Kerakli asbob va reaktivlar: O‘simlik novdasi, 30% li CoCl
2
eritmasi,
filtr
qog‘oz, qisqich, buyum oynasi, soat.
Ishning bajarilishi. Tajriba boshlanishdan avval, transpirometr eksikatordan
pinset yordamida olinadi va torsion tarozida tortib olinadi. So‘ngra
esa tajriba uchun
ajratilgan tabiiy sharoitda o‘sayotgan o‘simlik bargi ustiga yoki uning tag tomoniga
transpirometr qoplanadi. Havo tarkibidagi suv bug‘larining transpirometrga ta’sir
qilishidan
himoyalash maqsadida, uning ustiga buyum oynasi qo‘yiladi va qisqich
bilan siqib qo‘yiladi. Tajriba 10-15 daqiqa davomida olib boriladi. Mo‘ljaldagi
vaqtning tamom bo‘lishi bilan qisqichlar olinadi va transpirometr
torsion tarozida
tortilib, uning og‘irligi aniqlanadi.
Transpirometr og‘irligi, klimatik sharoitga qarab, har xil miqdorda o‘zgarishi
mumkin. Shu
transpirometr yuzasiga qarab, barg sathi topib olinadi va shu asosda
transpiratsiya intensivligi aniqlanadi.
Nazorat uchun savollar.
1.Transpiratsiya jadalligi deb nimaga aytiladi?
2.Transpiratsiya jadalligi torzion tarozida qanday aniqlanadi?
3.O’simliklarda suv bug‘latish qanday ahamiyatga ega?
Topshiriqlar:
1. Barglarning transpiratsiya intensivligi va erkin yuzadan bug'lanish
intensivligi
o‘rtasidagi farqni tushuntiring.
2. Transpiratsiyani kamaytirish usullarini sanab o‘ting.
3. Tajribadan olingan ma`lumotlarni jadval ko‘rinishida yozing va xulosalang.
Adabiyotlar:
1. Beknazarov B.O. O`simliklar fiziologiyasi. - T.:“Aloqachi”, 2009. - 536 bet.
2. Хўжаев Ж. Ўсимликлар физиологияси.- Т.: «Meҳнaт», 2004. -223 б.
3. Давронов Қ.С., Асамов Д.К., Махмудова М.М., Азизов Ҳ.Я. Ғўза
физиологияси ва биокимёси. - Т.: «Университет», 2019. - 232 с.
4. Полевой В.В. Физиология растений.- М.: «Высшая школа», 1989. - 464 с.
5. Абдуллаев Р.А., Асомов Д.К., Бекназаров Б.О., Сафаров К.С.
Ўсимликлар
физиологиясидан
амалий
машғулотлар.
-
Т.:
«Университет», 2004. - 196 б.