8 Ma'ruza. Tarmoq bog'lanishlari: “Kliyent- server” dasturlash modeli. Reja


"Klient - server" dasturlash modeli



Yüklə 229,71 Kb.
səhifə8/9
tarix20.11.2023
ölçüsü229,71 Kb.
#162412
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3."Klient - server" dasturlash modeli.
MBni boshqarish turli kompyuterlar tomonidan amalga oshirilganligi sababli, sezilarli darajada ma'lumotlarga murojaat qilish nazoratini tashkil etish hamda ma'lumotlar bazasi butunligi va xavfsizligini ta'minlash qiyinlashadi.

5-rasm. "Klient-server" dasturlash arxitekturasi.


Masofaviy MB tarmoqning server kompyuterida, ma'lumotlar bazasi bilan ishlovchi dastur esa foydalanuvchi kompyuterida joylashadi. Ushbu holatda axborot tizimi ma'lumotlar bazasi server va klient qismlariga bo'lingan "klient-server" arxitekturasi bilan ishlashga to'g'ri keladi. Server kompyuteri klientdan alohida joylashgan bo'lganligi uchun uni masofaviy server ham deb atashadi.
Klient – bu foydalanuvchi dasturidir. Ma'lumotlar olish uchun klient dasturi so'rovlar shakllantiradi va MB joylashgan masofaviy server jo'natadi. So'rov ma'lumotlarning relyasion modelidan foydalanishda serverga murojat qilishning standart vositasi bo'lgan SQL tiliga shakllantiriladi. So'rov server kompyuteri tomonidan qabul qilingandan so'ng, MB boshqaruvchi, so'rovlarni bajaruvchi va klientga so'rov natijalarini uzatuvchi maxsus dastur bo'lmish SQL serverga (ma'lumotlar bazasi serveri) uzatiladi.
Shunday qilib, "klient-server" arxitekturasida klient ma'lumotlarni taqdim etish uchun so'rov jo'natadi va haqiqatan talab qilingan ma'lumotlarning o'zinigina qabul qilib oladi. So'rovlarning barcha qayta ishlashlari masofaviy serverda bajariladi.
Ushbu arxitektura quyidagi afzalliklarga ega:
"Klient-server" arxitekturasida faqatgina talab qilingan ma'lumotlarning aylanishi natijasida tarmoq yuklamasi pasayadi;
Barcha so'rovlarning serverda joylashgan yagona dastur yordamida qayta ishlanishi hisobiga ma'lumotlarning xavfsizligi oshadi. Server barcha foydalanuvchilar uchun bir umumiy bo'lgan MB dan foydalanish qoidalarini o'rnatadi, klientlarning ma'lumotlarga murojat qilish rejimlarini boshqaradi, ya'ni bir nechta foydalanuvchilar tomonidan bitta ma'lumotni bir vaqtning o'zida o'zgartirishga yo'l qo'yilmaydi.
MB ni nazorat qilish va unga bo'lgan murojatlarni cheklash kodlarining mavjud emasligi klient dasturlari soddalashishiga olib keladi.


Yüklə 229,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin