8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi



Yüklə 60,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix07.01.2024
ölçüsü60,09 Kb.
#210831
1   2   3   4   5   6   7
bilimlar-uz-8-dekabr-konstitutsiya-kuniga-bayram-senariy -baxtiyor uz

1-boshlovchi:
Mustaqil O’zbekistonning Konstitutsiyasi, Prezidentimiz qayd
etganidek, o’zining tub mohiyati, falsafasi, g’oyasiga ko’ra yangi hujjatdir. Undagi
g’oya va printsiplar fuqarolik jamiyatini va huquqiy davlatni shakllantirishga asos
qilib olingan.
2-boshlovchi:
Asosiy Qomusimizda xalq hokimiyatining real omillari
ko’rsatib berilgan. CHunki hammamizga ma’lumki, davlatimizda amalga
oshirilayotgan barcha ishlar, siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy islohotlarning
hammasi xalq, inson manfaatlari, uning turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladi.
Har bir kunimizning baxtli, dasturxonimiz to’kin, xonadonimiz yopyg’ bo’lishining
negizini tashkil etadi.

5-o’quvchi:
1-modda: O’zbekiston suveren demokratik Respublika. Davlatning
O’zbekiston Respublikasi va O’zbekiston degan nomlari bir xil ma’noni bildiradi


Karnay-surnay ovoz berdi jahonga,
Jahonni qaratdi O’zbekistonga.
Temurning ruhiga qilib qasamyod,
Yolboshchimiz etdi xalq dilini shod,
Yo’lboshchi so’zini ettirdi davom,
Dilida xalqiga chuqur ehtirom
Hech hazon bo’lmasin biz kezgan 
chaman,
Bizdan qolsin ozod va obod Vatan.


6-o’quvchi:
Marifat bo’stoni ezgu dostoni,
Dostligu tinchlikning metin 
qo’rg’oni,
Ey, ozod diyorim, O’zbekistonim.
Ey obod diyorim O’zbekistoni!




 “ Do`ppi tikdim” raqs
7-o’quvchi:
3-modda: O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy-davlat va 
ma’muriy-hududiy tuzilishini,davlat hokimyati va boshqaruv organlarining 
tizimini
belgilaydi, ichki va tyashqi siyosatini amalgam oshiradi. O’zbekistonning
davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo’linmasdir.
Dunyo xaritasin bezab shersimon,
Qulochini yoydi hur O’zbekiston.
Xaritaga soling diqat nazarin,
Ko’ring, havas qiling yurtim 
manzarin.
U qaddin rostlagan sherga o‘xshaydi.
Pahlavon, bahodir erga o’xshaydi.
Istibdod zanjirin uzib batamom,
O’zligin olamga etdi namoyon.
Ozod nafas oldi bu jaho aro,
Va dunyo bog’iga baxsh etdi oro.
8-o’quvchi:
4-modda: O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. 
O’zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va 
elatlarning tillari, urf-odatlari va an`analari hurmat qilinishini ta`minlaydi, 
ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Shu tilda Temur bobo
Lashkarga buyruq bergan .
Navoiy tuzgan navo
Bobur gavharlar tergan
“Til- xalqning shavkat- shoni”,
Bu bobolar kalomi
Ona tilim unvoni Davlat tili maqomi
9-o’quvchi: 
5-modda: O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan o’z 
davlat ramzlari- bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega.
Olam ahli bilan qilib barobar,
Ayladi qadrdon, do’st-u birodar.
Chiqardi millatlar uyin to’riga,
Umr qo’shdi O’zbekiston umriga.
Mulki jahon bayroqlari qatori,
Shula sochdi bayrog’imiz sharori.
Olam aro madhiyamiz yangradi,
Eshitganki, kishi joni yayradi.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu!

Yüklə 60,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin