8-amaliy mashg’ulot Mavzu: Ta’limda kompyuter tizimlari va internet texnologiyalarining xizmat turlaridan foydalanishni o’rganish



Yüklə 58,5 Kb.
tarix13.09.2023
ölçüsü58,5 Kb.
#143185
8-amaliy mashg\'ulot


8-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Ta’limda kompyuter tizimlari va internet texnologiyalarining xizmat turlaridan foydalanishni o’rganish.
Internet, avvalambor, uning foydalanuvchilariga axborot xizmati ko'rsatish uchun yaratilgandir. Umuman olganda, internet xizmat turlari nihoyatda ko'p va xilma-xil bo'lib (yangi xizmat turlari kun sayin paydo bo'lib, ba'zilari yo'qolmoqda), ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:


  • WWW - elektron sahifa xizmati;

  • elektron pochta xizmati;

  • telekonferensiya (Usenet);

  • fayllarni uzatish (FTP);

  • DNS- tarmoq hududlariga nom berish xizmati;

  • Telnet xizmati;

  • IRC - xizmati yoki Chat konferesiya;

  • Ma'lumotlarni izlash xizmati.

1-topshiriq

  1. Ta’limda kompyuter tizimlaridan foydalanishni o’rganish.

  2. Ta’limda internet texnologiyalaridan foydalanishni o’rganish.

2-topshiriq

  1. Ijtimoiy aloqa tarmoqlari

  2. Milliy va umumjahon qidiruv tizimlari, veb-saytlaridan foydalanish.

  3. Internet xizmatlaridan amaliy foydalanish.

  4. Ziyonet ta’lim portali imkoniyatlaridan foydalanish.

Internetning asosiy xizmat turlaridan biri bu – elektron pochtadir. Hozirgi paytda internetdan foydalanuvchilarning aksariyati elektron pochtadan foydalanishadi. Elektron pochtadan to’g’ri va unimli foydalanish uchun quyidagi tavsiyalar bilan tanishib chiqish foydadan holi bo’lmaydi.


Elektron pochta (e-mail, electronic mail) oddiy pochta bajaradigan vazifalarni bajaradi. U bir manzildan ikkinchisiga ma’lumotlar jo’natilishini va qabul qilinishini ta’minlaydi. Uning asosiy afzalligi foydalanishning qulayligi va ko’p vaqt etmasligida. Elektron xatlar jo’natilgan zahotiyoq manzilga boradi va xat jo’natuvchining va xatni qabul qiluvchining pochta qutisida saqlanadi.

Xat asosan matn holida bo’ladi, u yana ilova qilinadigan fayllarni (video, multimedia, grafikli va tovushli fayllarni, programmalarni), hamda Internet resurslariga havolalarni ham o’z ichiga olishi mumkin. Elektron xatlar bir vaqtning o’zida bir necha adreslarga jo’natilishi ham mumkin.
Elektron pochta maxsus programma bo’lib, uning yordamida siz dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron adresga xat, hujjat, va umuman ixtiyoriy faylni jo’natishingiz va qabul qilib olishingiz mumkin. Eng asosiysi xat bir zumda manzilga yetib boradi. Lekin, undan foydalanish uchun siz Internet tarmog’iga bog’langan bo’lishingiz va elektron adresga ega bo’lishingiz kerak. Elektron adresni provayder beradi. Internetda bepul elektron pochta xizmatlari mavjud. Ular yordamida o’zingizga elektron adres ochishingiz mumkin.
Elektron pochta manzili: pochta qutisi nomi (name) va pochta serveri manzilidan (domain2 — tashkilot nomi, domain1 — asosiy domen) iborat bo’ladi. Masalan: name@domain2.domain1.
Internetda elektron pochtadan foydalanmoqchi bo`lsangiz www.mail.ruwww.hotmail.comwww.yahoo.comwww.yandex.ruwww.rambler.ru kabi portallar mavjud. Hozirgi kunda O`zbekistonda ham ko`plab elektron pochta serverlari xizmat ko`rsatmoqda (www.inbox.uzwww.umail.uz va sh.k.), ushbu sahifalariga kirib elektron pochtasidan foydalanishingiz mumkin.
Elektron pochtadan foydalanish va elektron xabarlarni almashish madaniyatiga riyoya qiling. Buning uchun quyudagilarni inobatga oling:
– Pochtangizni tez-tez o’qib turing;
– Xatda albatta sarlavha ko’rsating;
– Xatingizni oluvchini biling va hurmat qiling;
– Xatni xatosiz yozing;
– Xabarni qisqa yozing;
– Kerak bo’lmagan taqdirda o’z xatingizda javob va so’rovlar yo’llamang;
– So’rovlarga to’liq javob bering.
Spam va spamlarning turlari. «Spam» termini yangi mazmunda jonga teguvchi elektron tarqatmalar yoki pochta chiqindilari degan ma’noni anglatadi. Spam quyidagi turlarga bo’linadi:
– Anonim: barcha ko’pincha aynan yashirin yoki qalbakilashtirilgan qayta aloqa manzili ko’rsatilgan avtomatik tarqatmalardan jabrlanadi.
– Ommaviy: ushbu tarqatmalar aynan ommaviy va faqatgina shular spamerlar uchun haqiqiy biznes hamda foydalanuvchilar uchun haqiqiy muammo hisoblanadi.
– So’ralmagan: imzolangan tarqatmalar va konferentsiyalar bizning tushunchamizga kirmasligi kerakligi yaqqol tushunarli. Har bir elektron pochta xizmati o’zining foydalanuvchilariga spamdan himoyalanish vositalarini taklif qilishadi.
Fil­trlar va qora ro’yxat. Fil­trlar asosan pochta qutisiga kelayotgan xatlarning mavzusi, kimdan kelgan manzili asosida saralash va tartiblash funktsiyasini bajaradi. Qora ro’yxat esa xat yuboruvchi manzilni maxsus jurnalga kiritib bu manzildan boshqa xat olmaslik maqsadida ishlatiladi.
2. Kompyuterdagi Internet brouzerining (Opera, Google Chrome, Mozilla Firefox, Internet Explorer va sh.k.) adres kiritiladigan oynasiga www.mail.ru buyrug’ini kiriting (va Enter ni bosing). Shundan so’ng registrasiyadan o`tish buning uchun «Регистрация в почте» ni bosamiz. Bunda «Регистрация нового ящика» oynasi chiqadi. So’ralgan ma’lumotlarni kiritamiz. Pochtaning login va parolini daftrringizga yozib oling. Keyin «Зарегистрироваться» tugmasini bosamiz. Pochta ochiladi.
3. Pochtaga kirish ham mail.ru portali orqali amalga oshiriladi. Bu portalga kirilgandan «Почта» oynasiga login va parol yozilib «Войти» tugmasi bosiladi. Begonalar siz foydalangan kompyuterdan sizning pochtangizga kirmasligi uchun «запомнить» katakchasidagi belgini olib tashlang.
4. Pochtangizga kirib, «Написать письмо» tugmasini bosamiz va quyidagilarni bajaramiz. «Кому» maydonida tanishingizni elektron adresini yozasiz, masalan, akodirov@umail.uz. «Kопия» maydonida xat nusxalari yuborilgan mualliflar adreslarini yozish lozim. Ya’ni xatni bir necha kishiga yuborish zarur bo`lganda. «Тема» maydonida xat mavzusini yozamiz. Masalan, «Yillik ish reja».
Pastki katta darchada esa xat matni yoziladi. Masalan, «Assalomu alaykum hurmatli Ahmadjon Qodirovich. Yangi o’quv yili bilan tabriklayman. Sizga o’zimning yillik rejamni jo’natmoqdaman. Iltimos, hamkorlikda bajaradigan ishlarimizni ko’zdan kechirib, tuzatib bersangiz. Javobini kutib qolaman. Hurmat bilan Azizbek». So`gra «Отправить» tugmasini bosamiz. Natijada xat jo`natilganlik haqida ma’lumotni ko`rishingiz mumkin.
5. Pochtangizga kirib o’qituvchining xabibullaev65@mail.ru pochtasiga Sizga baho qo’yishi uchun pochta ochganligingiz haqida xat jo’natib o’qituvchini xabardor qiling. Bunda, fayllar (hajmi katta bo’lmasligi kerak) ilova qilishingiz va Internet resurslariga havolalarni ham biriktirishiniz mumkin.
6. Guruhdoshlaringiz bilan pochtada xat almashing. Pochtangizni spamlardan himoyalashni mashq qiling. Shuningdek, qora ro’yxat filtrlarni ham o’rnating.
7. Daftaringizga uchinchi savolga javob yozing: Elektron pochtada ishlash bo’yicha nimalarni bilib oldingiz va qanday ko’nikmalarga ega bo’ldingiz?
Yüklə 58,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin