8-laboratoriya ishi. Transpiratsiya tezligini tarsion tarozi yordamida aniqlash Transpiratsiya



Yüklə 146,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix30.04.2023
ölçüsü146,07 Kb.
#105073
1   2   3   4   5
8-LABORATORIYA ISHI. O`simliklar fiziologiyasi

Ishning borishi. Buning uchun 25 yoki 50 ml hajmdagi byuretkalardan 2-3 ta 
olib, qaynatilib sovutilgan suv bilan to‘lg‘aziladi. So‘ngra 2-3 ta kauchuk tiqin olib, 
ularga har xil o‘simlik novdalari o‘rnatiladi va byuretkalar og‘ziga tig‘iz qilib 
o‘rnatiladi. Tiqinlarga o‘rnatilgan novdalarni byuretka og‘ziga tiqilganda, ulardan suv 
chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Eslatib o‘tamiz, novdalarni tiqinlarga 
o‘rnatishda ularning kesilgan uch tomoni byuretkadagi suvga 2-3 sm botib turadigan 
qilib, jipslashtirish kerak, aks holda kesilgan poyadagi naylarga havo kirib qolishi 
mumkin. Bu esa o‘z navbatida novdaning kesilgan joyidan suvning kirishiga xalaqit 
berishi mumkin. 
Tiqinga o‘rnatilgan novda byuretka og‘ziga joylashtirilishi bilan byuretka 
to‘nkarilib shtativga mahkamlanadi. Byuretkaning ikkinchi uchiga esa suv parlanib 
ketmasligi uchun kauchuk nay kirgiziladi va qisqich bilan siqib qo‘yiladi. Tajriba, 
harorati 25-30 °C bo‘lgan yorug‘ xonalarda 30-60 minut davomida olib boriladi. 
Ma’lum daqiqalar o‘tishi bilan byuretkadagi suv sathi kamaya boradi. Bu holat 
transpiratsiya jarayonining boshlanganligidan dalolat beradi. 
Tajribaga ajratilgan vaqt tamom bo‘lishi bilan byuretkadagi suv sathi belgilab 
olinadi va ilgarigi (birinchi) boshlang‘ich holatdagi suv sathidan, tajribadan keyingi 
holat ayirib tashlanadi. 
Shu usul bilan ma’lum davr ichida shimilgan yoki o‘simlik barglari tomonidan 
bug‘langan suv miqdori millilitr hisobida topib olinadi. Transpiratsiya tezligini 
aniqlash uchun, tajribaga olingan barglarning umumiy sathi topib olinadi.  
12.3-tajriba. Transpiratsiya jadalligini ajralib chiqqan suv miqdoriga qarab aniqlash 
Transpiratsiya intensivligini aniqlashning eng oddiy va oson usullaridan yana 
biri kobalt xlorid tuzi singdirilgan qog‘oz yordamida aniqlashdir. Bu usul kobalt xlorid 
eritmasi singdirilgan filtr qog‘oz rangining o‘zgarishiga asoslangan. 30% li CoCl
2


eritmasi singdirilgan filtr qog‘ozi quruq sharoitda ko‘k havo rang, namli sharoitda esa 
pushti rang beradi. Shuning uchun ham CoCl
2
eritmasi bilan to‘yintirilgan filtr
qog‘ozi quritgich shkafida quritilgach, CaCl

yoki H
2
SO
4
si solingan 
eksikatorlarda saqlanadi. Kobalt xlorid eritmasi singdirilgan qog‘oz transpirometr 
deb ataladi. 

Yüklə 146,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin