8-Ma’ruza. Integrallashgan muhitda mavjud bo’lgan ma’lumotlar bazasini qayta ishlash
8-Ma’ruza. Integrallashgan muhitda mavjud bo’lgan ma’lumotlar bazasini qayta ishlash.
Reja:
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi.
Ma’lumotlar bazasini qayta ishlash.
1. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi. Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o’ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozosidir.
Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o’z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishgakerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin. Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz. Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo’yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.
T i z i l m a l a sh t i r i sh – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo’lmasa, u holda ular tizilmalashtirilmagan deyiladi. Tizilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol sifatida matn fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko’rsatish mumkin.
Ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo’lishi mumkin. Ma’lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma’lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarb holatda yuritishni va foydalanuvchilarga undan axborot olishini ta’minlovchi maxsus dasturiy vosita, ya’ni ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga oshirishni nazarda tutadi. Ma’lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturaga ega, o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u biror bir ob’yektning xususiyatini, holatini yoki ob’yektlar o’rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi. MB foydalanuvchiga strukturalashtirilgan ma’lumotlarni saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi.
Ma’lumki ma’lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni katta hajmdagi ish bo’lib ko’p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan ishlashda undagi ma’lumotlarning aniq bir strukturagi ega bo’lishi, birinchidan foydalanuvchiga ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash jarayonida undagi ma’lumotlarni tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli ma’lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklarni tug’diradi. MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli ko’rinishdagi ma’lumotlardan zamonaviy kompyuterlarda birgalikda foydalanish va ularni qayta ishlash masalasi hal qilindi. Kompyuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl bo’lib, undagi ma’lumotlar o’zaro bog’langan va tartiblangandir.
Demak, ma’lumotlar bazasi deganda ma’lum bir strukturada saqlanadigan ma’lumotlar to’plami tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda MB - bu ma’lum berilgan aniq bir strukturaga ega bo’lgan ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi maxsus formatga ega bo’lgan fayldir. Ma’lumotlarni strukturalashtirish - bu shunchaki ma’lumotlarni tasvirlashda qandaydir moslikni kiritish usulidir. Odatda MB ma’lum bir ob’ekt sohasini ifodalaydi va uning ma’lumotlarni o’z ichiga oladi, ularni saqlaydi va foydalanuvchiga ma’lumotlarni qayta ishlashda undan foydalanish imkonini yaratib beradi.
Ma’lumotlar bazasi–bu ma’lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan) ma’lumotlarning nomlangan to’plamidir.
Ma’lumotlar bazasi - axborot tizimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini yengillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo’lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin.
Juda ko’p turdagi MBBT mavjud. Ular o’z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo’lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi – bu ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini tashkil etish uchun mo’ljallangan dasturlar majmui va til vositasidir.
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar bilan chambarchas bog’liq. Maydon-bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar birligi bo’lib, u axborotni eng kichik va bo’linmas birligi bo’lgan rekvizitga mos keladi. Maydonni tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi:
Maydon nomi, masalan, familiyasi, ismi, tug’ilgan sana, lavozimi, ish staji, mutaxassisligi.
Ma’lumotlar bazasi tuzulmasining asosiy elementlari
Maydon turi, masalan, son (chislovoy), simvol (simvolnыy), sana/vaqt (data/vremya), mantiqiy (logicheskiy).
Maydon uzunligi (o’lchami), masalan, eng ko’p simvollar sig’imi; Maydon aniqligi, (son tipidagi ma’lumotlar uchun) masalan, sonning o’nli kasr qismini aks ettirish uchun o’nlik raqamdan to’rtta.
Yozuv –bu mantiqiy bog’langan maydonlar to’plami. Yozuv tuzilishi uchun uning tarkibiga kiruvchi maydolar tarkibi va joylashishi ketma-ketligi bilan aniqlanib, ularni har biri ichida elementar yozuvlarning nusxasi deb ataladi. Yozuv ob’yektning biror bir elementi haqida to’liq ma’lumotni ifodalaydi.
Fayl (jadval) -bu bir xil tuzilmaga ega bo’lgan yozuvning nusxalar to’plamidir. U o’zicha har bir maydonda qiymatga ega.
Misol. STUDENT faylidagi (jadvalidagi) yozuvlarning mantiqiy strukturasini tavsiflashga doir misolda ko’rsatilgan. STUDENT faylidagi yozuvning tuzilishi chiziqli bo’lib, u o’zgarmas uzunlikdagi yozuvlardan iborat. Yozuv maydonlari takrorlanuvchi qiymatlar guruhiga ega emas. Maydon qiymatiga murojaat uning nomeri bo’yicha amalga oshiriladi.
STUDENT faylidagi yozuvlar mantiqiy tuzilishini tavsifi
Har bir MB jadvali o’zining birlamchi kalitiga ega bo’lishi mumkin. Birlamchi kalit deganda yozuvlar qaytarilmasligini ta’minlovchi maydon (polya) yoki maydonlar guruhi tushuniladi. Birlamchi kalit sifatida ishlatiladigan maydon yoki maydonlar guruhi, bir xil yozuvga ega bo’lmaslik shartini bajarishi kerak. Boshqa maydonlarida bir xil yozuvlar takrorlanishi mumkin. Shu sabab ular birlamchi kalit bo’la olmaydi. Birlamchi kalit qisqa va sonli maydonlardan tashkil topishi maqsadga muvofiqdir. MB jadvaliga birlamchi kalitni kiritishdan maqsad, jadvaldagi ma’lumotlarni izlash, tartiblashtirish va tanlab olishda qulaylikni beradi. Birlamchi kalit kiritish yoki kiritmaslik foydalanuvchi tamonidan MB jadvali strukturasini tashkil qilishda aniqlanadi.
Bosh jadval yordamida qaram jadvaldagi mos ma’lumotlarni chaqirishni ta’minlash uchun qaram jadvalda tashqi kalit tashkil qilinadi. “Bitta-ko’pga” bog’lanish holatida tashqi kalit bosh jadvalda tashkil qilinadi. Birinchi va ikkinchi kalitlarni aniqlashda MBBT avtomatik ravishda jadvalda indekslarni quradi.