8-mavzu. Byudjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hisobi


Budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisoblashuvlar hisobi xaqida nimalarni bilasiz?



Yüklə 28,62 Kb.
səhifə3/5
tarix17.04.2023
ölçüsü28,62 Kb.
#99073
1   2   3   4   5
8-mavzu. Byudjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hisobi

5. Budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisoblashuvlar hisobi xaqida nimalarni bilasiz?
Byudjet tizimining asosiy prinsiplaridan biri bo’lgan byudjet daromadlarining xarajatlarga teng bo’lishi ta’minlanishi kerak. Byudjetlarni tuzish va tasdiqlash jarayonida byudjetlar o’rtasida hisob-kitoblar paydo bo’ladi. Shuningdek, tasdiqlangan byudjetlarning bajarilishi jarayonida ham byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar paydo bo’lishi mumkin. Demak, byudjetlararo hisob-kitoblar ikki turga bo’linadi. Byudjetlarni tuzish va tasdiqlash mobaynida, moddiy-texnika bazalari bir xil bo’lmaganligi uchun, byudjetlarning ayrimlarida daromadlari rejalashtirilayotgan xarajatlaridan ortiqcha bo’lsa, boshqalarida esa rejalashtirilayotgan xarajatlari so’mmasi rejalashtirilayotgan byudjet daromadlaridan oshib ketishi kuzatiladi.
6. Budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisoblashuvlar hisobini xujjatlashtirish tartibini aytib bering?
Byudjet tashkilotlari, korxonalari yoki xo‘jalik birlashmalarini respublika bo‘ysunishdan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda respublika Moliya vazirligi tegishli quyi moliya organiga 11-sonli shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomani yuboradi.
Korxonani, tashkilotni respublika, viloyat, shahar miqyosida bir mahalliy bo‘ysunishdan ikkinchi mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda, yuqori moliya organi o‘zaro hisob-kitoblarga oldingi bo‘ysunish bo‘yicha moliyalashtirish tartibida korxonani, tashkilotni o‘tkazish kunidagi summalarni o‘tkazadi.
Byudjetlar bilan o‘zaro hisoblashuvlar hisobi 11-sonli shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomaga asosan buxgalteriya yozuvlari berilib memorial orderga yozuvlar o‘tkaziladi va boshqa byudjetlar bilan hisob-kitoblar kitobiga tushiriladi.
Moliya organlarida o‘zaro hisoblashuvlar hisobi 06 "Xisob kitoblar", 07 “Berilgan va olingan mablag‘lar” nomli hisobvaraqlarda yuritiladi.
Ya’ni:
061 Respublika byudjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar
062 Mahalliy byudjetlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar
071 Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag‘lar

Yüklə 28,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin