BO’YINNING ChUQUR MUSKULLARI
Yon tomondagi qovurg’alarga birikuvchi muskullar narvon muskullar.
Old narvon muskuli (m. scalenus anterior L.) III-IV bo’yin umurtqalari ko’ndalng o’siqlarining o do’mboqchalaridan boshlnib, I qovurg’aning shu nomli do’mbog’i yopishadi.
O’rtadagi narvon muskul (m. scalenus media) barcha (yoki pastki olti) bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’siqlardan boshlanib, I qovurg’aning orqasiga yopishadi. Bu muskul narvon muskullari ichida eng baquvvati bo’lib, yuqoridagi muskulning orqasiga joylashgan.
Orqadagi narvon muskul (m. scalenus posterior) V-VI bo’yin umurtqalari ko’ndalang o’siqlarining orqa do’mboqchalaridan boshlanib, II qovurg’aning tashqi yuzasiga yopishadi.
Narvon muskullar I-II qovurg’alarni ko’taradi. Agar qovurg’alar qimirlamay tursa, umurtqa pog’onasining bo’yin bo’limini yon tomonga bukadi. Narvon muskullar ikkala tomondan baravar qisqarsa umurtqa pog’onasining bo’yin qismini oldinga qarab bukadi.
Bu muskul CIII-CV nervlar vositasida boshqariladi va a. cervicalis ascendens, a. thyreoidea inferior dan qon bilan ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: |