8-mavzu: Anketa orqali so’rov metodi



Yüklə 39,6 Kb.
səhifə5/6
tarix09.05.2023
ölçüsü39,6 Kb.
#109961
1   2   3   4   5   6
8-mavzu Anketa so\'rovi

Standartlashgan so‘rov — ommaviy so‘rovlarda kerakli bo‘lib, bir xillilikka, terminologikka, mohiyatga keltirishdir. Standartlashtirish natijalarni taqqoslashga imkon yaratib, ma'lumotlarni qayta ishlashni yengillashtiradi. Standartlashgan so‘rov yopiq, savollarni qo‘llashni imkoni baland ekanligini tahmin qiladi, ya'ni anketada javob bor bo‘lgan savollarni, respondent, o‘z fikriga (variant) mos kelganini tanlaydi. Standartlashgan so‘rovning kamchiligi bu — individual xossasining yetarli bo‘lmaganini hisobga olish, ko‘rilayotgan savollarga sub'ektiv munosabatda bo‘lishni tashkil etadi, qachonki kishilarning sub'ektiv dunyosiga chuqur kirib borilar ekan, bunda standart bo‘lmagan so‘rov qo‘llaniladi. Savollar ochiq formada formulirovka qilinadi va har bir anketa informatsiyaning alohida birligi sifatida olib qaraladi. Standartlashning darajasi muammo va tadqiqot maqsadidan qat'iy nazar tadqiqotchi tomonidan belgilanadi.
So‘rov metodida asosiy tomonlardan biri bu tushuntirish muammosi yoki interpretatsiya asosiy tomonlardan biri hisoblanadi. Savollarni tuzilishi — bunda konsepsiya tushunchasinnng terminlarini so‘raluvchi tarjima qilishdan iborat. Savollar asosan, so‘raluvchining pozitsiyasidan, uning hayot faoliyati darajasidan kelib chiqib tuziladi. Bu tilning o‘ziga xos xususiyatining hisobini, respondentning konkret tafakkurini, psixologik xususiyatlarini (alohida shaxsiy savollarda, foydada va boshqalarda salbiy reaksiya berish), ma'lumot darajasi (chuqur bilimga egalik), diniy yoki siyosiy xarakterdan qo‘rqish va boshqalarni faraz qiladi. Savollar qisqa va aniq, ikki xil tushunishga yo‘l qo‘ymaydigan, imkoniyatiga ko‘ra bir xil ma'noli formulirovka qilish kerak. Tushuntirish muammosi nafaqat anketani qayta ishlashda, balki tadqiqotchi tomonidan informatsiyani analiz qilish jarayonida ham ishlatiladi. Bunday yo‘lda, u tadqiqotchining mahorati va tadqiqot apparatining qayta ishlangan darajasiga bog‘liq, bo‘ladi.
Endi anketaning umumiy kompozitsiyasiga to‘xtalib o‘tamiz, bunda anketaning joylashishi va uning ketma-ketligi o‘rin olgan. Empirik tadqiqotlar praktikasida maqsadga muvofiqlashgan ketma-ketlik anketasining mazmuniga ko‘ra tarqatish murakkabdir. Anketa har doim so‘ralayotgan shaxsga murojaatdan boshlanadi va unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

    1. qanday tashkilot, boshqarma so‘rov o‘tkazyapti;

    2. umumiy yo‘llarda tadqiqotning maqsadi tushuntiriladi va natijalar qanday qo‘llanishi, tadqiqotda respondent ishtirokining shaxsiy ahamiyati ko‘rsatiladi;

    3. javoblarning yashirincha bo‘lishi anonimlik kafolatlanadi.

Bulardan keyin anketani to‘ldirish qoidalari va qaytarib berish usuli keladi. Murojaat va qoidalar, odatda anketaning tashqi tomoni, ya'ni muqovasiga joylashtiriladi. Keyin boshqa varaqalarga savollar joylashtiriladi.
Anketa murakkab vaziyatda emas, balki oddiy savollar bilan boshlanadi. Bu savollarga faktlar, egallab turgan darajasi (lavozimi), shug‘ullanadigan ishi va o‘qishlar kiradi. Undan keyin anketaning markaziy qismida ma'nosiga ko‘ra asosiy bo‘lgan savollar joylashtiriladi. Ular belgilangan mantiqiy izchilligi, ko‘rilayotgan dasturi nazorat savollari bilan almashinib turadi. Asosiy qismning ikkinchi bo‘lagida bir muncha murakkab va qaltis masalalar joylashtiriladi. Sotsiologik tadqiqot praktikasining ko‘rsatishicha, anketa savollarining katta qismini to‘ldirgach, respondent ishni oxiriga yetkazishga psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi. Anketaning, so‘ngi qismida bu pasport deb ham yuritiladi, shaxsning ob'ektiv ahvoli va statusi ko‘rsatilgan savollar joy oladi (jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli). So‘rov o‘tkazish vaqtida sotsiolog yana tadqiqot o‘tkazishning texnikasini aniqlaydi; tarqatiladigan, matbuot orqali, pochta orqali, telefon orqali. Shuni aytish mumkinki, tarqatiladigan so‘rov boshqa so‘rovlarga nisbatan birmuncha effektivdir, bunda sotsiolog guruhga kelib, anketani tarqatadi va birmuncha vaqtdan keyin uni yig‘ib oladi. Bunda respondentlarni 100% so‘rovga jalb etish mumkinligi kutiladi, matbuot yo‘li bilan o‘tkaziladigan so‘rovda, anketani yig‘ib olish 5% tashkil etishi mumkin.
So‘rov o‘tkazishda «
Yüklə 39,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin