Seriyali (uyali) tanlash: Bunda tekshirishga to’plamning alohida birliklari emas, balki tasodifiy yoki mexanik usulda tanlangan bir butun guruhlari (seriyalar, uyalar) olinadi.
Har bir guruh (seriya)da yoppasiga kuzatish o’tkaziladi va buning natijalari bosh to’plamga yoyiladi.
Masalan, Toshkent Moliya institutdagi 10 ming talaba 25 tadan birlashgan guruhlarda shug’ullanishadi. 15 foizli tanlab kuzatishni seriyali (uyali) usulda o’tkazish uchun tasodifiy ravishda 400 ta guruhdan (10000:25=400) 60 tasini (1500:25=60) tanlash zarur va kuzatish natijalarini bosh to’plamga yoyish kerak.
Tanlovning aniqligi tanlashning o’tkazish sxemasiga ham bog’liq bo’ladi. Tanlov takrorlanuvchi va takrorlanmaydigan tanlash sxemalari bo’yicha o’tkazilishi mumkin.
Takrorlanuvchitanlash. Har bir tanlab olingan birlik yoki seriya bosh to’plamga qaytariladi va yana tanlovga tushishi mumkin. Bu usul qaytib keluvchi shar sxemasi deb ham yuritiladi.
Takrorlanmaydigantanlash. Har bir tekshirilgan birlik ajratib olinadi va to’plamga qaytarilmaydi, shuning uchun ham u birlik qayta tekshirishga tushmaydi. Bu usul qaytmaydigan shar sxemasi nomini olgan.
Takrorlanmaydigan tanlash takrorlanuvchi usulga nisbatan aniqroq natijalarni beradi, chunki bitta tanlov miqdorida kuzatish o’rganilayotgan to’plamning ko’proq birligini qamrab oladi.
Kombinatsiyalashgantanlash. Yuqorida ko’rib chiqilgan tanlash turlari birgalikda, ya’ni kombinatsiyalashgan holda qo’llanilishi mumkin. Kombinatsiyalashgan tanlash bir yoki bir necha pog’onada o’tkaziladi.
Agar to’plamning tanlangan birliklari bir marta o’rganilsa – bu bir pog’onali tanlov deyiladi. Pul-buyum lotoreyasi tiraji, sportloto tasodifiy tanlash yo’li bilan o’tkaziladi va ular bir pog’onali tanlovni ifoda etadi. Bu usulga ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sharoitini tekshirish uchun alohida partiyalarni seriyali tanlash yo’li bilan ajratib olish ham misol bo’lishi mumkin.
Agar to’plamning tanlovi pog’onalar bo’yicha, ketma-ketli keluvchi bosqichlar bo’yicha amalga oshirilsa - bu ko’p pog’onali tanlov deyiladi. Bunda tanlovning har bir pog’onasi, har bir bosqichi o’zining tanlov birligiga ega bo’ladi. Masalan, talabalarning o’zlashtirishini tekshirish uchun ularning tanlovini ikki pog’onali tanlov usulida o’tkazish mumkin: dastlab akademguruhlarning zarur miqdorini, keyin esa har bir tanlangan guruhdan talabalar sonini ajratib olish kerak. Har bir pog’ona o’zining tanlov birligiga ega: guruh va talaba.
Ko’p fazali tanlov tanlashning hamma pog’onalarida tanlovning bitta birligi saqlanishi bilan xarakterlanadi. lekin bir-biridan dasturning kengligi va tanlashning hajmi jihatidan farq qiluvchi bir qancha bosqich va fazalarda o’tkaziladi. Ko’p fazali tanlovning muhim xususiyati shundan iboratki, bunda birinchi fazadagi olingan kuzatish ma’lumotlarini ikkinchi fazada olingan ma’lumotlar bilan to’ldirish va aniqlashtirish imkoniyati mavjud, bu ma’lumotlar esa o’z navbatida uchinchi faza uchun zarur va h. k. Masalan, birinchi fazada qisqa dastur bo’yicha (5 ta savol) bosh to’plamning 25 foizi, ikkinchi fazada kengroq dastur bo’yicha (yana 10 ta savol qo’shilgan)-bosh to’plamning 15 foizi, uchinchi fazada keng dastur bo’yicha (yana 10 ta savol qo’shiladi)- bosh to’plamning 5 foizi va h. k. tekshiriladi.
Bosh va tanlanma to’plam o’lchovlarining asosiy ko’rsatkichlari quyidagi ishora (harf)lar bilan belgilanadi:
N- bosh to’plamning hajmi (unga kiruvchi birliklar soni); n- tanlov hajmi (tekshirilgan birliklar soni);
х bosh o’rtacha (bosh to’plamdagi belgining o’rtacha miqdori);
хТtanlovo’rtachasi; r- bosh salmoq (bosh to’plamdagi ma’lum belgi birliklarining salmog’i, hissasi); w- tanlov salmog’i (hissasi);
2 - bosh dispersiya (bosh to’plamdagi belgining dispersiya);
Т2 o’sha belgining tanlov dispersiyasi;
- bosh to’plamdagi o’rtacha kvadratik chetlanish;
Т- tanlovdagi o’rtacha kvadratik chetlanish;