8-mavzu. Byudjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hisobi


Budjet ssudalarini qoplash yo‘llarini tushuntirib bering?



Yüklə 28,62 Kb.
səhifə2/5
tarix17.04.2023
ölçüsü28,62 Kb.
#99073
1   2   3   4   5
8-mavzu. Byudjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hisobi

3. Budjet ssudalarini qoplash yo‘llarini tushuntirib bering?
Byudjet ssudasini qaytarish “Byudjet ssudasini berish to’g’risidagi shartnoma”da ko’rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi. Byudjet ssudasini qaytarish: mablag’larni byudjet ssudasi olgan mahalliy byudjetga kelib tushadigan mablag’lar hisobidan to’lov topshiriqnomasini tuzib o’tkazib berish; yuqori byudjetlardan mahalliy byudjetlarga o’tkazilishi lozim bo’lgan rejalashtirilgan dotatsiyalar yoki subvensiyalar hisobiga o’zaro qoplash; yuqori byudjet bilan quyi byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha ularning qarzlari hisobiga o’zaro qoplash hamda mablag’larni byudjet ssudasi olgan quyi mahalliy byudjetni ijro etayotgan moliya organining bank muassasidagi “Mahalliy byudjet mablag’lari deposit hisobvaragi” yuqori moliya orgaani tomonidan inkasso topshiriqnomasi berish yo’li bilan ham amalga oshiriladi.
4. Budjet ssudalari bo‘yicha operatsiyalarini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibini ko‘rsatib bering?
O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan olingan ssudalar hisobi bo’yicha quyidagicha amalga oshiriladi:
051- “Respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari” subschyoti O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar tomonidan olingan byudjet ssudalari hisobiga olish uchun tayinlangan.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjet va mahalliy byudjetlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari so’mmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligida va mahalliy moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkalari tuziladi:
Debet 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisob varag’i” subschyoti,
Kredit 051 – “ Respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari” subschyoti.
O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar tomonidan olingan byudjet ssudalari so’mmasi O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga qaytarib berilganda bu qaytarib berilgan so’mmaga Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligida v amahalliy organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 051 - “ Respublika byudjetidan olingan byudjet ssudalari” subschyoti,
Kredit 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisob varag’i” subschyoti.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari hisobi bo’yicha quyidagicha amalga oshiriladi:
052 – “Mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari “ subschyoti Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar doirasida o’rnatilgan tartibda yuqori mahalliy byudjetdan quyi mahalliy byudjetlarga berilgan byudjet ssudalari hamda quyi mahalliy byudjetlar tomonidan olingan byudjet ssudalari bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik operatsiyalarining hisobini olib boorish uchun tayinlangan.
Yuqorimahalliy byudjet tomonidan o’zining quyi mahalliy byudjatlariga byudjet ssudalari berilganda, bu xo’jalik operatsiyasiga yuqori mahalliy byudjet ijrosini amalga oshirayotgan moliya organida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 052 – “Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari” subschyoti;
Kredit 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti.
Yuqori mahalliy byudjetdan byudjet ssudalarini olgan quyi mahalliy byudjetlar ijrosini amalga oshirayotgan moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi.
Debet 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti;
Kredit 052 – “Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari” subschyoti.
Quyi mahalliy byudjetlar tomonidan yuqori mahalliy byudjetga undan olgan byudjet ssudalari so’mmasi qaytarib berilganda, bu xo’jalik operatsiyasiga:
a) Quyi mahalliy byudjetlar ijrosini amalga oshirayotgan moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 052 – “Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari” subschyoti;
Kredit 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti.
b) Yuqori mahalliy byudjet ijrosini amalga oshirayotgan moliya organida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 011 – “Mahalliy byudjet mablag’lari depozit hisobvarag’i” subschyoti;
Kredit 052 – “Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga berilgan va ulardan olingan byudjet ssudalari” subschyoti.

Yüklə 28,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin