O`quvchi: Xonim deymu yo erkam, jonim,
Begim deymu yo deymu bonu.
Ayol otlih buyuk jahonim,
Sen men uchun abadiy yogdu.
Oyim deymu yoqud quyoshim,
Barcha sifat ojiz qarshingda.
Sening bilan kokdadir boshim,
Sen porlaysan kongil arshimda.
O‘quvchi:
Deydilarki, Bu olam ichra
qolsa hamki bir dona ayol,
Zargar zoti kunduzu kecha.
Bezagini etarmish xayol.
Beshik emas, dunyo tebratgan,
Qollaringni opsak bolur oz.
Oyohlaring ostida erkan.
Jannat degan eng oliy Ezoz.
O’quvchi: Maktabimiz oquvchilar yozgan sherlardan tinglaymiz.
1- O’quvchi:
Assalom onajon- jondan azizim,
Bahringiz gulbahor, mehringiz quyosh.
Sizga dildan hurmat, tazarru, tazim,
qalbimga ham ohang mehribon sirdosh.
Muhtaram onajon, ruhimdagi jon,
Siz umrim chirogi, tiriklik boshi.
Siz bilan nurafshon jumlai jahon,
Siz hayotning buyuk bir sabr bardoshi.
2- O’quvchi:
Shafqatsiz hayotni qildim tasavvur,
Kolumbdek yer yuzin kezib piyoda,
Ollohga behisob qilaman shukr,
Onamning borligi uchun dunyoda.
Konglimda shoirlik, otli muhabbat,
Farzandlik tuygusin qalban anglayman.
Zangor xayolimda bir oliy nemat,
Onajon sher bolib men jaranglayman.
Boshlovchi: Ayollar zimmasiga - oilaning qalbi, xonadonga nur va iliqlik olib kirishdek masuliyatli vazifa yuklangan.
Tomirimni tirnar kohna savollar,
Yuragimda gullar shirin xayollar,
Ey siz ozbekoyim, oftobjamollar,
Men oftobga alishmagan ayollar.
Millatning ertasi, millatning nasli,
Siz atir nafasli, siz rayhon sasli,
Ketmas bolib kelgan bahorsiz asli.
Men oftobga alishmagan ayollar.
Boshlovchi: Biz onalarimizdan bir umr qarzdormiz, chunki ona mehri bizga umrbod hamroh. Shuning uchun onalarni sevib, ezozlab ardoqlang, ozingizni qilmishlaringiz bilan ularni dilini ogritmang.
Oquvchilar ijrosida qoshiq..
Boshlovchi: Onalarimizni orni nafaqat oilada, jamiyatdagi orinlari ham katta. Diyorimizda tavallud topib, ozining ahloq-odoblari bilan barchaga namuna bolgan fozila, olima, shoira va davlat rahbarlarigigacha kotarilgan ayollarimiz. Zebuniso, Uvaysiy Mahzuna, Anbar Otin, Nodirabegim, Zulfiya kabi momolarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Hozirgi kunda ham ayollar har sohada faoliyat yuritmoqdalar. Bunga misol qilib, «Mashhura» oquv markazini asoschisi Mashhura opaga oxshagan ayollarni olish mumkin. Ular oquv markazlari tashkil qilib ayollarimizni, qizlarimizni turmush sharoitiga, hayotga moslashishida komaklashishadi. Boshqa sohalarda ham faoliyat korsatayotgan ayollarimiz juda ham kop. Bulardan Rashidova Sayyora inson huquqlari himoyachisi, Dilbar Gulomova, Tursunoy Sodiqova, balesmestr Bernora Qorieva, Kommuna Ismoilova, Toti Yusupova, Dilbar Saidova, Yulduz Usmonovalar jamiyatimiz taraqqiyotini yuksalishida oz qissalarini qoshmohdalar.
O’quvchi: A. Oripovni «Ona» sheri
Deydilar qahrli bahodirlar ham,
Janglarda jon berar chogi mardona.
Behad azoblarga chidab songgi dam.
Bitta soz dermishlar shivirlab Ona.
Ulug bir donishmand olamni sharqlab.
Axiyri tanibdi tuqqan elini,
Zabon baxsh etganga, ehtirom saqlab,
Ona deb atabdi, ilk bor tilini.
Dunyo shoirlari vatan shaniga.
Sifat axtarmishlar qator va qator.
Nihoyat kelmishlar bitta maniga.
Ona vatan deya bitmishlar ashor.
Bisyor bolsa agar bol ham beqadr.
Takror aytilganda rangsizdir kalom.
Bu yoruh olamda Vatan bittadir.
Bittadir dunyoda Ona degan nom.
Boshlovchi: Endi qizlarimiz ortasida qiziqarli oyin otkazamiz. Onalar, ayollar haqidagi hikmatli sozlarni uzmasdan ketma-ketlikda aytish. Bu shartni bajargan ishtirokchi golib boladi.
Hikmatli sozlar.
1. Ayol gozalligi shunday jozibali kuchki, uning oldida hatto fil ham toxtab qoladi.
2. Ona - quyosh, uning mehr tafti hech qachon sovumaydi.
3. Hatto eng buyuk, noyob buyuklik ham ona mehribonligi oldida xoru xasdir.
4. Ona muhabbati zinhor qarimas.
5. Ona jamiki mavjudotning suyangan togidir.
6. Yaxshi xotin kulib bohar yuzingga,
Ming jon qurbon aning har bir so`ziga
Oro berar dargohiga, oziga.
Qozonidan ovohidan belgidir.
7. Oltin-kumushning eskisi bolmas
Ota- onaning bahosi
8. Togning korki qor bilan
Erning korki yor bilan.
9. Onangni kaftingda tutsang
Singlingni boshingda tut.
10. Ayolni seva bilmagan odam dunyoning eng gozal sirlaridan bexabar otadi.
11. Yoshlik, telbalikni chiqar boshingdan,
Onang xizmatida bolgil yoshingdan.
12. Ona emas menga faqat himmat zot
Uning martabasi bundan ham ziyod.
Musiqali tanaffus.
O’quvchi: Cholponning «Gozal» sheri.
Qorongi kechada kokka koz tikib,
Eng yorug yulduzdan seni soraymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir: «Men uni tushda koraman.
Tushimda koramen, shunchalar gozal.
Bizdan-da gozaldir, oydan-da gozal.
Kozimni olamen oy chiqqan yoqqa,
Boshlaymen oydan-da seni sormoqqa,
Ul-da aytadirki: «qizil yonoqqa.
Uchradim tushimda, komilgan oqqa.
Oqqa komilganda shunchalar gozal,
Mendan-da gozaldir, kundan-da gozal!..»
Erta tong shamoli sochlarin yozib,
Yonimdan otganda sorab koramen.
Aytadir: «Bir korib, yolimdan ozib,
Tohu toshlar ichra istab yuramen!.
Bir kordim men uni: shunchalar gozal!..»
Oydan-da gozaldir, kundan-da gozal.
Ul ketgach kun chiqar yoruglik sochib,
Undan-da soraymen sening togringda.
Ul-da uyatidan berkinib, qochib,
Aytadir: «Bir kordim, tushdamas ongda.
Men ongda korganda shunchalar gozal,
Oydan-da gozaldir… mendan-da gozal!..»
Boshlovchi: Aziz mehmonlar tashkillashtirgan kechamiz dillaringizga bir oz bolsa ham quvonch bagishlagan bolsa, ozimizni baxtiyor his qilamiz.
Shu bilan tashkillashtirgan kechamiz oz nihoyasiga yetdi. Hammangizni yana bir bor bayram bilan qutlaymiz. Qalbingizdagi nafosat, amallaringizdagi sharqona ibo, or-nomus doimo chiroqdek bolib yollaringizni yoritaversin. Ezgu tilaklar hamisha yoldoshingiz bo`lsin.
Alla aytar buvimiz tadbiri ssenariysi
Zal bayramona bezatilgan. Bahor nasmlari yurt boylab kezmoqda.
«8-MART» munosabati bilan «Alla aytar buvingiz» korik tanloviga guruh bolalarining buvajonlari davra torida otiribdi.
/»Choli iroq « musiqasi yangrab turadi./
Boshlovchi: Alla aytay , jonim bolam,
Uxlab qolgin -a, alla.
Beshiklarda rohatlanib,
Orom olgin-a, alla.
Uylarimni yorituvchi,
Yorug yulduzim , alla.
Dillarimni ravshan qilgin,
Ravshan chirogim alla.
Sher yurak, arslon bilak,
Qoplonginam bolgin-a, alla.
Katta bolib Vataninga,
Sodiq bolgin-a, alla.
Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonda suluv kelinchak ilk bora farzandlik bolibdi-yu, uning yoqimli «ingasini» ham eshitib ulgurmay, bola nobud bolibdi.
Dunyoga kelgan ikkinchi godakning ham taqdiri ona uchun iztirob va alamdan boshqa biror taskin bermabdi. Vaqt otib ayol uchunchi farzandini
xavotir aralash quvonch bilan kuta boshlabdi, ammo osha kutilgan vaqt kelgach, ayol ne koz bilan korsinki, tugilgan bola yana yiglamas emish. Shunda ona qalbidagi alamlar jumbushga kelib, otilib chiqib, yeru kokni larzaga solibdi. Ayol yiglamay dardlarini shikasta ovozda kuylay boshlabdi. Bu ovozdan togu tosh mumdek eribdi. Godak esa birdan yiglab yuborib, ona qalbini quvonchga toldiribdi. Ana shu dardli qoshiq «ALLA» degan nom olib, u muqaddas hayot qoshigiga aylanibdi.
Biz bugungi tadbirimizni otkizar ekanmiz. Tadbirimizning asosiy maqsadi, milliy urf-odatlarimizdan bolgan , godaklarni komil inson bolib yetishishlari uchun avvalo onaning ichki his tuygularini, bolalarga bolgan mehr-muhabbatlarini «ALLA» orqali tarannum etishini koramiz va shu maqsadda «ALLA AYTAR BUVANGIZ» korik tanlovini namoish etamiz.
Marhamat ishtirokchilar bilan tanishing:
1 chi raqamli ishtirokachimiz 1 chi kichik guruhi tarbiyalanuvchisi
--- 1 ---
_____ning buvajonisi_____
2 chi raqamli ishtirokchimiz orta guruhi tarbiyalanuvchisi
_____ning buvajonisi______
3 chi raqamli ishtirokchimiz 3 chi logoped orta guruhi tarbiyalanuvchisi
_____ning buvajonisi______
4 chi raqamli ishtirokchimiz ruhiy rivojlanishi sustlashgan guruhi tar-si
_____ning buvajonisi______
Mana ishtirokchilarimiz bilan ham tanishib oldingiz. Hozir men sizlarga
buvijonlarimizni ishtirokini baholab berish uchun xakamlar xayati bilan
tanishtiraman.
Xakamlar xayaati raisi:__________
Azolari: 1.__________
2.__________
Marhamat xakamlar xayati oz joylaringizni egallashlaringizni soraymiz.
Raqs togaragining qizlari «Romolim» raqsini ijro etib beradilar.
1 chi raqamli buvijon allasi.
Orik yogoch beshigingdan , alla, orgilib ketsin onang , alla,
Tut yogochdan beshiginga, alla, tumorlar bolsin onang, alla.
Bolaginam bolasisan, alla, qantay orik donasisan, alla,
Kozim nuri qarogimsan, alla, gulga tola gulbogimsan, alla.
Alla desam bor bolgin, alla, menga nomus or bolgin, alla,
Katta bolgan chogingda alla, xalqqa vafodor bolgin, alla.
Beqasamdan tonlari, alla, beklarga loyiq otasi, alla,
Xon atlasdan koylagi, alla, xonzodalarga loyiq ayasi, alla.
Boshlovchi: Jannat onalarning poyida emish,
Onadan tugilgan paygambarlar ham.
Munis onajonlar sochlari kumush,
Topar duosidan ming dardlar malham.
Qizlar ijrosida « Qaldirgoch» raqsi ijro etib beriladi.
--- 2 ---
2 chi raqamli buvijon allasi.
Jonimning chindanagi, alla, qovunning handalagi, alla.
Gullar ichida gunchasi , alla, nonlar ichida kulchasi , alla.
Orgilaman ozingdan ,alla, shamchiroqdek kozingdan alla,
Erkin-erkin yurgin alla, davru davron surgin ,alla.
Alla qilsin bolamo, alla, uyqudan orom olsina ,alla,
Alla, alla deganda, alla, jimgina uxlab qolsina alla.
Boshimdagi tojimo , alla, kozimdagi gavharim ,alla,
Suyangan togim , alla, osmondagi oyim alla.
Boshlovchi: Onam, onajonim nuri jahonim,
Tengi timsoli yoq farishta onam.
Jannat isi anqir jambil rayhonim,
Chin ibrat makoni har ishda onam.
Qizlar «Kalinka» raqsini ijro etib beradilar.
3 chi raqamli buvijon allasi.
Qarab turgan qarogim, alla, yonib turgan chirogim, alla.
Gul ichidan iskab olgan, alla, gul-rayhonlarim, alla.
Daryolarning tagidan topgan, alla, dur-gavharm bolam, alla.
Boglarning ichidan topgan ,alla, gul-bulbulim bolam, alla.
Sochimning tilla tarogi, alla, borimning kumush yarogi, alla.
Tol ichidan tanlab olgan, alla, tol chavgonim, alla.
Kozlarimning nuri , alla, yuragimning duri, alla.
Suyangan togim, alla, osmondagi oyim alla.
Boshlovchi: Odam ato nasliga yaratgandan iqbolsan,
Bu beorom dunyoda xalovatli ayolsan.
Millatning jon tomiri sen Vatanga timsolsan,
Yurtining ochmas chirogii Momo-Xavo ayolsan.
Qizlar «Binafsha» raqsini ijro etib beradilar.
4 chi raqamli buvijon allasi.
--- 3 ---
Ariq boyi lolazor, alla, chor atrofi mevazor, alla.
Jingalaksoch oglimo, alla, doim bolsin beozor ,alla.
Baxmal postin kiyasan, alla, zor pahlavon bolasan, alla.
Tezroq voyaga yetgin, alla, onajoningni boqqin, alla.
Ozing gulzor-bogimsan, alla, umrlik soginch togimsan, alla.
Zim qorongi kechalarda, alla, yondirgan chirogimsan, alla.
Dasta gulni kotardim, alla, kuch- madorim boricha, alla.
Saqladim gullarni senga, alla, sabru qarorim boricha, alla.
Beshik buving alla bolsin, alla, oltin boshing omon bolsin,alla.
Kelajaging porloq bolsin, alla, tonglaring oppoq bolsin, alla.
Boshlovchi: «Alla» qoshigi dilga yoquvchi, orom beruvchi hisoblanadi. Endi xakamlar xayatidan umumiy baholarni elon qilgunga qadar navbatni musiqiy dasturga beramiz.
Qizlar « Chittigul» raqsini ijro etib beradilar.
Boshlovchi: Marhamat hakamlardan umumiy baholarni elon qilishlarini
soraymiz.
Xakamlar baholari.
Boshlovchi: Etiborlaringiz uchun raxmat. Endi bogchamiz tomonidan
korikda qatnashgan buvajonlarimizni sovgalar bilan muko-
fotlaymiz.
Bayram dasturi shox musiqa kompozitsiyasi bilan yakunlanadi.
Muqaddas ayol
Zal bayramona bezatilgan. Bolalar kirib kelishadi.
Boshlovchilar:
Kulib issiq yuzimiz
Porlab turar kozimiz
Assalomu alaykum
Eng birinchi sozimiz.
Mehribon onalarga
Jonkuyar onalarga
Qadrdon ustozlarga
Assalomu alaykum.
Ayamagan vaqtini
Bizga bergan pandini
Ham asal ham qandini
Onajonlar assalom.
- Assalomu alaykum bayramimizning aziz mehmonlari.
- Bugungi Onajonlar bayramiga bagishlangan bayram ertaligimizga xush kelibsiz.
Birgalikda: Barchangizni kirib kelayotgan 8-mart Onajonlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.
Butun hafta tinmasdan
Bizlar harakat qildik.
Shoshib-pishib tinmasdan
Kecha zorga tugatdik.
Bayramga onalarga
Nima sovga qilamiz
Hayollar turli-tuman
Har bir bola boshida.
Kutilmagan sovgalar
Qiziq boladi juda
Togorada xamir qorsam
Pechkamiz chidab bersa
Pirog, somsalar yopsam.
Men esa onam uchun
Devorga gul chizaman.
Ozgina boyim ossa
Qandillarni yuvaman. Hal qilaylik onalarga
Nima sovga qilishni.
Ha, men oylab topdim
Jonim bilan aytaman.
Hammangiz keling yaqin
Men sizlarga aytaman.
Aziz onajonlar qabul eting tabrigimiz, barcha qoshiq kuyimiz sizga atalgan.
«Onajonlar ashulasi»
Sakkizinchi mart kuni
Onajonlar bayrami
Yollariga poyondoz
Dasta gullar boylami. Alo baho sovgamiz
Onajonlar assalom
Hamisha tazimdamiz
Mehribonlar assalom.
Boshlovchilar:
Bugun bahor nafasi
Chor-atrofni bezadi
Bolajonlar boglardan
Boychechaklar uzadi.
Ilk bahorning quyoshi
Sizlargadir onajon
Onalarga muhabbat
Dilimizda bir jahon.
Bu jahonni qolida
Ushlab turar onalar
Xursand qilsak biz bilan
Birga kular onalar.
Onajonlar yuzingiz
Tabassumdan porlasin
Baxtimizga onalar
Hech xastalik kormasin.
Marhamat yana navbatni sherga beramiz.
Sen onasan, mahbubasan
Sensiz quyosh chiqmaydi
Senla kirib kelgan bahor
Sira ortga qaytmaydi.
Sen gozal yor yagonasan
Otabeklar armoni
Tomaris ham Bibixonim
Kokning mohitoboni.
Ilk davrimda Onajonim
Men kochaga chopardim
BIr zumdayoq oyinchogu
Ham ortoqlar topardim.
Qollarimdan ushlab doim
Kuzatsangiz bogchaga
Hech ajratgim kelmay doim
Qilar edim xarxasha.
Endi bazan ukalarim
Qilganida injiqlik
Unday qilma, bolgin deyman
Ukajonim sen eslik.
Onajonlar bizga bergan
Mehr uchun bir umr
Boshimizni egib deymiz
Onajonlar tashakkur.
Onajonim mehribonim
Bayramingiz muborak
Onajonim nur jahonim
Bayramingiz muborak.
Ogil bolalar qizlar ijrosida raqs tomosha qilamiz.
«Assalom raqsi»
Boshlovchi: Yana navbatni sherga beramiz.
Ortingizdan taqlid qilib
Qogirchogim boqaman
Uy-joylarni yigishtirib
Sizga chandon boqaman. Xolakasi oynaganda
Oyisi men bolaman
Hamma ishda oyijonim
Sizga taqlid qilaman.
Kechalari boshim uzra
Ertak aytib berdingiz
Xafa bolsam yigladingiz
Men kulganda kuldingiz
Qolingizga kitob olib
Qiziqtirib kitobga
Chehrangizdan nur yogilar
Tenglagayman oftobga. Buvijonim borlar
Hammadan ham mehribon
Boshimizda parvonalar
Kasal bolsak nogahon
Ertaklari juda qiziq
Qiqir-qiqir kulamiz.
Bazan esa yonlarida
Mudrab uxlab qolamiz.
Onajonim katta bolsam
Ishingizni olaman
Dam oling deb tagingizga
Korpachalar solaman
Shul sababli Onajonim
Boling sog-u salomat
Onalar bor bolalar sog
Shudir baxt-u saodat.
|