BAXTIYOR.UZ - o'quvchi va o'qituvchilar uchun eng yaxshi portal!
8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir
senariysi
Tadbir o’tkaziladigan joy bayramona bezatilgan. Chor atrofga Konstitutsiyamizga
bag’ishlangan
shiorlar, devoriy gazetalar ilib qo’yilgan. Shuningdek,
siyosiy
adabiyotlar, o’quvchilarning qomusimiz haqida yozgan ma’ruzalari, ijodiy ishlari
ko’rgazmasi tashkil etilgan.
(Magnitofon tasmasidan Vatan haqidagi kuy taraladi
va sahnaga adabiy kecha
qatnashchilari chiqadi).
1-boshlovchi - Qo’lingda erk boshda yalov, tilingda shurud,
Vataning bor, maktab-bog’chang, or-nomusing bor.
2-boshlovchi:-O’zbekiston deb
atalgan muqaddas hudud,
O’z Davlating, Qomusing, o’z madhiyang bor
MADHIYA YANGRAYDI
1-boshlovchi: Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,
Ma’noga, mazmunga to’liq kunlarga.
Farovon, nurafshon ulug; kunlarga,
Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!
Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!
2-boshlovchi: Yangi davrv keldi, o’zgardi zamon,
Zamon zayli bilan o’zgardi inson.
O’zgardi jamiyat, o’zgardi hayot,
O’zgardi qo’shig’-u o’zgardi hayot!
“Assalom “ qo`shig`i
1 – boshlovchi:-Assalomu alaykum, azizlar,
qalbi otash, mehri quyoshlar. Mana bugun
qomusimizning 15 yillik bayrami munosabati bilan Baxtnomamizni kuylash sharafiga
ega bo’lib turibmiz. Bayramga bag’ishlangan
tadbirni, marhamat, tomosha qiling.
2 –boshlovchi
Baxtiyorman
hur elimning
Adolatli shioridan,
Xalqim dildan ulug’lagan,
Tafakkuri, qaroridan.
Qoyil qolsin ro’yi zamin,
Odillikdan, adolatdan.
O`quvchi-Shahzoda
Mana, ko’ring, havas qiling,
Unib o’sgan hidoyatdan.
Saodatli elga
baxt yor,
Iymonu e’tiqodim bor.
Munisgina onam kabi,
Istiqlolim baxtimga yor.