Yаrim toza ishlov berish zagatovkalardan qora ishlov berishda pripusk to‘liq olinmaganida qo‘llaniladi. SHuningdek ishlov berish aniqligiga yuqori talablar qo‘yilgan paytda, va natijada har bir ishlov berish uchun ajratilgan pripusk qalinligini kamaytirish zaruriyati tug‘ilganda yarim toza ishlov berish operatsiyasi kiritiladi. Bu usulda ishlov berish aniqligi 11-12 kvalitet bo‘lib, yuza g‘adir-budirligi Ra 50-12,5 mkm bo‘ladi.
Toza ishlov berish detal yuzalarining aniqlik darajasi 8-11 kvalitet, yuza g‘idir-budirligi Ra 12,5-2,5 mkm oralig‘ida me’yorlangan holatlarda oxirgi ishlov berish turi hisobida qo‘llanilishi mumkin. Bu usul yuqori aniqlikda qo‘yib yoki aniq va boshqa usullar yordamida aniq olingan zagatovkalar uchun ham yagona ishlov berish usuli sifatida qo‘llanishi mumkin.
Toza ishlov berish shuningdek nozik yoki pardozlash ishlov berishlaridan oldingi oraliq ishlov berish usuli sifatida ham qo‘llaniladi.
Nozik ishlov berishda yuzaning aniqlik va sifat ko‘rsatkichlari yuqori darajada shakllangan bo‘ladi. Juda kichik pripusk va uzatishlari evaziga geometrik parametrlar yuqori aniqlikda olinishiga erishiladi. Po‘latdan tayyorlangan detalga ishlov berish aniqligi g‘adir-budirlik bo‘yicha Ra 0,63-2,5 mkm bo‘ladi.
Pardoz ishlov berish (finish) asosan yuza g‘adir-budirligini talab darajasiga tushirish uchun qo‘llaniladi. O‘lcham aniqliklariga bu ishlov berish deyarli ta’sir etmaydi. Odatda oldingi ishlov berish qo‘yimi oralig‘ida bajariladi. Har xil usul va materiallardan foydalanib pardozlash ishini bajarishda yuza g‘adir-budirligi Ra=0,16-0,63 mkmga etkazilishi mumkin.
Mexanik ishlov berishning toza ishlov berish va undan keyingi bosqichlarda qo‘llaniladigan usullarini o‘rganish e’tiborga loyiqdir chunki bu bosqichlarda qo‘llaniladigan usul, uning bajarilishi tartibi detal sifatining shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘tkir asbob yordamida ishlov berish odatda material nisbatan yumshoq (qattiqligi NRS45 gacha bo‘lganida qo‘llaniladi, qattiq material bo‘lganida HRC 45 dan katta) abraziv (tirnov toshlar) asboblar yordamida detallarni qirqib ishlov beriladi.
2-rasm.Bir marotaba qolanishili namunalar quyilishining jarayonini sxematik korsatilishi, bundan tashqari kopik yoqolishi va bug’lanish usuli kabi malum.
[Serope Kalpakjian Steven R. Schmid MANUFACTURING Engineering and Technology 269-275]