Kambalasimon muskul (m. soleus) - kichik boldir suyagining boshchasidan, katta boldir suyagining yuqori uchdan bir qismining orqa yuzasidan boshlanib, boldir muskuli payi bilan birga tovon suyagi do’mbog’iga yopishadi. Bu yapaloq baquvvat muskul bo’lib, shakli kambala (zog’ora) balig’iga o’xshaydi. Boldir muskulining ostida shu muskul bilan yopilib turadi, old tomonda esa chukur qavat muskullariga taqalib turadi.
Bu muskul oyoq panjasini bukadi, tashqariga buradi. U boldir muskuli bilan qo’shilib, yagona uch boshli muskul (m. triceps surae) ni hosil qiladi.