8-ma’ruza detallarga mexanik ishlov berish usullari. Reja



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə5/6
tarix27.04.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#103436
1   2   3   4   5   6
8-ma’ruza detallarga mexanik ishlov berish usullari. Reja

Xoninglash teshik yuzasiga yuqori aniqlikda ishlov berishni ta’minlaydi, lekin yuzaning boshqa yuzalariga nisbatan joylashishi xatoligini yo‘qotmaydi. Bu jarayon maxsus qirqish asbobi (xon) yordamida amalga oshiriladi. Xon har tomonga tekis harakatlanuvchi bruslar yordamida detal yuzasiga ishlov beradi. Xonning o‘z o‘qi atrofida va u bo‘ylab harakatlanishi, ishlov berilgan yuzada qirqish asbobining donachalarining to‘rsimon izi hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu xol detal ishlaganida moyning yuzada yaxshi ushlanib turishiga imkoniyat yaratadi. Bu usulda avtomobil va traktor silindrlari, g‘ilindr bloklaridagi vkladish osti teshiklariga ishlov beriladi. Ishlov berish pripuski oldingi ishlov berish turiga qarab 0,08-0,005mm bo‘ladi (diametrga). Ishlov berish aniqligi 4-6 kvalitet Ra 0,16-0,04 mm bo‘ladi.
Pritirka, -5 kvalitet va undan ortiq aniqlikdi ishlov berishda qo‘llaniladi. Silindr yuzalariga ishlov berishda diametr aniqligi 1 mkmgacha, tugal-paralel plitkalarda 0,05 mkm bo‘ladi. G‘adir-budirlik Ra 0,1 bo‘lishi mumkin.
Pritirka erkin abraziv zarrachalarining bog‘lovchi suyuqliklar bilan aralashmasida (pasta yoki boshqa ko‘rinishda yuzaga ta’sir etadi). Pritir yordamida bajariladigan bu operatsiyada juda kammiqdorda o‘lcham o‘zgaradi. SHuning uchun bu usulda ishlov beriladigan yuza dastlab 6-kvalitetda Ra-1,25-0,32 darajada ishlov berilgan bo‘lishi kerak. Bu usulda har xil shaklga ega bo‘lgan yuzalarga ishlov berish mumkin. Olinadigan qoplamasiga bog‘liq holda pritirka 1,2 yoki 3 operatsiyada bajariladi. Dastlab diametrga 0,02-0,005 mm olinsa, oxirida 0,005 mm dan kam olinadi.
Operatsiya ishlab chiqarish turiga qarab qo‘lda va stanokda bajarishlishi mumkin.
Bu jarayon qattiq abraziv donalar yordamida tirnab ishlov berish, nisbatan yumshoq abraziv donachalar yordamida tirnamasdan ishlov berish va ximik aktiv pastalar bilan ishlov berish (pasta goi) turlariga bo‘linadi. Bog‘lovchi suyuqlik sifatida mineral yog‘, kerosin va xokazolar qo‘llaniladi.
Super finishda ham abraziv brusoklar qo‘llaniladi. Qirqish asbobi ishlov berilayotgan yuzaga 0,05-0,3 MRa (0,5-30 kt/sm3/ bosimda bosiladi.
Ishlov berish dastlabki ishlov berish qo‘yimi chegarasida amalga oshiriladi. Ra=0,2-0,025 mkm. (tayanch yuza 12 -20dan 80-90%ga) oshadi, deformatsiyalangan metall qalinligi 2-3 mkm bo‘ladi. Superfinish shlifovkadan, nozik yo‘nishdan va boshqa ishlovlardan keyin beriladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin