№8 loboratoriya ishi



Yüklə 361,12 Kb.
tarix20.05.2023
ölçüsü361,12 Kb.
#118301
8-lab.

№ 8 LOBORATORIYA ISHI.




Mavzu: Polimer ashyolar va buyumlar. Linoleumning o’rtacha zichligini aniqlash.
Umumiy tushuncha. Linoleum - bir yoki ikki qatlamli o‘rama material. Ustki qatlam plastmassadan, ostkisi dag‘al gazlama, mahsus qatron va boshqa materiallardan ishlangan bo‘ladi. Sanoatimizda gliftal polixlorivinil, koloksilin va rezina linoleumlar ishlab chiqarilmoqda. Gliftal linoleum o‘ramasining uzunligi 20 m, eni 1,8-2,0 m, qalinligi 2,5-3,0 mm. Koloksilin linoleum o‘ramining uzunligi 20 m gacha, eni 0,88 dan 1,2 m gacha. Polixlorvinil linoleum o‘ramining uzunligi 12-15 m, eni 1,6 m, qalinligi 2-2,5 mm rangi jigarrang, sariq, yashil, to‘q qizil va boshqa ranglarda bo‘ladi. Materialning pishiq va puxtaligi, har xil kimyoviy moddalar ta'siriga bardosh berishi, shuningdek bejirim ko‘rinishi undan laboratoriyalar, sanoat va jamoat binolari pollarini to‘shashda, shuningdek avtomatika, samolyot, poezd vagonlarida keng foydalaniladi. Ushbu linoleumning o‘rtacha zichligi va suv shimuvchanlik darajasini tajriba mashg‘ulotlarida aniqlab ko‘ramiz.


1-ISH. LINOLEUMNING O‘RTACHA ZICHLIGINI ANIQLASH
Asbob va uskunalar. Tarozi, shtangensirkul, linoleum namunasi.
­
Ishlash tartibi: Linoleumning o‘rtacha zichligini aniqlash uchun linoleum namunalar paralellepiped shaklida kesib olinadi. Namunalar shtangensirkul yordamida o‘lchanib, hajmi hisoblanadi, so‘ngra namuna texnik tarozida tortiladi. To‘g‘ri geometrik shakldagi namunaning har tomoni 1-rasmda ko‘rsatilganidek, uch joyidan eni va balandligi bo‘yicha o‘lchanadi, (a1, a2, a3, v1, v2, v3, h1, h2, h3) va har yoqning o‘rtacha arifmetik qiymati eng so‘nggi natija sifatida qabul qilinadi. Tomonlarining o‘lchami 100 mm dan oshmaydigan har xil shakldagi namunalar 0,1 mm gacha aniqlikda o‘lchanishi, tomonlarning o‘lchamlari 100 mm va undan katta bo‘lgan namunalar esa 1,0 mm gacha aniqlikda o‘lchanishi lozim. Massasi 500 g dan yengil namunalar 0,0 1g gacha aniqlikda, massasi 500 g va undan og‘irroq namunalar esa 1,0 g gacha aniqlikda tortilishi kerak. Namunaning hajmi va massasi ma'lum bo‘lgach, berilgan folmula yordamida uning o‘rtacha zichligi hisoblab topiladi. Olingan natijalar 1-formulaga qo‘yib linoleumning o‘rtacha zichligi topiladi.



O‘lchamlari, sm

Linoleumning xajmi, sm3

Linoleumning massasi, g

Linoleumning o‘rtacha zichligi, g/sm3

uzunligi

eni

balandligi











































O‘rtacha zichlikning o‘rtacha qiymati - …………kg/m3
Hisoblash formulasi: (1)
bu yerda: a – linoleumning uzunligi, sm;
b – linoleumning eni, sm;
h – linoleumning qalinligi, sm;
V – linoleumning hajmi, sm3;
m – linoleumning massasi g.
Yüklə 361,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin