8-mavzu: Anketa orqali so’rov metodi



Yüklə 39,6 Kb.
səhifə4/6
tarix09.05.2023
ölçüsü39,6 Kb.
#109961
1   2   3   4   5   6
8-mavzu Anketa so\'rovi

Yarim ochiq yoki yarim vopiq savollarda esa respondentga taqdim etilgan javoblar variantlaridan tashqari «boshqa» deb nomlangan variant ham beriladi, ya'ni respondent berilgan javoblardan birini tanlashi yoki o'zining javobini taqdim etishi lozim bo'ladi.
Anketa o'tkazishda uning vaqti 10-45 daqiqa davom etishi kerak. Qisqa muddatda o'tkaziladigan tezkor anketa o'tkazish muddati 10-45 daqiqadan oshmasligi lozim. Anketa o'tkazishning bunday usulida respondentning uzoq mulohaza qilishiga, ikkilanishiga yo'l qo'yilmaydi. Savollar ham sodda, qisqa va aniq qilib tuziladi. Natijada qisqa muddatda empirik sotsiologik ma'lumotlar to'plashga erishiladi.
Savol - so‘rov metodining asosiy instrumenti hisoblanadi. Savol — bu anketa yoki blankaga tadqiqotchining fikri joylashtirilib respondentga yo‘llangan bo‘ladi va undan javobning u yoki bu tomonini talab qiladi. Sotsiologik tadqiqotda savollarning bir qancha konsepsiyalari mavjud.
Masalan, test konsepsiyasi shaxsning belgilari yoki uning qobiliyatlarini aniqlashda savolning alohida elementini emas, balki bir qancha elementlarni aks ettiradi. Bunda so‘rovning natijalari baholanadi, alohida savollarga javoblar ahamiyat kasb etmaydi va ko‘p javoblarning elementi sifatida analiz qilinadi. Savolning bu turi kam qo‘llaniladi. Savolning bir muncha an'anaviy turi informatsion konsepsiyadir. Uning har bir savoli voqelikni yagona semantik informatsiya bilan ta'minlaydi. Bu ko‘rinish tez-tez qo‘llanilganligi sababli, sotsiolog ikkita masalani hal qiladi:

    1. tadqiqot birligini o‘rganishni qo‘llaydi;

    2. har bir birlikdan informatsiya to‘plash uchun qanday savol berish kerak.

Savolning uchinchi konsepsiyasi, indikator konsepsiya bo‘lib, anketa ishlab chiqishda va aniq ma'lumot olishda maqsadga yo‘naltirilgan natijalar beradi. Shundan keyin savollar konsepsiyasi aniqlab olingach, sotsiolog har bir savolni ishlab chiqishga kirishadi. Buning uchun quyidagilarni nazarda tutish kerak:

  • Faktlar to‘g‘risidagi savollar yengil formulirovka va analiz qilinib, respondentga qiyinliklar tug‘dirmasligi kerak. (Siz transport vositasidan foydalanasizmi? Oliy ma'lumotlimisiz? va x.k.)

  • Fikrlar, nigohlar, sabab (motiv)lar to‘g‘risidagi savollar qiyinchiliklar tug‘dirilishi mumkin. Bular qiyin formulirovka qilinib aniq, javoblar olish uchun qo‘shimcha kuchlar talab qiladi. Taniqli nemis tadqiqotchisi E.Noel quyidagicha misol keltiradi: Janubiy Germaniyada nima uchun ma'lum markadagi televizorlarni kam sotib olishlarini o‘rganish uchun kamida 70 ta savol berish kerak, shu bilan birgalikda bu savollar nafaqat ushbu hududda, balki boshqa hududlarda ham taqqoslash uchun tarqatilishi kerak.

  • Olingan informatsiyani nazorat qilish uchun nazorat savollar tayyorlanadi, ular ma'nosiga ko‘ra asosiy tadqiqot savollariga o‘xshash tasavvur qoldiradi, lekin birinchi ko‘rinishni aniqlaydigan birmuncha berkitilgan formada bo‘ladi.

  • Nazorat savollar chetdan beriladi. Shuni ta'kidlash lozimki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan savollar salbiy munosabatlarni keltirib chiqaradi, agarda asosan «nima uchun» degan savol bilan boshlansa. Shuning uchun sotsiologlar «nima uchun» degan savol bilan tadqiqot boshlashni tavsiya etishmaydi va chetdan savol berish formasini ishlatishni ta'kidlaydilar (Marhamat qilib ayting, Sizning fikringizga nisbatan...?).

Sotsiologning anketa tuzishda yana to‘qnash keladigan boshqa bir muammosi bu — standartlashtirish bo‘ladi.
Yüklə 39,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin