barg uzilgandan so‘ng suvning manbasidan uzilish yuzaga kelganligi sababli
transpiratsiya intensivligi keskin oshishi mumkin.( Ushbu salbiy hodisani yumshatish
yoki butunlay oldini olish uchun Transpiratsiya qiluvchi organ (novda yoki barg) ochiq
havoda emas, balki eritilgan parafin ostida kesiladi, chunki kerosin tezda barg
tomirlariga kirib boradi va qotib qoladi shu sababli o‘simlik tomirlarida suvning oqimi
harakatiga qarshilik ko‘rsatadi).
Materiallar va jihozlar. O‘simlik, torsion tarozilar yoki analitik tarozi( 14-15
rasmlar), qaychi, termostat, sekundometr, qog‘oz qopchalar, daftar, qalam, chizg‘ich.
Ishni bajarish tartibi. Bunda kun davomida, har 2 soatda (takrorlanish 3-5
marta), ya’ni ertalabki soat 8 dan kechqurungi soat 20 gacha o‘simlik barglarining
dastlabgi og‘irligi, so‘ngra 3 minutdan keyingi og‘irligi tortiladi va daftarga yozib
olinadi. Har 2 soatda bargni tortishdan avval havo harorati va havoning nisbiy namligi
psixrometr orqali o‘lchanib turiladi va ko‘rsatkichlar daftarga yozib boriladi.
Transpiratsiya jadalligi (TJ) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: