2. Ma’lumotlar bazasini qayta ishlash.
C++ Builderda ma’lumotlar bazasi (MB) bilan ishlaganda dastlab Alias hosil qilinadi Alias ma’lum bir guruhga tegishli bo’lgan jadvallarni qaysi toifaga tegishliligini (jadvallar hosil qilinadigan drayverni), jadvallar yo’lini o’zida saqlaydi. C++ Builderda Alias hosil qilishning bir necha usullari mavjud.
1. Menyuning DataBase bo’limidan SQL Explorer tanlanadi.
2. Object -»New ... [CTRL+N] tanlanadi; (yoki SQL Explorer darchasining o’ng qismida sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi va New tanlanadi)
3. Yuqoridagi darchadan drayver nomi tanlanadi; Standart holatda Paradox tanlanadi
4. Path bo’limiga jadvallar saqlanadigan katalog ko’rsatiladi.
5. Hosil qilingan Alias ni saqlash uchun sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi va Apply [CTRL+A] tanlanadi.
Jadval hosil qilish uchun quyidagi amallar ketma ketligi bajariladi.
1. C++ Builder menyusining Tools bo’limidan Database Desktop tanlanadi;
2. Database Desktop dan File—>New—>Table tanlanadi;
3. Jadval toifasi tanlanadi;
4. Field Name - jadval maydoni nomi; Type - maydon toifasi; Size - hajmi; Key - kalit maydonini bildirish bo’limi
5. Jadval maydonlari kiritilgandan keyin Save As… tugmasi bosiladi;
6. Alias bo’limidan o’zimiz hosil qilgan alias nomi tanlaniladi;
7. Jadvalga nom beriladi;
8. Options bo’limida Display Table ga bayroqcha o’rnatilsa, Soxranit tugmasi bosilgandan keyin Database Desktop da jadval ochiladi.
9. Bayroqcha o’rnatilmasa (yoki ixtiyoriy jadvalni ochish uchun) File —> Open -> Table tanlanadi. Alias bo’limidan jadval saqlangan alias tanlaniladi. So’ngra ochilichi lozim bo’lgan jadval nomi tanlanilib Otkrit tugmasi bosiladi.
Maydonlar haqida ma’lumot
Maydon nomi 25 ta simvoldan iborat bo’lishi mumkin. Birinchi simvol probel bo’lishi mumkin emas.
Eslatma: Maydon nomini yozishda probeldan umuman foydalanmagan ma’qul. Chunki, SQL so’rovlardan foydalanganda muammo chiqishi mumkin. Zarurat bo’lsa, shift minus belgisidan foydalaning. Apostrovdan (‘) ham foydalanmang!
Maydon toifasini tanlash uchun Type maydoniga o’tib, sichqonchaning o’ng tarafi bosiladi yoki probel bosiladi. Paradox uchun maydon toifalari quyidagicha bo’lishi mumkin.
1. A1-255 Alpha Satrli maydon. ASCII kodini barcha simvollarda qabul qiladi.
2. N-number- 10307 -10308 butun son
3. $ - money - pul birligini bildiruvchi musbat yoki manfiy son.
4. S - short -32767 ... 32767 oralig’idagi butun sonlar.
5. I - long integer -2147483648 ... 2147483648
6. # - 0 - 32 BCD Binary Coded Decimal formatdagi son.
7. D - Date - sanani bildiruvchi maydon.
8. T- Time - vaqt.
9. @ - Time Stamp - vaqt va sanani bildiruvchi maydon.
10. M -1-240 Memo cheklanmagan satr ma’lumotlarini saqlash uchun mo’lallangan.
11. F - 0-240 Formatted cheklanmagan format. Memo ulangan satrni saqlash uchun mo’ljallangan.
12. G - graphic tasvir ma’lumotlarini saqlash.
13. O - OLE tasvir, ovoz, dokument va xakozolarni saqlash.
14. L - logical mantiqiy maydon.
15. + Autoincrement avtomat ravishda yozuvni bittaga oshirib boradi. Yozuvlar o’chirilsa oldindagilar o’zgarishsiz qoladi.
Misol: Lesson nomli alias hosil qiling. Quyidagi maydonlarni o’z ichiga oluvchi talaba nomli jadval hosil qiling.
Tug_kun maydonida tug’ilgan kuni sanasi yoziladi.
Bu jadvalni C++ Builder bilan bog’lashni ko’rib chiqamiz.
1. File→New→Application tanlanadi;
2. Komponentalarning BDE bo’limidan Table komponentasi formaga qo’yiladi;
3. Table komponentasining DatabaseName xususiyatida Alias ko’rsatiladi. (yani Lesson);
4. TableName xususiyatida jadval nomi keltiriladi. (talaba);
5. Active xususiyati true ga o’zgartiriladi;
6. Komponentalarning Data Access bo’limidan DataSource komponentasi formaga qo’yiladi;
7. DataSet xususiyati Table1 qilinadi;
8. Komponentalarning Data Controls bo’limidan DBNavigator komponentasi formaga qo’yiladi;
9. DataSource xususiyati DataSource qilinadi;
10. Komponentalarning Data Controls bo’limidan DBGrid komponentasi formaga qo’yiladi;
11. DataSource xususiyati DataSource qilinadi;
12. Formaga Edit va Button komponentalari qo’yiladi Button komponentasi ustida sichqoncha ikki marta bosiladi va quyidagilar kiritiladi:
TLocateOptions qidiruv_turi;
qidiruv_turi « loPartialKey « loCaselnsensitive;
if (!table1->Locate("Familiya",Editl->Text,qidiruv_turi))
ShowMessage("Bunday yozuv yo’q");
Bu yerda qidiruv_turi turidagi loPartialKey qidirilayotgan familiya qisman kiritilsa ham qidiruvni amalga ochirishni bildiradi. Masalan: Abdurahimov familiyasini qidirish lozim bo’lsa, Abdu deb yozilsa ham qidiruv amalga oshirilishini bildiradi.
loCaselnsensitive esa, qidirilayotgan ma’lumotning katta yoki kichik yozilganiga axamiyat bermaslikni bildiradi. Masalan: Abdurahimov familiyasini qidirish lozim bo’lsa, abdurahimov deb yozilsa ham qidiruv amalga oshirilishini bildiradi.
Bu parametrlarni alohida ishlatilsa ham bo’ladi.
qidiruv_turi « loCaselnsensitive;
yoki
qidiruv_turi « loPartialKey;
Maydonlar bo yicha filtrlash
1. Formaga Button va Edit komponentalarini qo’ying
2. Button komponentasiga quyidagilar yoziladi
Table1->Filtered = false;
Table1->FilterOptions « foCaselnsensitive;
Table1->Filter = "Familiya=‘ " + Editl->Text +,,*,n;
Table1->Filtered = true;
3. Table ning FilterOptions xususiyatining foCaselnsensitive xususiyati True qilinadi.
Yoki Edit komponentasining Onchange hodisasiga quyidagilar yoziladi:
Table1->Filtered = false;
// Editl bo’sh bo’Isa funksiyadan chiqib ketiladi
if (Editl->Text == "")
return ;
Table1->FilterOptions « foCaselnsensitive;
Table1->Filter = "Familiya=‘" + Editl->Text
Table1->Filtered = true;
DIQQAT: Filterlashni bu turi faqat Paradox uchun o’rinli
Maydonlarga quyidagicha murojaat qilish mumkin.
Table1->FieldByName("Maydon_nomi")->Value;
Table1->FieldByName("Narxi")->AsCurrency;
Table1->FieldByName("Soni")->AsInteger;
Maydonga biror qiymatni o’zlashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
Table1->Edit; // Jadvalni o’zgartirishga ruxsat berish
Table1->FieldByName("Ism")->AsString = Editl->Text;
Table1->Post(); // Saqlash
Biror maydon yig’indisini hisoblash quyidagicha bo’lishligi mumkin.
void fastcall TForml::ButtonlClick(TObject *Sender)
{
float s;
Tablel->First;
while(!Tablel->Eof)
{
s += Tablel->FieldByName("Jami")->Value;
Tablel->Next; // keyingi yozuvga o’tish
}
Buttonl->Caption = FloatToStr(s);
SQL tili ( Structured Query Language - strukturalashgan so’rovlar tili) sintaksisi juda oson. SQL
tilida katta - kichik harflar farqlanilmaydi. Ya’ni Select operatorini SELECT, Select, select shakllarida yozish mumkin. Agar bir nechta operatordan foydalanilsa operator oxirida qo’yiladi. Faqat bitta operator ishlatilsa operator oxirida qo’yish shart emas. Izoh yozish ba’zi sistemalarda / * */
shaklida, ba’zi sistemalarda esa {} shaklida bo’ladi.
SQL so’rovlar tilidan deyarli barcha (MS SQL Server, MySQL, PostgreSQL, Oracle, Informix, Paradox, Interbase, FireBird) ma’lumotlar bazasida foydalanish mumkin. SQL so’rovlari ma’lumotlar bazasiga qarab qizman o’zgarishi mumkin.
Select tanlash operatori
Select operatorining umumiy ko’rinishi
SELECT Cmaydon nomlari ro’yhati>
FORM
WHERE
GROUP BY
HAVING
ORDER BY Cmaydon nomlari ro’yhati>;
Quyidagi maydonlarni o’zida saqlovchi namuna nomli jadval hosil qiling va uni Lesson aliasiga saqlang.
1. Bu jadvaldagi ma’lumotlarni ko’rish quyidagicha bo’ladi:
SELECT *
FROM namuna
2. Jadvaldagi ba’zi maydonlarni ko’rsh uchun shu maydon nomlari ro’yhati select dan keyin keltiriladi:
SELECT Familiya, Ism, Otasi
FROM namuna
3. Familiya bo’yicha tartiblash
Select familiya, ism, otasi
From namuna
Order By Familiya, Ism
4. Tug’ilgan yili bo’yicha kamayib borish tartibida tartiblash
Select familiya, ism, otasi,tug_yil
FROM namuna
Order By tug_yil DESC
5. Select operatoridan keyin faqat maydon nomi emas, ixtiyoriy arifmetik amal ( +, *, /) ishlatish mumkin. Misol uchun, yuqoridagi jadvaldagi tug’ilgan yilni joriy yildan ayirib, talabaning yoshini aniqlaymiz:
Select familiya, ism, otasi, (2013-tug_yil) AS Yoshi
FROM namuna
6. Agar maydon nomini ruscha shriftda chiqarish talab etilsa quyidagicha so’rov yoziladi: (Maydon nomidan keyin AS xizmatchi so’zi bilan maydon sarlavhasi keltirilladi. Faqat "YO" xarfida muammo bo’lishi mumkin)
Select familiya AS Familiya, ism AS Imya
FROM namuna
Familiya va Ism maydonlarini bitta ustunda chiqarish uchun quyidagicha yozish mumkin.
Select familiya + ‘ ‘ + ism AS "Familiya Imya"
FROM namuna
MySQL da yuqoridagi so’rov sal boshqacha amalga oshiriladi.
Where operatoridan keyin tanlash shartida mantiqiy amallar AND, OR, NOT, arifmetik amallar va munosabat amallari:
7. Dastlabki 6 ta amal tushunarli. Misol uchun jinsi ayol bo’lgan, 1990 yildan keyin tug’ilganlar ro’yhatini chiqaramiz.
Select Familiya, Ism, Otasi, tug_yil, (2013-tug_yil) AS yoshi
FROM namuna
Where jinsi=,,Ayol" and tug_yil>1990
8. Like amali sintaksisi quyidagicha:
LIKE "cbelgilar ketma - ketligi>"
Bu amal satrli maydonlar uchun qo’llaniladi va izlanayongan ma’lumot topilsa true qiymat qaytaradi. Belgilar ketma - ketligini to’liq kiritish yoki!,%” belgisi bilan tugatish mumkin. Bu belgi ixtiyoriy belgilar ketma - ketligini bildiradi.
Misol:
Select familiya, ism, otasi
FROM namuna
Where Familiya LIKE "A%"
Amali !,A" harfidan boshlanuvchi barcha familiyalarni bildiradi. (Adambaev, Abdurahimov, Alimov, Azamov, Asqarov, Azizov,...)
Select familiya, ism, otasi
FROM namuna
Where Familiya LIKE "Abdu%"
Amali !,Abdu" harflaridan boshlanuvchi barcha familiyalarni bildiradi.
(Abdurahimov, Abdug’aniev, Abduqayyumov, Abdullaev)
Select familiya, ism, otasi
FROM namuna
Where Ism LIKE "%im%"
Amali ketma - ketlikda “inf qismi bor bo’lgan ismlarni bildiradi.
(Karimboy, Abdukarim, Rahimjon, Hakimboy, Salimjon,...)
9. between ... and amali sintaksisi quyidagicha:
between and
1985 va 1990 yillar oralig’ida tug’ilganlar ro’yhatini chiqarish
Select familiya, ism, otasi
FROM namuna
WHERE tug_yil BETWEEN 1985 AND 1990
10. IN amali sintaksisi quyidagicha:
IN (< to’plam >)
Maydondagi ma’lumot qiymati, to’plam elementlariga tegishli bo’lganlarini chiqarib beradi. Masalan, ismi Azamat, Qudrat va Ne’mat bo’lgan talabalar haqidagi ma’lumotlarni chiqarish talab etilsin:
SELECT *
FROM namuna
WHERE Ism IN ("Azamat","Qudrat","Ne’mat")
Tug’ilgan yili 1980,1982,1989 bo’lganlar ro’yxati esa quyidagicha:
SELECT familiya, ism, otasi, tug_yil
FROM namuna
WHERE tug_yil IN (1980,1982, 1989)
11. DISTINCT xizmatchi so’zi ko’rsatilgan maydon bo’yicha bir xil qiymatli ma’lumotlardan faqat bittasini olishni bildiradi
SELECT DISTINCT familiya
FROM namuna
Nazorat savollari:
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi.
Borland C++ Builder 6 integrallashgan sohasida ma’lumotlar bazasi.
Ma’lumotlar bazasini qayta ishlash.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |