19.7-rasm.Teleskopik amortizator:
1 — yuqorigi qulog'i; 2 — gayka; 3 — salnik; 4 — rezina halqa; 5 — o ‘tkazib
yuboruvchi klapan; 6, 10, 12, 14 va 18 — teshiklar; 7 — qaytarish klapani;
8 — kiritish klapani; 9 — siqish klapani; 11 — pastki qulog'i; 13 — porshen;
15 — rezervuar; 16 — silindr; 17 — shtok
iborat. Ressorlar avtomobil ramasi (10) ga joylashtiriladi, asosiy ressorning o'rta qismi yarim o‘qlar g'ilofi (7) ga stremyankalar (6)bilan mahkamlanadi. Uning oldingi uchi ramaning kronshteyni (7) ga,ketingi uchi esa boldoq (5) ga shamirli biriktiriladi. Boldoq ketingi kronshteyn (9) ga mahkamlanadi.Ressor varaqlari xomut (2) lar bilan
s iqib qo'yiladi.
19.8-rasm.Yuk avtomobili ketingi ko‘prigining osmasi:1, 3 va 9 — kronshteyn; 2 — xomut; 4 — qo'shimcha ressor; 5 — asosiyressor; 6 — stremyanka; 7 — yarim o'q g‘ilofi; 8 — boldoq; 10 — rama
Qo'shimcha ressor (podressornik) yuk avtomobili osmasining elastikligini oshiradi va uni mustahkam qiladi. Asosiy ressor egilganda qo'shimcha ressorning uchlari kronshteynlar (J) ga tiraladi, ya’ni qo'shimcha ressor asosiy ressorga zo'r kelgandagina ishlaydi.
Traktor va avtomobillaming g‘ildiraklariva shinalari
T raktor va yuk avtomobillarinmg ketingi g'ildiraklariga ko'proqog'irlik tushadi. Shuning uchun traktorlarda ketingi g'ildiraklar kattaroqva pokrishkalarining naqshlari chuqurroq qilinadi. Yuk avtomobillarida ketingi g'ildiraklar qo'shaloq, ba’zan ikkita ketingi ko'prikli bo'ladi.Traktorlarda boshqarishga oson bo'lishi uchun oldingi g'ildiraklari
kichikroq va yoniga sirg'anmasligi uchun pokrishkasining protektoriga halqasimon qovurg'alar qilinadi.Har bir g'ildirak (19.9-rasm) gupchak, disk (5) va to'g'indan iborat.Gupchak (6) shpilka va gaykalar bilan yarim o'q ( 7) qa mahkamlanadi.To'g'in (3) ga pnevmatik shina o'matilib, u pokrishka (7), kamera (2),ventil (4) to'g'in lentasidan iborat. G'ildirak to'g'ini botiq (chuqur)va tekis profilli bo'ladi. Botig'i traktorlarda va yengil avtomobillarda,tekisi esa yuk avtomobillarida qo'llaniladi. Pnevmatik shina g'ildiraklarga duch kelgan turtkilami qabul qilib, zarblarni so'ndiradi, yerni kamroq zichlaydi, mashinaning harakatlanishi uchun sarf bo‘)adigan quvatni kamaytiradi va traktorlarni tez yurgizib, yuk tashishda foydalanish— gupchak; 7 — yarim o ‘q
Dostları ilə paylaş: |