Ma‘lumki, o`simliklar va hayvonot olamini muhofaza qilish, bioxilma-xillikni saqlashda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tarmog`i katta ahamiyatga ega. Respublikamizda umumiy maydoni 2164 km2 dan iborat bo`lgan 9 ta davlat qo`riqxonasi, umumiy maydoni 6061 km2 bo`lgan 2 ta milliy bog`, maydoni 12 186,5 km2 bo`lgan 9 ta davlat buyurtmaxonasi va noyob hayvon turlarini ko`paytirish bo`yicha respublika «Jayron» ekomarkazi hamda «Sayxun» parvarishxonasi mavjud. 1992- yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Atrof-muhit va rivojlanish" bo‘yicha Xalqaro anjumanida "Biologik xilma-xillik to‘g‘risida Konvensiya" qabul qilingan.
O`simliklar va hayvonot dunyosi
Bioxilma-xillik to‘g‘risida Konvensiyaning maqsadi sayyoramizda bioxilma-xillikni saqlash, uning tarkibiy qismlaridan va genetik resurslaridan barqaror, adolatli va teng foydalanishdir.O‘zbekistonda bioxilma-xillikni saqlashda qonun muqofazasi ostida olingan tabiiy qududlar alohida muhim o‘rin tutadi. 2004 -yil 3- dekabrda "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunning vazifasi - tipik, noyob, qimmatli tabiiy ob'ektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta'sir ko‘rsatishi oldini olish, tabiiy jarayonlarni o‘rganish, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borish.
Bioxilmaxillik resurslarining kamayishi birinchi navbatda inson faoliyati ta’sir oqibatida yuz beradi. Oxirgi 50 yil ichida sayyoramiz aholisi soni 3,5 barobarga, iste’mol qilinayotgan ichimlik suv hajmi 11 barobarga, haydaladigan yerlar maydoni 2 martaga, ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalari soni 10 martaga, neftь mahsulotlaridan foydalanish 7 martaga, elektr stantsiyalari quvvati 21 martaga oshdi. Hayvonot va o‘simlik olami turlari esa 20 foizga kamaydi. Har yili atmosfera havosiga 5 milliard t. karbonat angidrid gazi, 200 million tonna uglerod oksidi, 146 million tonna sulьfat oksidi, 35 million tonna azot oksidi tashlanmoqda. Insonning nooqilona faoliyati natijasida biosferada ko‘plab qaltis jarayonlar sodir bo‘lmoqda. Birgina Orol fojiasi insonning ekologik muammolarga nisbatan mas’uliyatsizligining yaqqol namunasidir. bo‘ldi.