MIMIKA MUSKULLARI
Mimika muskullarining o’zi bosh mimika muskullari va yuz mimika muskullariga bo’linadi.
Boshning mimika muskullari.
Ensa-peshona muskuli (m. occipitofontalis). Bu muskul serbar va yupqa bo’lib, pishiq fibroz plastinkadan iborat qismi kallani ust tomondan yopib yotadi. Ensa-peshona muskulining go’shtdor qismi ensada va peshonada joylashgan bo’lib, fibroz payi kallaning tepasida joylashgan. Galea apaneurotica deb shunga aytiladi, u pishiq fibroz plastinkaga o’xshaydi, chakkaga tomon yupqalasha boradi. Ensa-peshona muskuli teriga mustahkam yopishgan bo’lib, suyak usti pardasiga bo’sh birikkan. Shuning uchun ham muskulning go’shtdor qismlari qisqarganda bosh terisi (soch) oldinga va orqaga tortiladi. Ayni vaqtda Gala apaneurotica osh terisi bilan birga kalla suyagi ustida sirg’aladi. Ensa - peshona muskulining orqa go’shtdor qismi venter occipitalis - linea nuchae superior dan boshlanib, kalla tepasi (gala apaneurotica) ga o’tib ketadi va aponevrozni orqaga tortadi. Old qismi (venter frontalis) qosh terisidan boshlanib, gala aponeurotica ga o’tib ketadi. shuning uchun ham old qismi qisqarsa, qoshni ko’tradi.
Dostları ilə paylaş: |