnash kelgan bo’lsa, ularning tajribalarini o’rgangan. Chunonchi, shayboniylardan urushning „to’lg’ama" usulini, mo’g’illardan pistirma qo’yish, afg’onlardan poroxli miltiq ishlatishni o’rgangan. Bundan tashqari, Bobur kuchli to’pchilar qo’shinini tuza olgan. Boburning mohir sarkardaligini hatto chet el olimlari ham tan olganlar. Boburnoma"- Bobur podshoh nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir, bastakor, ayni paytda yirik tarixchi olim hamdir. Bu borada uning nomini abadiylikka muhrlagan asar „Boburnoma"dir. Bu asar - Movarounnahr, Afg’oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi haqida juda qimmatli ma'lumotlar beradi. Bu xotira asarlar sirasiga kiradi. Asar 1493 - 1529- yillar oralig’ida bo’lib o’tgan tarixiy voqealar haqida yilma-yil hikoya qiladi. Asarda ba'zi temuriyzoda hukmdorlarning birgalashib umumiy dushmanga qarshi kurashish o’rniga o’z dushmanlari bilan o’z manfaatlari yo’lida (Vatan manfaati yo’lida emas) kelishishga qilgan harakatlari tanqid qilinadi. Bobur o’z kitobida Hindiston haqida, jumladan, quyidagilarni yozib qoldirgan: „Hindiston... bizning viloyatlardan o’zgacha olamdir. Tog’ va daryosi, jangal va sahrosi, hayvonot va nabototi, eli va tili, yomg’iri va yeli - barchasi o’zgachadir. Hindistonning aksari viloyati tuz yerdan bolibtur... Hindistonning bir ulug’ aybi budurkim, oqar suvi yo’qtur..." Boburning adabiy-badiiy faoliyatida nozik lirik she'rlar katta o’rin tutadi. Ularda insoniylik, mehr-muruvvat g’oyalari ilgari suriladi. Uning „Mubayyin" asarida o’sha zamon soliq tizimi, soliq yig’ishning qonun-qoidalari bayon etilgan. O’zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan 1993- yilda Bobur tavalludining 510 yilligi keng miqyosda nishonlandi. Boburning buyuk xotirasini ulugiash yo’lida katta ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, Andijonda Bobur haykali o’rnatildi, ramziy qabr maqbarasi qurildi. „Bobur milliy bog’i" va shu bog’ qoshida „Bobur va jahon adabiyoti" nomli muzey tashkil etildi. Mubayyin - bayon etilgan. Rojalar - Hindistondagi mahalliy hukmdorlar. Shayxulislom - davlatdagi eng oliy diniy lavozim. Bu lavozimni egallagan ruhoniy barcha diniy ishlarga rahbarlik qilgan.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin