Anketatuzishtexnikasi. Anketalashtirish yozma shakldagi so‘rov bo‘lib, texnikasiga ko‘ra, tarqatiladigan (anketa tadqiqotchi tomonidan tarqatiladi va yig‘ib olinadi) matbuot orqali (anketani gazeta va jurnallarda chop ettirish), telefon yoki faks orqali, ya'ni texnik vositalari bilan (televizor yoki telefonga oid qo‘shimcha sifatida) amalga oshiriladigan so‘rov turidir.
Anketa o'zining tarkibiy tuzilishiga ega. Anketa so'rovi: 1) eng avvalo, anketa savollari tizimini ishlab chiqish jarayonini o'z ichiga oladi; 2) anketa so'rovini kim tomonidan, qanday maqsadda o'tkazilishini va respondentlarga anketa to'ldir ib berishni o'z ichiga oladi; 3) anketa pasporti ham tarkibda muhim o'rin tutib, unda respondentning ijtimoiy-demografik xarakteristikasi tushuntiriladi. Bunda respondentning yoshi, jinsi , millati, ijtimoiy kelib chiqishi va holati, ma'lumot darajasi, kasbi, partiyaviyligi, oilaviy ahvoli kabi ma'lumotlar aniqlanadi. Ko'pincha pasport anketaning oxirida beriladi. Ko'pchilik sotsiologlarning fikricha, agar passport anketaning boshida berilsa, respondentni cho'chitib empirik ma'lumotning to’l iq va to'g'ri, hayotiylik darajasini pasaytirib yuboradi .
Anketadagisavollarningturlari,asosiytalablar. Asosiy savollar anketa tarkibida markaziy o'rin egallaydi. Chunki, asosiy savollarga beriladigan javoblar sotsiologik tadqiqotlarning asosiy ma'lumotlari hisoblanadi. Anketa oxirida yakunlovchi savollar kiritiladi. O'z mohiyatiga ko'ra, yakunlovchi savollar asosiy savollarning mantiqiy davomi bo'lib, unda o'rganilayotgan muammo yuzasidan respondentning individual, qo'shimcha fikr va mulohazalari olinadi. Anketa so'nggida tadqiqot uchun ko'rsatilan beminnat yordam evaziga samimiy minnatdorchilik bildirishni unutmaslik kerak.
Savollar ob'ektiga ko‘ra: faktlarga, fikrlarga va harakatlarga; shakliga ko‘ra: to‘g‘ridan-to‘g‘ri, chetdan, ochiq va yopiq bo‘ladi (ochiq savollar, javobni erkin shaklda bo‘lishini ta'minlaydi, yopiq savollar tekshirilgan va respondent tomonidan tanlangan bo‘lib, uning fikriga mos kelishi kerak); funksiyasiga ko‘ra: psixologik (aktivlikni, ishtirok etishni, ishochni kuchaytirmoq maqsadida), bo‘linuvchi (diqqatni bo‘linishi uchun, bir guruhni ikkinchi guruhdan ajratmoq uchun), nazoratlangan (asosiy savollarni javobini tekshirish uchun, xotirani tiklash uchun, savol-tuzoq ya'ni chiqib ketolmaydigan savol berish) turlarga bo‘linadi.
Anketa savollarining soni ko'payib ketmasligi kerak. Qiziqarli, respondentni zeriktirmaydigan va ixcham tuzilmog'i lozim. O'z shakliga ko'ra, artketa savollari ochiq, yopiq, yarim ochiq va yarim yopiq bo'ladi. Ochiqsavollarda respondentga javoblar varianti taqdim etilmaydi, ya'ni u qanday hohlasa shunday, erkin javob berishi mumkin bo'ladi. Yopiqsavollarda esa respondent faqat «ha» yoki «yo'q» tarzida javob berishi, yoki oldindan yozib qo'yilgan javob lardan birini tanlashi lozim .