8. laboratoriya ishi materiallarning yonish haroratini aniqlash ishdan maqsad



Yüklə 169,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.09.2023
ölçüsü169,41 Kb.
#147699
  1   2


8.LABORATORIYA ISHI 
 
MATERIALLARNING YONISH HARORATINI ANIQLASH 
 
Ishdan maqsad: 
Talabalar tomonidan maxsus olingan suyuqlik (solyarka)da 
tajriba o’tkazish va yonish haroratini va materiallarni hamda inshootlarning yonish-
yonmasligini aniqlash usul bilan tanishish va bu muhim ko’rsatkichni aniqlash 
ko’nikmasini hosil qilish. 
Kerakli jihozlar: 
Termometr, solyarka, qum, katta tegil, kichik tegil, 
elektr plitka, shtativ, rozetka. 
Tayanch iboralar: 
yonish, o’z-o’zidan yonish, alangalanish, portlash
chaqnash. 
Umumiy ma’lumotlar 
 
Respublikada mexnat xavfsizligi standartlari sistemasi Yonuvchi modda 
bilan xavodagi kislorodning o’zaro t’asiri natijasida juda tez kechuvchi va ko’p 
miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi kimyoviy riaksiyaga yonish deyladi. Ko’p 
xolarda yonish yonuvchi modda zarrachalarining nurlanishi bilan birga kechadi. 
Yong’in hosil bo’lishi va davom yetishi uchun yonuvchi modda (qattiq, suyuq va 
gazsimon ) yonuvchi modda mavjud bo’lishi kerak. Shuni aytish kerakki, havodagi 
kislarod miqdori 15 % dan yuqori bo’lgandagina oksidlovchi vazifani bajara oladi, 
undan past konsentratsyada yesa yonish sodir bo’lmaydi. Bundan tashqari, 
oksidlovchi modda vazifani tegishli sharoitlarda xlor, brom, kaliy va boshqa 
moddalar ham o’tashi munkin.
Yonish deb, yonuvchi moddalardagi murakkab oksidlanish jarayonida bir 
moddaning ikkinchi moddaga aylanishi natijasida katta miqdorda issiqlik va 
nurlanish ajralishi bilan kechadigan hodisaga aytiladi.
Yonishda asosan uch omil muhim rol o’ynaydi: 
1)
yonuvchi modda; 
2)
yondiruvchi muhit; 
3)
qizdirish jarayoni. 
Yonuvchi modda deyarli hamma joyda bor: bular har xil yog’och 
mahsulotlari va jihozlari, qog'oz mahsulotlari, kimyoviy moddalar, yonuvchi 
suyuqliklar va har qanday organik moddalardir. Yondiruvchi muhit bu bizni 
o’rab tuigan havd tarkibidagi kislorod bo’lib, u ham hamma vaqt mavjud. Ba’zi 
bir hollarda yonish jarayoni xlor, brom kabi oksidlovchilar muhitida ham ro'y 
berishi mumkin. Endi qizdirish jarayoni bo’lsa, yonish reaksiyasi vujudga keladi. 
Buning uchun ma’lum miqdorda qizdirish manbasi bo’lishi kerak. Reaksiya 
boshlangandan keyin, reaksiya natijasida hosil bo’lgan issiqli yonishning davom 
etishini ta’minlaydi. Shuning uchun yonayotgan zona alangalanish manbasi va 
yonish zonasi hisoblanadi. U zona harorati qancha katta bolsa, yonish shuncha 
tez bo’ladi. Yonish jarayoni asosan ikki xil bo’lishi mumkin. Birinchisida qattiq 
jismlar yonish jarayonida yonayotgan modda havo muhitidan ajralgan holda 
bo’ladi. Kislorod bilan birikish yonish zonasidagi issiqlik natijasida sodir bo’ladi 
va bu birikkan modda (yoki yonish mahsuloti) qizigan holatda yuqoriga qarab 
yo’naladi va o’z o’rniga havo bilan kislorodning kirishiga sababchi bo’ladi va bu 


holat yonuvchi modda tamom bo’lguncha davom etishi mumkin. Bu yonishni 
havo harakati natijasida yonish zonasini kislorod bilan ta’minlaganligi uchun 
diffuziya yonishi deb yuritiladi. Bunday yonishni yog’och, ko’mir, sham va 
boshqalar yonganda kuzatish mumkin. Yong’inlar ham asosan diffuziya tartibda 
bo’ladi. Yonishning ikkinchi xili—yonuvchi gazlar, yonuvchi suyuqliklaming 
bug’lari va yonuvchi moddalaming changlari havo bilan aralashgan holatdagi 
yonishi bu kinetik yonish deb ataladi. Bunday yonish hajmiy yonish jarayonida 
o’tadi, ya’ni shu ma’lum hajmdagi modda baravar yonadi. Yonish tezligi modda 
miqdor zichligiga, haroratiga bogliq bo’ladi. Agar bunday yonish yopiq 
hajmlarda yoki idishlarda bo’lsa, portlash hodisasi ro’y beradi. Yonish jarayonini 
shartli ravishda quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 
1)
Chaqnash-yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib-o’chishi. Bunda 
yonishning davom etishi uchun aralashma tayyor-lanishining imkoniyati yo’q. 
2)
Qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi. 
3)
Alangalanish-yonishning alanga olib davom etishi. 
4)
O’z-o’zidan yonish-moddalar ichida asosan organik moddalarda ro’y 
beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida, tashqaridan qizdirishsiz yonuvchi 
aralashmaning o’z-o’zidan yonib ketishi. 
5)
O’z-o’zidan alangalanish o’z-o'zidan yonishning alanga bilan davom 
etishi. 
6)
Portlash-o’ta tez yonish kimyoviy jarayonining bosim va energiya hosil 
qilish bilan o’tishi. 
Yonuvchi modda ma’lum haroratlarda o’zidan yonuvchi bug’lar ajratib chiqarishi 
natijasida alangalanish ta’minlansa, bu harorat alangalanish harorati deb 
yuritiladi. Ba’zi bir, asosan organik moddalar (torf, qipiq paxta, ko’mir 
mahsulotlari, qora mollaming chiqindilari) o’z-o’zidan yonib ketish xususiyatiga 
ega. Chunk ular g’ovak asosga ega, oksidlanishi mumkin bo'lgan yuzasi juda 
katta bo’lganligidan, bu moddalar ochiq joylarda ma’lum miqdorda tushib qolsa, 
ob-havo sharoiti ta’sirida qizib yonib ketadi. Buning asosiy sababi organik 
moddalar namlanganda uning ichki qismida mikroorganizmlar rivojlanadi va 
ulaming rivojlanishi natijasida issiqlik ajralib chiqadi, bu hodisani organik 
moddalaming o'z-o’zidan qizish jarayoni deb ataladi. Bunday hodisalar ba’zi bir 
kimyoviy moddalarda ham bo’lishi mumkin. Masalan, ishqoriy yer metallar, 
kalsiy karbid, so’ndirilmagan ohak uncha ko’p bo’lmagan suv ta’siridan qizib 
alangalanib ketishi mumkin. Bunday hodisalar ko’pincha yong’in chiqishiga 
bevosita sababchi bo’ladi. Yonish jarayoni yonuvchi modda molekulalarining 
kislorod molekulari bilan birikish hodisasi hisoblanadi. Yonish jarayonini 
akdemik N.N.Semyonov zanjirli reaksiya nazariyasi asosida tushuntiradi. 
Oksidlanish reaksiyasi odatda is-siqlik ajralish bilan boradi va bu hodisa ma’lum 
sharoitda tezlashib ketishi mumkin. Oksidlanishning mana shu tezlanish davri 
yon-ishga o’tgan davriga to’g’ri kelib, bun o’z-o’zidan alangalanish hodisasi deb 
yuritamiz. 
O’z-o'zidan alangalanish issiqlik ta’sirida yoki zanjir tartibda yuz berishi 
mumkin. O’z-o’zidan yonish issiqlik ta’sirida bo’lganda reaksiya natijasida 
ajralib chiqayotgan issiqlik tashqi muhitga tarqalayotgan is-siqlikdan katta 
bo’lgan taqdirdagina vujudga keladi. Zanjir tartibi esa molekulalar zanjiri 


uzluksiz davom etishi va zanjiming tarmoq-lari keskin ortib ketishi natijasida 
sodir bo’ladi. O'z- o’zidan yonib ketishning issiqlik ta’sirida ro’y berish holatini 
ko’rib chiqamiz. Faraz qilaylik idishda V hajmida yonuvchi gaz yoki bug’lanib 
yonuvchi gaz holatidagi kelgan suyuqlik havo bilan biiga tuldirilgan bo’lsin. Shu 
xonadagi harorat va atmosfera bosimida havo bilan to’ldirilgan yonuvchi gaz 
yoki bug’langan suyuqlik o’rtasida hech qanday reaksiya bo’lmaydi. 
Har xil moddalar uchun o'z-o’zidan alangalanish harorati har xil bo’ladi va 
ba’zan keskin farq qiladi. Masalan, A-72 benzinining o'zo'zidan alangalarini 
harorati 255 °C ga, qayin yog’ochiniki-400 °C, linoleumniki-411 °C ga teng. 

Yüklə 169,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin