8 Ma'ruza. Tarmoq bog'lanishlari: “Kliyent- server” dasturlash modeli. Reja



Yüklə 229,71 Kb.
səhifə6/9
tarix20.11.2023
ölçüsü229,71 Kb.
#162412
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kanallarni kommutasiyalash usuli
Kommutasiyalanadigan telefon tarmoqlarini qisqacha ko'rib chiqamiz. Bu Internetda an'anaviy kanallarni kommutasiyalash emas, balki paketlarni kommutasiyalash ishlatiladigan sabablarni yaxshi tushunishga yordam beradi.
3-rasmda kanallar kommutasiyalanadigan tarmoqning tuzilmasi keltirilgan. Bu tarmoqda to'rtta kommutatorlar o'zaro aloqa liniyalari orqali ulangan. Liniyalardan har biri bir vaqtda n ta aloqa kanallarini qo'llay oladi. Xostlar (personal kompyuterlar, ishchi stantsiyalar va h.k.) kommutatorlardan biri bilan to'g'ridan-to'g'ri ulangan. Xostlar juftligi orasiga ajratilgan to'g'ri bog'lanish (bir vaqt ko'plab abonentlarning muloqot qilishiga imkon beradigan "konferentsiya" bog'lanishi, bunday tarmoqlarda ham mumkin, lekin biz ularni ko'rib chiqmaymiz) o'rnatiladi. Shunday qilib, A xost V xostga paketlarni uzatish imkoniyatiga ega bo'lishi uchun A va V xostlarni bog'laydigan ikkita aloqa liniyalaridan har birida bitta chastotalar polosasini zahiralashtirish zarur bo'ladi. Modomiki, har ir aloqa liniyasi bir vaqtda n ta aloqa kanallarini qo'llay olar ekan, aloqa kanali polosasining kengligi aloqa liniyasi o'tkazish polosasining 1/p qismini tashkil etadi.




Xost


3-rasm. To'rtta kommutatorlar va to'rtta aloqa liniyalaridan tashkil topgan oddiy kanallar kommutasiyalanadigan tarmoq.

Kanallar kommutasiyalanadigan tarmoqlarda multiplekslash


Aloqa liniyasidagi har bir aloqa kanali chastota yoki vaqt bo'yicha ajratish yordamida tashkil etiladi. Birinchi holda har bir aloqa kanaliga butun aloqa seansi vaqtida mobaynida o'zgarmaydigan ma'lum chastotalar polosasi ajratiladi. Masalan, telefon tarmoqlari uchun namunaviy o'tkazish polosasi kengligi 4 kgs hisoblanadi.FM-rejimda ishlaydigan radiostantsiya ham chastotaviy ajratishni ishlatadi.
Hozirgi vaqtda telefoniyada kcha kanallarni chastota bo'yicha ajratishni kVA kanallarni vaqt bo'yicha ajratishga almashtirilishi an'anasi kuzatilmoqda, ko'plab texnologik rivojlangan tarmoqlar hozirda kVA printsipini ishlatmoqda. Kvaning mazmuni shundan iboratki, vaqt kadrlar deyiladigan teng oraliqlarga bo'linadi, har bir kadr qayd etilgan slotlar soniga bo'linadi. Aloqa kanalini ajratish abonentlar juftligiga har bir kadrdagi bitta vaqt slotini biriktirilishidan ibora. Bu slotning ichida abonentlar orasida aloqa liniyasi bo'yicha paketlarni tanho uzatish bo'lib o'tadi.
4-rasmda chastota va vaqt bo'yicha ajratish hollari uchun to'rtta kanalni qo'llaydigan aloqa liniyasining ishlashi sxemasi tasvirlangan. Chastota bo'yicha ajratishda aloqa liniyasining o'tkazish polosasi 4 ta 4 kgsdan teng dipazonlarga bo'linadi. Vaqt bo'yicha ajratishda vaqt kadrlarga bo'linadi, ulardan har biri 4 tadan slotga ega bo'ladi, har bir aloqa kanaliga bu sotlardan biri birikirilgan. Vaqt bo'yicha ajratish uchun uzatish tezligi kadrlarning kelishi chastotasi va har bir slotning ichidagi bitlar soni ko'paytmasiga teng bo'ladi. Masalan, agar kadrlarning kelishi chastotasi sekundiga 8000 kadrlarni tashkil etsa, slot esa 8 bitni o'z ichiga olsa, u holda aloqa kanali bo'yicha uzatish tezligi 64Kbit/sni tashkil etadi.
Paketlar kommutasiyalanadigan texnologiyaning tarafdorlari doimo ajratilgan aloqa kanallarini turib qolish davrlarida bsho'shitish mumkin emasligidan iborat bo'lgan kanallar kommutasiyalanadigan tarmoqlarning jiddiy kamchiligiga e'tibor qaratishdi. Masalan, agar telefon so'zlashuvi vaqtida so'zlashuvchilar jim bo'lsa (ma'lumotlarni uzatmasa), u holda ular uchun ajratilgan kanalni "tortib olish" va boshqa bog'lanishlar uchun ishlatish mumkin emas. Radiologni tasavvur qiling, unga rentgen su'ratlariga olisdan qarash zarur bo'ladi. Agar bu qarash kanallarni kommutasiyalash yordamida amalga oshirilsa, u holda raiolog dastlab bog'lanishni o'rnatadi, su'ratni oladi, uni ko'rib chiqadi, keyin esa yangi su'ratni so'raydi. U su'ratlarni o'rganish bilan shug'ullangan barcha vaqt davrlari aloqa kanali bo'yicha ma'lumotlarni uzatish nuqtai nazaridan turib qolishlar hisoblanadi.
Kanallarni kommutasiyalash etarlicha asoslangan tanqidni keltirib chiqaradigan boshqa sabab kommutasiyalarni boshqarish va aloqa kanallariga




4-rasm. KCHada aloqa kanali o'z chastotalar polosasini uzluksiz ishlatadi, KVada esa unga ajratilgan vaqt slotlarida butun AL o'tkazish polosasini ishlatadi.


Chastotalar polosalarini ajratish uchun murakkab signallar qurilmalarining zarurati hisoblanadi.Kanallar kommutasiyalanadigan tarmoqlar haqida so'zlashini tugatishda oldin bu texnologiyaning ma'nosini yaqqol ko'rsatadigan sonli misolni ko'rib chiqamiz. Bizga 640000 bit o'lchamli faylni A xostdan V xostga kanallarni kommutasiyalash usuli orqali uzatish zarur bo'lsin. Uzatish qancha vaqtni oladi? Tarmoqdagi barcha liniyalar soni bir xil, vaqt bo'yicha ajratish printsipini ishlatadi, bunda kadrning slotlari soni 24 ga teng, liniya bo'yicha uzatish tezligi 1,536 Mbit/sni tashkil etadi deb olamiz. Shuningdek A xostning tarmoq bilan bog'lanishni o'rnatishiga vaqt sarflarini 0,5 sekundga teng olamiz. Demak, aloqa liniyasining tezligi barcha aloqa kanallari orasida teng "taqsimlanishi" bois, aloqa kanali bo'yicha uzatish tezligi (1,536 Mbit/s) / 24 = 64Kbit/sni tashkil etadi. Endi biz aloqa kanali bo'yicha faylni uzatilishi vaqtini hisoblashimiz mumkin: 640000bit / (64Kbit/s) = 10S. A xostning tarmoq bilan bog'lanishni o'rnatishiga vaqt sarflarini hisobga olish bilan faylni uzatilishi to'liq vaqtini olamiz: 10S + 0,5 s = 10,5 s. Birinchi yaqinlashida uzatish vaqti aloqa liniyalarining soniga bog'liq bo'lmaydi. Uni ham bitta liniya, ham 100 ta liniyalar hollarida 10 sekundga teng hisoblash mumkin.





Yüklə 229,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin