8-ma’ruza. Sinxron motorlar xarakteristikalari reja


Sinxron motorning ish xarakteristikalari



Yüklə 194,75 Kb.
səhifə4/4
tarix08.10.2022
ölçüsü194,75 Kb.
#64716
1   2   3   4
м8

Sinxron motorning ish xarakteristikalari
Ut = const, ft = const va Iqo’z= const bo‘lganda sinxron motorning o’qidagi foydali moment M2, elektr tarmog‘idan iste’mol qiladigan quvvati P1, stator chulg‘amining toki I1, FIK  va quvvat koeffitsienti cos larning motor o’qidagi foydali quvvatga bog‘liq holda o‘zgarishi, ya’ni M2, P1, I1, , sosf (P2) bog‘liqlikka sinxron motorning ish xarakteristikalari deyiladi. Bu xarakteristikalar o’qdagi yuk P2 ni noldan nominalgacha o‘zgartirib tekshiriladi (-rasm).
Motorning aylanish chastotasi n stator chulg‘amidagi tok chastotasi o‘zgarmas bo‘lganda n  n1= 60f1/p = const bo‘lgani uchun n  f (P2) bog‘liqlik absissalar o‘qiga parallel bo‘lgan to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishga ega bo‘ladi. P1 f (P2) bog‘lanish yuqoriga bir oz egilgan ko‘rinishda bo‘ladi, chunki P1 quvvat yakor tokining kvadrati (I21) ga mutanosib bo‘ladi. I1 f (P2) bog‘lanish P1 ning oshishi bilan o‘sadi, chunki I1 P1/(mU1cos).
FIK ning yuklamaga nisbatan o‘zgarishi  f(P2) hamma elektr mashinalari uchun umumiy xarakterga ega, ya’ni sinxron motorning o‘zgaruvchan va o‘zgarmas isroflari teng bo‘lganda FIK maksimal qiymatga erishadi. Bu qiymatdan chap tomonida magnit isroflari elektr isroflardan katta bo‘lib, o‘ng tomonida esa stator chulg‘amidagi elektr isroflar magnit isroflardan ko‘p bo‘ladi.
Sinxron motorlarning asinxron motorlarga nisbatan afzalliklari va kamchiliklariga quyidagilar kiradi.

14.5-rasm. Sinxron motorning ish xarakteristikalari.
Afzalliklari: Sinxron motorning cos = I da ishlay olishi tarmoqning quvvat koeffitsientini yaxshilaydi; motorning o‘lchamlari kichiklashadi, chunki sinxron motorning toki shunday quvvatli asinxron motornikiga nisbatan kamligi motorning o‘lchamlarini qisqartirishga imkon yaratadi; sinxron motor maksimal momentining kuchlanishga to‘g‘ri mutanosibligi tufayli mazkur motor kuchlanishning o‘zgarishini kam sezadi; o’qdagi yuklamaning me’yoriy qiymatlarida qanday bo‘lishidan qat’iy nazar sinxron motorning aylanish chastotasi o‘zgarmas bo‘ladi.
Kamchiliklari: konstruksiyasining murakkabligi; ishga tushirishning va aylanish chastotasini rostlashning murakkabligi; qo‘zg‘atish chulg‘amini o‘zgarmas tok bilan ta’minlash uchun qo‘zg‘atgich yoki boshqa qurilmalarning talab etilishi; asinxron motorga nisbatan narxining qimmatligi; cho‘tka-halqa qismining mavjudligi tufayli ishonchlilikning nisbatan kamligi ularning kamchiliklari hisoblanadi.
Nazorat savollari:
1. Uch fazali sinxron motor tuzilishini tushuntiring?
2. Uch fazali sinxron motor ishlashini tushuntiring?
3. Sinxron motorlarni ishga tushirishning qanday usullаrini bilasiz?
4.Sinxron motorning V-shakldagi xarakteristikalarini tushuntiring?
5. Sinxron motor ish xarakteristikalarini tushuntiring?



11 Syed A. Nasar, Electric machines and electromechanics, USA 1998 (157-160)

Yüklə 194,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin