8-Mavzu: Chaqaloqlik va ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlari. Theme 8: Infancy and psychological features of early childhood. Reja


Tajriba metodi o’z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi



Yüklə 77,57 Kb.
səhifə13/15
tarix16.12.2023
ölçüsü77,57 Kb.
#181571
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
8-Mavzu Chaqaloqlik va ilk bolalik davrining psixologik xususiy-fayllar.org

Tajriba metodi o’z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo’llanadi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda A.F.Lazurskiy ta’riflagan. Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jarayonlari a’zolarining, ilmiy muassasalar xodimlarining, o‘qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik o’zgarishlari, o’zaro munosabatlari, ish qobiliyatlari, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini hal qilish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitdan inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilar (bog’cha bolalari, maktab uvchilari, ishchilar, dehqonlar, xodimlar va hakozolar)ning o’zlari bexabar bo’lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazib kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrika esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim.
Laboratoriya (klinika) metodi ko’pincha individual (goho guruh va jamoa shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-yo’riqlar, tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasidagi o’zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari (displeyrlar, qurilmalar, moslama va jihozlar, holatlar, funksiyalar, vujuga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o’lchashda qo’llanadi. Ko’pincha detektorlar, elektron va radio o’lchagichlar, sekundamer, refleksometr, xronorefleksometr, lyuksmetr, anomaloskon, taxistakop, audnometr, esteziometr, eletrominogramma, elektroentsifilogramma kabilardan foydalaniladi. Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurlarning xususiyatlari, emosional hamda irodaviy va aqliy zo’riqish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, shofyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko’tarilishi)ning metodlari yaratiladi.Asboblarning ko’rsatishi bo’yicha o’zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emosional-irodaviy, asabiy zo’riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir bo’layotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi. Tajriba aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalanovchi) va tekshirish qismlariga bo’linadi.Tajribaning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki holat, o’yin, mehnat, ish kabi faoliyatlarda tadqiq qilinadi. Tadqiqot ob’yektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi, lekin tekshiruvchi sinaluvchiga ta’sir o’tkazmaydi. Shu pallada sinaluvchiga hatto, yo’lovchi savollar bilan ham yordam bermaslik tajribaning prinsipi hisoblanadi.

Yüklə 77,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin