8-ma’ruza Mavzu: O‘quv jarayonini tashkil etishning asosiy shakllari Reja: 1



Yüklə 38,91 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix05.12.2023
ölçüsü38,91 Kb.
#173135
8-ma\'ruza



8-ma’ruza 
Mavzu: O‘quv jarayonini tashkil etishning asosiy shakllari 
Reja:
1.
 
O‘quv jarayonini tashkillashtirish va o‘qitish shakllarining tushunchalari. 
2. O‘qitish shaklining genezisi.
Ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalarning ijobiy hal etilishi 
mashg‘ulot (ta’lim jarayoni) mazmuni, ta’lim shakli, metodlari hamda vositalarining 
samaradorligiga bog‘liq bо‘ladi. Ta’lim shakli, metodlari va vositalari talabalarni 
(о‘quvchilarni) ma’naviy jihatdan tarbiyalash, ularda chuqur bilim va dunyoqarashni 
shakllantirishga xizmat qiladi. 
Ta’lim shakli о‘qituvchi va о‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan 
maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan faoliyatlarining tashqi 
ifodasidir. 
Qadim zamonlardanoq jamiyatning yetuk kishilari о‘qitish ishini tashkil 
qilishning ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlarigajavob beradigan shakllarini topishga 
uringanlar. Hozirgi vaqtda Respublika ta’lim muassasalarida о‘qitishning quyidagi 
shakllaridan foydalanilmoqda
. (SH. Umarov. «Uzluksiz ta’lim, fan va ishlab 
chiqarishning integratsiyalashuvi». T., 2005. (B.M.I.)) 
О‘qitishni tashkil etish shaklining paydo bо‘lishi insoniyat jamiyatining 
rivojlanishi bilan birga amalga oshgan. О‘quv jarayonini tashkil etishning eng 
qadimiy shakli - balki yakkalashtirilgan о‘qitish bо‘lsa kerak. О‘qitishning keyingi 
bosqichi - yakkalashtirilgan-guruhiy о‘qitish usuli bо‘lgan. XVII asr boshlarida 
о‘quv jarayonini tashkil etishning bunday shakli jamiyat talabiga javob bera olmay 
qolgan va guruhiy о‘qitishning dastlabki kurtaklari paydo bо‘lib, keyinchalik ular 
sinf-dars tizimining asosi bо‘lib xizmat qilgan. Odatda, sinf- dars tizimini ishlab 
chiqish va joriy qilinishini mashhur didakt Y.A. Komenskiy nomi bilan bog‘laydilar. 
О‘qitishni tashkil etishning bunday shakliga quyidagilar xosdir: 


• 
mashg‘ulotning asosiy birligi darsdan iborat; 
• 
sinfda о‘quvchilar yoshlariga kо‘ra birlashtiradilar; 
• 
maktabda о‘qitishning davri; 
• 
mashg‘ulotlar barcha uchun majburiy; 
• 
tо‘liq yil uchun mashg‘ulot, tanaffus va ta’til jadvallari mavjud; 
• 
sinfdagi barcha о‘quvchilarning ishini yagona reja asosida, bir mavzu 
bо‘yicha amalga oshiriladi; 
• 
о‘quv jarayoniga о‘qituvchi rahbarlik qiladi. 
Interfaol dars bosqichlari. Interfaol darsning vaqtlar bо‘yicha bosqichlari 
(taxminiy tuzilishi) quyidagicha bо‘lishi mumkin: 
1-bosqich. Motivatsiya va yangi mavzuni e’lon qilish - dars umumiy 
davomiyligining 10 foizi; 
2-bosqich. Avvalgi darsda о‘tilgan materiallarni mustahkamlash (takrorlash) 
- dars umumiy davomiyligining 20 foizi; 
3-bosqich. Yangi materialni о‘rganish - dars umumiy davomiyligining 50 
foizi;
4-bosqich. Boholash - dars umumiy davomiyligining 10 foizi; 
5-bosqich. Darsga yakun yasash (debrifing
1
, refleksiya
2
) - dars umumiy 
davomiyligining 10 foizi. 
Albatta, ushbu dars tuzilishidagi vaqtlar taqsimotini shartli qabul qilish 
mumkin. Darsning о‘ziga xos xususiyatlari (mavzu, foydalinalaëtgan metod, 
qо‘llanilaëtgan texnologiya, о‘qitish davri, darsning turi va boshqalar)ga va 
о‘qituvchining ixtiëriga kо‘ra, u ëki bu bosqich vaqtlari qisqarishi ëki uzayishi 
mumkin. Lekin, darsda yuqoridagi bosqichlarining barchasini foydalanish 
maqsadga muvofiq bо‘ladi. 
Interfaol darsning sifatiy bosqichlari. 
1
Debrifing –tajribada qatnashayotgan subyektga tajriba maqsadlarini ma’lum qilish va agar, 
zarurarat bо‘lsa, yolg‘on yoki tadqiqotga zarar keltiradigan elementlarni qо‘llamasliklari haqida 
axborot. 
2
(lot. reflexio — orqaga murojaat) - inson diqqatini о‘ziga va о‘zining shaxsiy faolligiga 
qaratish, shuningdek ularni qandaydir qayta tushunish. 


Motivatsiya – darsning boshlang‘ich bosqichi bо‘lib, о‘quvchilarni diqqatini 
о‘rganilaëtgan materialga qaratish, ularni qiziqtirish, materialni zarurligi va 
foydaligini kо‘rsatishga mо‘ljallangan. О‘quv materialarini о‘quvchilar tomonidan 
о‘zlashtirish samaradorligi kо‘p jihatdan motivatsiyaga bog‘liq. 
Mustahkamlash – materialni о‘quvchilar tomonidan nafaqat butunlay 
о‘zlashtirish va qiziqtirishni kо‘taradigan, balki ularning ongida ushbu predmetda 
qо‘llanilaëtgan bilim va metodlarning ketma-ket mantiqiy tuzilishini 
shakllantiradigan darsning muhim bosqichidir. 
Yangi materialni о‘rganish – darsning bosh maqsadli bosqichi bо‘lib, unda 
о‘quvchilar yangi bilimlar oladilar. Ushbu bosqichda asosiy e’tiborni о‘quvchilar 
bajarish mobaynida zaruriy bilim, kо‘nikma va malaka olishlariga imkon beradigan 
vazifalar tanlanishiga qaratish kerak. Vazifalarni tanlashda bundan 3500 yil avval 
buyuk Xitoy mutaffakiri Konfutsiy tomonidan aytilgan «Eshitaman va esdan 
chiqaraman, kо‘raman va xotiraga olaman, bajaraman va tushunaman» degan dono 
gaplarini ëdda tutmoqlik lozim. 
Baholash – о‘quvchilarni bilim olishlarini rag‘batlantiradigan darsning 
muhim bosqichidir. Baholash egiluvchan, ochiq, xolis va haqqoniy bо‘lgandagina, 
rag‘batlantiruvchi bо‘lishi mumkin, aks holda, о‘quvchilarni о‘rganayotgan fanidan 
bezishlari va unga qiziqishlarini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun, darsning 
ushbu bosqichida ehtiëtkorona ish tutilishi lozim. 
Bu bosqichda jamoaviy, о‘z-о‘zini, guruhlardagi va sh.k. baholashlarni 
qо‘llash maqsadga muvofiq. Interfaol darslarda – ballarni tо‘plash va jamoaviy 
baholash yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin. 
Debrifing – darsga yakun yasash. Darsning yakuniy bosqichida darsda 
о‘tilgan materiallardan о‘quvchilarga nimalari ma’qul bо‘lgani, nimalar 
ëqmaganligi sо‘raladi va mos takliflar yig‘iladi, о‘tilgan materiallar 
umumlashtiriladi hamda kundalik turmush bilan bog‘lanadi, bu bilan о‘quvchilarni 
keyingi materiallarni mustaqil ravishda chuqurroq о‘rganishga yо‘naltiriladi. 


XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Y. A. 
Komenskiy (1592—1670) tarixda birinchi bо‘lib maktab ta’limida sinf — dars 
tizimini yaratdi. 
Y. A. Komenskiyning ta’limni tashkil qilish haqidagi qarashlari bir kator 
jiddiy qarshiliklarga uchragan bо‘lsa ham g’arb mamlakatlariga juda tez tarqaldi va 
ta’limni tashkil qilishning birdan-bir shakli deb e’tirof etildi. 
Sinf — yoshi va bilimi jihatdan bir xil bо‘lgan ma’lum miqdordagi 
о‘quvchilar guruhidir. 
Dars deb bevosita о‘qituvchining rahbarligida muayyan о‘quvchilar guruhi 
bilan olib boriladigan ta’lim mashg’ulotiga aytiladi. 
Dars — о‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir. Dars — о‘quv 
ishlarining markaziy qismidir. 
Maktablarimiz bosib о‘tgan tarixiy davr ichida ta’limni tashkil qilish 
shakllari о‘zgardi, rivojlandi. Hozir maktablarimizda qо‘llanilayotgan sinf — dars 
tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi: 
1. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga kо‘ra bir hil darajadagi bolalarning 
doimiy guruhiga ega bо‘ladi. 
2. Dars mashg’uloti asosan 45 minutga mо‘ljallangan bо‘lib, qat’iy jadval 
orqali olib boriladi. 
3. Dars bevosita о‘qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib 
boriladi. 
4. Dars о‘tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma-xil usul bilan 
olib boriladi, ta’lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va 
navbatdagi bilimlarni о‘zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi. 
Ayni paytda, maktablarimizda ta’limni tashkil qilish shakllari ikki turda olib 
borilmoqda. 
1. Sinf— dars shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar. 
2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar. 
Sinf—dars shaklida olib boriladigan mashg’ulot о‘qituvchining kundalik 
о‘quv materialini tizimli bayon qilib berishni, xilma-xil usullardan foydalanishini, 


о‘quvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarini izchillik bilan xisobga olib 
borishni, о‘quvchilarni mustaqil ishlashga о‘rgatishni о‘z ichiga oladi. 
Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar sinf 
sharoitidan tashqarida, о‘quv ustaxonasi, tajriba yer uchastkalarida ekskursiyalar 
о‘tkazish yо‘li bilan olib boriladi. 
Hozirgi zamon didaktikasi kо‘p yillar davomida tо‘plangan о‘qitish 
qoidalari, fan yutuqlari va ilg’or tajribalar asosida boyib bormokda deyishga asos 
bor. Ammo о‘quv jarayonining xamma qismlarini о‘qitishni tashkil qilishning 
mazmuni, usullari, vositalari va shakllari bilan munosabatlari yaxshi ochib 
berilmagan. Bularning hammasi didaktik qoidalardan amalda foydalanishni 
qiyinlashtiradi. Maktab oldida turgan yangi vazifalar va extiyojlar о‘quvchilarga 
beriladigan ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va yuqori 
bosqichga kо‘tarishni talab qiladi. 
О‘qituvchi о‘zining aniq sharoitlari va imkoniyatlariga kо‘p mos keladigan 
о‘quv jarayonini ongli ravishda tanlab olishi foydadan holi emas. Bu ish darsning 
muhim tomonlarini tanlashdagi tavakkalchilikka, bilim, kо‘nikma va malakalarni 
о‘zlashtirish jarayonini boshqarishga qandaydir tasodifiy yondashishga yо‘l 
qо‘ymaydi. 
Darsga qo’yiladigan talablar 
Dars, yuqorida aytib о‘tilganidek, о‘qitishni tashkil etishning о‘zgarmas 
shakli emas. О‘quv amaliyoti va pedagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish 
yо‘llarini izlaydi. Bu sohada turli xil kо‘rik-tanlovlar, jumxuriyat miqyosida 
о‘tkazilayotgan pedagogik о‘qishlarda о‘rtaga qо‘yilayotgan ilgor о‘qituvchilarning 
fikr va muloxazalari diqqatga sazovordir. 
Turli-tuman fikr va muloxazalarni xisobga olgan holda dars quyidagi 
umumiy didaktik talablarga javob berishi lozim: 
1. Har bir dars ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va 
puxta rejalashtirilgan bо‘lmogi lozim. 


2. Har bir dars mustahkam g’oyaviy-siyosiy yо‘nalishga ega bо‘lmog’i 
lozim. 
3. Har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog’langan bо‘lmogi lozim. 
4. Har bir dars xilma-xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan 
holda olib borilmog’i lozim. 
5. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejab, undan unumli 
foydalanmoq lozim. 
6. Har bir dars о‘qituvchi va о‘quvchilarning faolligi birligini 
ta’minlamog’i lozim. 
7. Darsda о‘quv materiallarining mazmuniga oid kо‘rsatmali qurollar, 
texnika vositalari va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim. 
8. Dars mashg’ulotini butun sinf bilan yoppasiga olib borish bilan har 
qaysi о‘quvchining individual xususiyatlari, ularning mustaqilligini oshirish xisobga 
olinadi. 
9. Har bir darsda mavzuning xarakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy 
pedagogik merosiga murojaat qilish va undan foydalanmoq imkoniyatini izlamoq 
lozim. 

Yüklə 38,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin