8-LABORATORIYA ISHI
GAZLARNI BOSIMINI O‘LCHASH ASBOBLARINING ISHLASH PRINSIPINI
O‘RGANISH
Ishdan maqsad
Gazlar bosimini o„lchash usullari va vositalarini nazariy jihatdan o„rganish, havo
bosimini avtomatik nazorat qilish laboratoriya stendi bilan
tanishish va tajribalar
o„tkazish.
Asosiy qism
Ishlab chiqarish va kimyo sanoatlarining ko„pchilik texnologik jarayonlarida
idishlardagi havo bosimini avtomatik rostlash yaxshi natijalar bermoqda.
Havo bosimini avtomatik rostlashni
bir qator afzalliklari bor, ya‟ni
ko„plab idishlardagi gaz bosimlarini bir vaqtni o„zida va qisqa vaqt davomida
avtomatik rostlashini ta‟minlaydi.
Havo resiverlarga quyiluvchi rezurvarlarga ma‟lum bir hajmda solinadi.
Hamma shart-sharoitlar bir xil bo„lganda, releli boshqaruv
usulida suyuqlik sathini
avtomatik rostlash boshqa usuldagiga qaraganda intensivroq bo„ladi. Natijada,
jarayonning tezligi ortadi.
Havo
bosimida gaz ham, suyuqlik ham tushuniladi. Ularni bir-biridan ajratish
uchun suyuqliklar tomchili, gazlar esa elastik suyuqlik deb qaraladi.
Suyuqlik va gazlar quyidagi xossalari bilan bir-biriga o„xshaydi:
1) suyuqliklar xuddi gazlar kabi ma‟lum
shaklga ega emas, uning fizik xossalari
barcha yo„nalishda bir hil, ya‟ni izotopdir;
2) gazlarning qovushoqligi kichik bo„lib, yuqori temperaturada suyuqliklarnikiga
yaqinlashadi;
3) kritik temperaturadan yuqori temperaturada suyuqliklar
bilan gazlar orasidagi
farq yo„qoladi.
Gidravlikada nazariy tadqiqotlar natijalarini soddalashtirish maqsadida ideal
suyuqlik modelidan foydalaniladi.
Ideal suyuqlik deb, bosim va temperatura ta‟sirida o„z hajmini o„zgartirmaydigan
yoki
siqilmaydigan, o„zgarmas zichlikka ega bo„lgan va ichki ishqalanishi bo„lmagan
suyuqliklarga aytiladi. Har qanday suyuqlikda ichki ishqalanish kuchlari va
qovushqoqlikbo„ladi. Demak, xaqiqatda tabiatda ideal suyuqlik bo„lmaydi, ya‟ni
barcha suyuqliklar real suyuqliklardir.
Ammo ba‟zi suyuqliklarning qovushoqligi juda kichik bo„ladi. Ular temperatura va
bosim ta‟sirida o„z hajmini shu qadar kam o„zgartiradiki, bu o„zgarishni amalda hisobga
olmasa ham bo„ladi. Bunday suyuqliklar shartli ravishda ideal suyuqliklar deyiladi.
Elastik suyuqliklarning hajmi temperatura va bosim ta‟sirida keskin o„zgaradi.
Ishning bajarilish tartibi
1-Rasm. HAVO BOSIMINI AVTOMATIK NAZORAT QILISH
laboratoriya stendi
1. Laboratoriya stendini elektr ta‟minot manbaiga ulaymiz.
2. Resiverga kompressor orqali havo to„ldirib olamiz.
3. Qurilmadagi “Start”tugmasini bosamiz.
4. Jarayon borishini kuzatib turamiz.
5.Resiverdagi havo bosimi unga urnatilgan manometrda ko„rinadi
6.Ikkinchi resiverdagi havo bosimini hosil qilish uchun vazifa kiritib olamiz
Tajribalar soni
Resiverdagi bosim
Ikkinchi resiverdagi
bosimni rostlash