8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi


Hamma: Zavol ko’rmas iqbolim bor! Zilola



Yüklə 130,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix19.12.2022
ölçüsü130,05 Kb.
#76358
1   2   3   4   5   6   7
8-dekabr-Konstitutsiya-kuniga-bayram-senariy.-Baxtiyor.UZ

Hamma: Zavol ko’rmas iqbolim bor!
Zilola - Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,
Nurli yo’lga boshlaguvchi ahdim bor.
Fidodirman toki tanda qonim bor,
Men elimning Qomusini kuylayman!
1 – boshlovchi: -O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o’z xalqining 
huquqlarini himoya qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagiyuksak mas’uliyatni 
anglagan holda, Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini 
ta’minlashga erishish, tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlash maqsadida qabul 
qilingan. Biz uni g’urur bilan “Baxtimiz Qomusi”, deya ataymiz.
2 – boshlovchi: Konstitutsiyamiz 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining 11 sessiyasida qabul qilingan. 
-Qani bolalar, Konstitutsiyamiz haqida siz nimalarni bilasiz?
1-o’quvchi: — 1990-yil iyun O’zbekistonda Mustaqillik Deklaratsiyasi e’lon 
qilindi. Bu 
mustaqillik uchun ilk qadamlardan bo’ldi.


O’zbekiston- ozod ,hur Vatan!
Quchoqlari to’la nur Vatan!
Istiqloling abadiy bo’lsin,
Dunyolar turguncha tur, 
Vatan!
2-o’quvchi: 1991-yil 31-avgust O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qildi.
Mustaqillik kuni muborak bo’lsin.
Toabad istiqlol oftobi kulsin.
Mustaqillik berdi bizga saodat,
Berdi e’tiqod-u, keng imkoniyat.
“Mustaqil Vatan “ qo`shig`i
3-o’quvchi: 1992-yil 2-mart  O’zbekiston Respublikasi BMT a’zoligiga qabul 
qilindi.
Sen ham endi tenglar ichida tengsan,
Bag’ri butun yurtsan va bag’ri 
kengsan.
Sendek xalqimning ham bag’ri 
butundir,
Dunyo binosida bitta ustundir.
Millatlar uyida barcha qatori
Uning xos o’rni bor- qatorda nori
 
4-o’quvchi:
Yaxshilar tufayli ozod diyorim,
Ozodlik tufayli obod diyorim,
Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.
Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.
Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.
Ulusning oriyu nomusidir u .
Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.
U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.
Konstitutsiyamiz nodir chinakam
U biz uchun eng oliy hakam!

Yüklə 130,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin