6) Aylanma kapitalning rentabelligi – aylanma kapitalning foydaliligi, natijaliligi. U har bir so‘mli aylanma kapitaldan qancha foyda olish mumkinligini ko‘rsatadi. Uni quyidagi formula asosida aniqlash mumkin
7) Qarzga olingan kapitalning rentabelligi – qarzga olingan kapitalning foydaliligi, unumliligi. U quyidagicha aniqlanadi
Bu koeffitsiyent har bir so‘mli qarzga olingan kapital qancha foyda keltirganligini ifodalaydi.
8) Real asosiy kapitalning rentabelligi uning foydaliligini ifodalaydi va har bir so‘mli real asosiy kapital qancha so‘m foyda keltirganligini ko‘rsatadi. U quyidagi formula asosida aniqlanadi
9) Investirlangan kapital rentabelligi – investitsiya mablag῾larining natijaliligi, foydaliligi. Bu ko‘rsatkich investitsiya tufayli olingan mablag῾larning qanchalik samara berishini ifodalaydi va quyidagi formula orqali aniqlanadi
Rentabellik darajasi ko‘rsatkichining yuqori bo‘lishi korxona (firma) ixtiyoridagi asosiy va aylanma fondlardan oqilona foydalanilayotganini va korxona (firma)ning ma`lum miqdorda foyda (daromad) olayotganligini ko‘rsatadi.
Rentabellik darajasini ko‘tarish uchun sanoatning barcha tarmoqlari va korxonalari sotilgan mahsulot hajmini oshirishga, uni ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirishga, ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishlari zarur.
Rentabellik – xo‘jalik faoliyatining samaradorlik darajasini bildiruvchi ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, u ma`lum vaqt (yil,oy,kvartal) davomida ishlab chiqarish faoliyatining foydaliligi (yoki zararliligini) ko‘rsatadi.
Korxona rentabelligi olingan foydani qilingan sarflarga taqqoslash orqali aniqlanadi va u foizlarda o‘lchanadi.
bu yerda
R - rentabellik, %;
F - korxona foydasi;
Ak- asosiy va aylanma kapital.
Nisbatning kattalashishi mehnat, moliya, texnologiya va moddiy resurslardan unumliroq foydalanishni anglatadi. Xo‘jalik faoliyati-minimal xarajatlar bilan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan joylarda samaraliroq bo‘ladi.
Xulosa Foyda (daromad) korxona faoliyatini umumlashtiruvchi kotrsatkichdir. U moddiy ishlab chiqarishda yaratilgan sof daromadning bir qismi bo’lib, davlat byudjeti daromadlarining shakllanishida asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
Foydani taqsimlash deganda uning bir qismini byudjetga jo’natish tushuniladi.
Rentabellik – xo’jalik faoliyatining samaradorlik darajasini bildiruvchi ko’rsatkichlardan biri bo’lib, u ma`lum vaqt (yil,oy,kvartal) davomida ishlab chiqarish faoliyatining foydaliligi (yoki zararliligini) ko’rsatadi.
Nazorat savollari 1.Yalpi foyda deganda nimani tushunasiz?
2. Sof foyda qanday hisoblanadi?
3. Foyda. Foydani shakllantirish manbalarini sanang.
4. Foydani taqsimlash deganda nimani tushunasiz?
5. Rentabellikning iqtisodiy mohiyati.va uni hisoblash usuli.
6. Korxona rentabelligining qanday turlaruni bilasiz?
7. Foydani oshirishning asosiy yo‘llari