8-ma’ruza mavzu: muskullar haqida ilm-myologia reja



Yüklə 32,97 Kb.
səhifə1/20
tarix02.01.2022
ölçüsü32,97 Kb.
#43986
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Anatomiya muskul, hazm qilish


8-MA’RUZA

Mavzu: MUSKULLAR HAQIDA ILM-MYOLOGIA

REJA:

1.     Muskullar organ sifatida.

2.     Muskullarning guruxlarnishi.

3.     Odam tanasining yuza va chukur muskullari.

4.     Ko’krak kafasining autoxton muskullari.

5.     Muskullarning bajaradigan ishi.

 

                Tayanch iboralar: samatik va visseral muskulatura, agonist, antogonist, sinergist, fiksatorlar, bukuvchi yozuvchi muskullar, paylar, fassiyallar, poy qinlari.



MUSKULLAR

Umumiy ma’lumotlar

                Muskullar organizm hayotida muhim o’rin tutadi. Markaziy nerv sistemasi yuboradigan impulslar ta’sirida gavdadagi muskullar qisqaradi, buning natijasida skelet harakatga keladi va gavda yoki uning bir qismi bir joydan ikkinchi joyga ko’chadi.

                Muskullarda harakat va sezuvchi nervlarning oxirlari joylashgan bo’lib, har bir muskul ular orqali markaziy nerv sistemasi bilan bog’lanadi. O’rta yashar odamning skelet muskullari gavda og’irligining 40 foizini, chaqalaqlarning muskullari esa gavda og’irligining 20-22 foizini tashkil etadi.

                Jismoniy mashg’ulotlar bilan muntazam shug’ullanib turuvchi sportchilarda skelet muskullarining og’irligi gavda og’irligining  qariyb yarmini tashkil qilishi mumkin. Yosh ulg’aygan sari muskullarning hajmi va og’irligi asta-sekin kamaya boradi. Odam gavdasida 600 ga yaqin skelet muskullari bor.

                Muskullarning takomillashishi. Gavda muskullari mezodermadan takomillashadi. Mezodermaning xorda va boshlang’ich miya naychasining ikki yon tomonida joylashgan dorsal qismi segmentlarga yoki somitlarga bo’linadi. Somitlar o’z navbatida sklerotomga va miotomgabo’linadi. Sklerotomdan umurtqa ustuni va skelet hosil bo’lsa, miotomdan muskullar takomil topadi.

                Miotomlar ko’proq ventral tomonga zo’r berib o’sishi tufayli kattaroq ventral qismi va unda kichikroq dorsal qismlari tafovut qilinadi. Miotomning dorsal qismidan orqa muskullar takomil etsa, ventral qismidan gavdaning old tomonida joylashgan ventral muskullar takomil etadi.

                Orqa miyadan miotomlarga nerv tolalari o’sib kiradi. Miotomlar ikki qismdan iborat bo’lib, ventral (old) va dorzal (orqa)  qismlariga alohida ikkita nerv tortilgan. Shuning uchun ham  bir miotomdan takomil topgan muskullar bir-biridan uzoqda joylashgan bo’lsa ham, bitta nerv bilan innervasiya qilinadi. Aksincha ayrim-ayrim  miotomlardan tashkil topgan muskullar bir-biriga yaqin joylashgan bo’lsa ham  turli nervlar bilan innervasiya kilinadi.

                Embriogenez davrida bir gruppa muskullar o’zining takomil topgan yerida qoladi va mahalliy (autoxton muskullar) deb ataladi, ikkinchilari gavdada takomil topib, embriogenez davrining so’nggi vaqtlarida qo’l-oyoqqa o’tib ketadi va trunkofugal (gavdadan qochuvchi) muskullar deb ataladi. Nihoyat, uchinchi gruppa muskullar qo’l-oyoqda hosil bo’lsa-da, biroq embriogenez davrida gavdaga o’tib ketadi va ular markazga (gavdaga) intiluvchi (trunkopetal) muskullar deb ataladi. Qorin-ko’krak to’sig’i - diafragma gavdaning old tomonidan V,VI bo’yin sigmentlaridan takomillashadi. Diafragmaning o’ng va chap tomonida simmetrik joylashgan juft muskul kurtaklari kaudal tomonga o’tib, tezda bir-biri bilan tutashadi va ko’ndalang chodir shaklida qo’shilib, ko’krak qafasining pastki teshigini berkitadi.

 MUSKULLARNING TUZILIShI

                               Skelet muskullari ko’ndalang targ’il tolalardan tashkil topgan muskul tutamlaridan iborat.

                Muskullarning funksional va struktur birligi - muskul tolasidir. har bir muskul tolasi ikkinchi muskul tolasidan ustini o’rab olgan nozik biriktiruvchi to’qima pardasi - endomizium yordamida ajralib turadi. bir nechta muskul tolalari qo’shilib muskul tutamini hosil qiladi va ustidan tashqi qo’shuvchi to’qima pardasi - perimizium bilan o’raladi. Bir necha muskul tutamlaridan hosil bo’lgan butun muskul esa tashqi perimizium (perimysium externum) bilan o’ralgan bladi.

                Muskul nervga bo’ysinuvchi a’zo hisoblanadi, shuning uchun har  bir muskul ichida harakat va sezuvchi nerv oxirlari bo’lib, ular muskullarni markaziy nerv sistemasi bilan bog’lab turadi. Harakat nervlari markaziy nerv sistemasida hosil bo’lgan qo’zg’alishni muskulga yetkazib beradi, ya’ni impulsni uzatadi, natijada muskul markaziy nerv sistemasining xohishi bilan qisqaradi (harakat analizatorlari). Muskullari ichida joylashgan sezuvchi nerv oxirlari muskuldagi sezgini markaziy nerv sistemasiga yetkazib, unga xabar berib turadi. Bulardan tashqari, muskullar ichida simpatik nerv oxirlari ham bor, shuning uchun tirik organizm muskullari bo’shashgan vaqtda doimo sal qisqargan holatda bo’ladi. Bunga muskul tonusi deyiladi. Odam o’lgandan so’ng muskullarning tonusi yo’qoladi vabo’shashib ketadi. 5-6 soat o’tgach, muskul tarkibidagi oqsil iviydi va qotadi, natijada muskullar ham qay ahvolda turgan bo’lsa, o’sha holda qotib qoladi. Har bir muskulning aktiv qisqaruvchi go’shtdor qismi - tanasi (venter) va ikki uchi, ya’niboshlanish va birikish joylari - pay qismlari (tendo) bo’ladi. Uzun muskullarda bundan tashqari yana bosh (caput) va dum (cauda) ham tafovut qilinadi.

                Muskulning boshlanish va birikish joylaridagi paylari zich biriktiruvchi to’qima - kollagen tolalaridan iborat bo’lib, cho’zilishga xiyla chidamlidir. Yassi  muskullarning (masalan, qorin muskullarining) yupqa yassi payi bo’ladi, bu pay aponevroz deb ataladi. Gavdaning ba’zi yerlarida muskullarni o’ragan fassiyaning joylari ham aponevroz deb ataladi (qo’l-oyoq panjalarining aponevrozlari shular jumlasidandir).

                Muskullar shakliga qarab uzun, qisqa, yassi bo’lishi mumkin. Uzun muskullar aksari qo’l va oyoqlarda joylashgan bo’lib, urchuqsimon ko’rinishga ega. Urchuqsimon muskullarning tanasi (venter), boshlanuvchi qismi (caput) va biriktiruvchi qismi  - dumi (cauda) tafovut etiladi.



Yassi muskullar asosan gavdaning old va orqa tomonlarida bo’ladi. Ba’zi muskullar bir necha joydan bir necha bosh bilan boshlanishi mumkin. Bunday muskullarni ko’p boshli muskullar deyiladi, ular ikki boshli, uch boshli va to’rt boshli bo’lishi mumkin. Muskul tolalari yo’nalishiga qarab to’g’ri, qiyshiq, ko’ndalang va aylanma bo’ladi. Bundan tashqari, bir patli va ko’p patli muskullar tafovut qilinadi.

MUSKULLARNING TURKUMLARIGA BO’LINIShI

                Muskullar joylashgan o’rniga, shakliga, tolalarining yo’nalishiga, lateral yoki medial joylashishiga qarab qator turkumlarga bo’liniadi.

                Shakliga qarab uzun, qisqa yoki serbar muskullar to’rtburchak (m.quadratus), yumaloq (m.teres), deltasmion (m.deltoideus), kambalasimon (m.soleus) muskullar tafovut etiladi. Ba’zi muskullar bir necha boshli bo’lgani uchun ko’p boshli muskullar turkumiga kiradi; ikki boshli (biceps), uch boshli (triceps) va to’rt boshli (quadriceps) muskullar shular jumlasidandir.

                Muskul tolalarining yo’nalishiga qarab to’g’ri (parallel) tolali (m.rectus), tolalari aylanma joylashgan (m.orbicularis), ko’ndalang joylashgan (m.transversus), qiyshiq joylashgan (m.obliquus) muskullar tafovut qilinadi. Yarim payli (m.semitendinosus) va yarim pardali (m.semimembranosus) muskullar esa payi bilan go’shtdor qismining bir-biriga nisbati jihatidan boshqa muskullardan ajralib turadi.

                bajaradigan ishiga qarab muskullar bukuvchi (flexores), yozuvchi (extensores), yaqinlashtiruvchi (adductores), uzoqlashtiruvchi (abductores), aylantiruvchi (rotatoris), ichkariga (pronatores) va tashqariga (supinatorius) buruvchilar turkumlariga bo’linadi.

XUSUSIY MIOLOGIYa

Tananing orqa tomonidagi muskullar

                Orqa muskullari odatda ikki guruhga, chunonchi, yuza muskullar va chuqur muskullar guruhlariga bo’lib o’rganiladi.

                Orqaning yuza muskullari.

                Trapesiyasimon muskul (m.trapezius) -ensa suyagining Linea nuchae superior sohasidan, barcha ko’krak umurtqalarining qirrali o’simtalarida boshlanib, o’mrov suyagining akromial o’sig’i- akromion (spina scapulae) ga yopishadi. Bu muskul orqaning yuqori qismida joylashgan bo’lib, uchburchak shaklida. O’ng va chap tomondagi trapesiyasimon muskullar bilan birgalikda trapesiya shakliga o’xshaydi. Muskulning yuqori tutamlari yuqoridan pastga, o’rta tutamlari ko’ndalang, pastki tutamlari  esa pastdan yuqoriga yo’nalgan.

                Trapesiyasimon muskul yelka kamarini (kurakni va o’mrov suyagini) yuqoriga ko’taradi, ayni vaqtda kurakning pastki burchagini lateral tomonga tortadi, bu hol qo’lni yuqoriga ko’targanda ro’y beradi. Muskulning pastki tutamlari qisqarganda aksincha, kurakni pastga tortadi. Trapesiyasimon muskulning barcha tolalari birdaniga qisqarsa, yelka kamari orqaga tortilib, umurtqa pog’onasiga yaqinlashadi. O’ng va chap trapesiyasimon muskullar barobar qisqarsa, kuraklar bir-biriga yaqinlashadi.

                Trapesiyasimon muskul: n. accessorius va C III - C IV vositasida boshqariladi hamda a.transversa colli, a occipitalis,-a.a.intarcostales posteriores lar vositasida qon bilan ta’minlanadi.

                Orqaning serbar muskul - Latissimus dorsi pastki to’rtta ko’krak umurtqasining, barcha bel va dumg’aza umurtqalarining qirrali o’siqlaridan, yonbosh suyagining tashqi qirrasidan va pastki to’rtta qovurg’aning burchagidan boshlanib, yelka suyagi (crista tuberculi minores humeri) ga yopishadi. Orqaning serbar muskuli orqa tomonda, pastroqda joylashgan bo’lib, trapesiyasimon muskul kabi terining ostida yotadi. Muskulning tolalari pastdan yuqoriga va lateral tomonga yo’nalgan bo’lib, yuqori cheti bilan kurakning pastki burchagiga taqalib turadi. orqa serbar muskulining yuqori qismi trapesiyasimon muskulning pastki qismi bilan yopilib turadi.

                Orqaning serbar muskuli boshlangan joyda rombsimon shaklga ega bo’lgan keng pay (fascia thoracolumbalis) bor. Muskulning pastki to’rtta qovurg’adan boshlanuvchi tishlari qorinning tashqi qiyshiq muskulining shu sohadan boshlanuvchi tishlari bilan navbatlashib boshlanadi.

                Orqaning serbar muskuli qisqarganda qo’lni orqaga va pastga tortadi (masalan, shimning orqa cho’ntagidan biron narsani olish imkonini beradi). Agar qo’lni qimirlatmay turib, bu muskulni qisqartirilsa, ko’krak qafasini kengaytiradi. Bu muskul chang’ida yuruvchilarda, eshkak eshuvchilarda va turnikda mashq qiluvchilarda yaxshi rivojlangan bo’ladi.

                Orqaning serbar muskuli n.tharacodorsalis bilan innervasiya qilinadi va a.tharacodorsalis, a.circumflexa humeri posterior, a.a.intercostales posteriores lar vositasida qon bilan ta’minlanadi.

                Rombsimon muskullar (m.rhomboideus major et minor). Pastki ikkita bo’yin va yuqorigi to’rtta ko’krak umurtqalarining qirrali o’siqlaridan boshlanib, kurakning medial chetiga yopishadi.

                Rombsimon muskullar qisqarsa, kurakni umurtqa pog’onasiga yaqinlashtiradi va yuqoriga tortadi, shuning uchun ham bu muskullar orqaning serbar muskuliga sinergist, m.serratus anterior ga nisbatan esa antagonist hisoblanadi.

                Bu muskul n.dorsalis scapulae bilan innervasiya qilinadi; a.transversa colli qon bilan ta’minlaydi.

               



TANANING OLD TOMONIDAGI MUSKULLAR

                Tananing old tomonidagi muskullaraga ko’krak va qorin muskullari kiradi.

                odam gavdasi vertikal holatda bo’lgani tufayli tepaning ventral (old) tomonidagi muskullari yaxshiroq takomil etgan.

                Tananing old tomonidagi muskullarga bo’yinda til osti suyagi birikuvchi muskullar, shotisimon muskullar va umurtqa oldi muskullari, ko’krakda - qovurg’alararo muskullar, ko’krakning ko’ndalang muskullari va diafragma, qorin qismida esa qorinning qiyshiq, ko’ndalang va to’g’ri muskullari kiradi.

 

KO’KRAK MUSKULLARI

                Ko’krak muskullarini asosan ikki gruppaga bo’lish mumkin. Birinchi gruppaga ko’krakning serbar muskullari kirib, ular asosan ko’krak qafasidan boshlanib, yelka kamari suyaklariga yopishadi ikkinchi gruppaga ko’krak qafasining autoxton (o’ziga xos) muskul kiradi, binobarin, bu muskullar ko’krak qafasi sohasidan boshlab shu  yerning o’ziga yopishadi.



KO’KRAK QAFASIDAN BOSHLANIB YELKA KAMARI VA YELKA SUYAKLARIGA YOPISHUVCHI MUSKULLAR

                Ko’krakning katta muskuli (m.pectoralis major) - o’mrov suyagining medial yarmidan, to’sh suyagining old sathidan, I VII qovurg’alarning tog’ay qismidan, qorin to’g’ri muskuli qinining devoridan boshlanib, Crista tuberculi majoris humeri ga yopishadi muskulning yuqori lateral cheti deltasimon muskulning old pasti cheti bilan yopilgan bo’lib, bu yerda aniq ariqcha - sulcus deltoideoperalis ni holil qiladi.

                Bu muskul qo’lni gavdaga yaqinlashtiradi va ichkariga buradi. O’mrov suyagidan boshlanuvchi yuqori tutamlari qo’lni old tomonga ko’taradi. Agar qo’l qimirlamay tursa, qovurg’alarni ko’taradi va nafas olish ishtirok etadi.

                Ko’krakning katta muskuli n.n.pectorales lateralis et medialis vositasida innervasiya qilinadi hamda a.thoracoacromialis a.thoracoaca lateralis lar vositasida qon bilan ta’minlanadi.

                Ko’krakning kichik muskuli (m.pectoralis minor) -I-V qovurg’alardan boshlanib, kurakning tumshuqsimon o’sig’iga yopishadi. Bu muskul ko’krakning katta muskuli ostida yotadi va undan ancha kichik. Bu muskul qisqarsa, kurakni oldinga va pastga tortadi. Qimirlaymay turganda qisqarsa, ko’krak qafasini ko’tarib, nafas olishda ishtirok etadi.

                Innervasiyasi va qon bilan ta’minlanishi ko’krakning katta muskuli bilan bir xil.

               

KO’KRAK QAFASINING AUTOXTON MUSKULLARI

                Tashqi qovurg’alararo muskullar (m.intercostales externi) - yuqoridagi qovurg’aning tashqi pastki chetidan boshlanib pastdagi qovurg’aning yuqori chetiga yopishadi. Tashqi qovurg’alararo muskullarining tolalari yuqoridan pastga va orqadan oldinga yo’nalgan bo’lib, qovurg’aning suyak qismida (umurtqadan to tog’ay qismigacha) muskul tolalaridan iborat bo’lsa, tog’ay qismida fibroz to’qimadan tuzilganki, membrana intercostalis externi deb ana shunga aytiladi.

                Ichki qovurg’alararo muskullar m.interocostales interni pastki qovurg’aning ustki chetidan boshlanib, ustki qovurg’aning ostki chetining ichkari labiga yopishadi. Ichki qovurg’alararo muskullar yuqoridagi muskulning ostida joylashgan bo’lib, unga nisbatan muskul tolalari teskari, ya’ni pastdan yuqoriga va oldindan orqaga yo’nalgan. Bu muskullarning tashqi qovurg’alararo muskuldan yana bitta farqi shundanki, uning tolalari qovurg’alarning tog’ay qismlari orasida ham davom etadi. Qovurg’alarning tog’ay qismlari orasida tortilgan qismi membrana interni deyiladi. M.m.intercostales interni orqa tomonda faqat qovurg’aning burchaklarigacha davom etadi xolos. Qovurg’a burchagidan qovurg’a boshigacha bu muskul o’rnida membrana intercostalis interni bor.

                Bu muskullar n.n.intercostales orqali innervasiya qilinib, a.a.intercostales, a.thoracica interna lar orqali qon bilan ta’minlanadi.

                Qovurg’a osti muskullari - m subcostales juda nozik muskul tolalaridan tashkil topgan bo’lib, pastki qovurg’alar umurtqaga qaragan uchlarining ichki tomoniga joylashgan. qovurg’a osti muskulining boshlanishi, yopishishi va tolalarining yo’nalishi ichki qovurg’alararo muskullardagiga o’xshaydi. Lekin qovurg’a osti muskuli pastki qovurg’alarning ustki chetidan boshlanib, yuqori qovurg’alarning pastki chetiga 1-2 ta qovurg’a tashlab birikadi.


Yüklə 32,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin