8-Mavzu: Chaqaloqlik va ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlari. Theme 8: Infancy and psychological features of early childhood. Reja



Yüklə 77,57 Kb.
səhifə1/15
tarix16.12.2023
ölçüsü77,57 Kb.
#181571
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
8-Mavzu Chaqaloqlik va ilk bolalik davrining psixologik xususiy-fayllar.org


8-Mavzu: Chaqaloqlik va ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlari. Theme 8: Infancy and psychological features of early childhood. Reja

8-Mavzu: Chaqaloqlik va ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlari.
Theme 8: Infancy and psychological features of early childhood.
Reja:
1.Chaqaloqlik davrining psixologik xususiyatlari (tug‘ma reflekslar, jonlanish).
1.Pychological features of early childhood (innate reflexes, reviv)
2.Ilk bolalik davrida psixik va nutqning rivojlanish xususiyatlari.
2.In early childhood the features of psychic and speech development.
3.Bolaning psixik o‘sishida o‘yinning ahamiyati.
3.The importance of play in a child's psychic development
Tayanch iboralar: Chaqaloqlik, analizator, jonlanish kompleksi, his-tuyg‘uning o‘sishi, muloqot, o‘yin faoliyati.
Keywords: infancy, scolios, system of nerve, reflex, analyser, complex of reviving, rising of sense, conversation, process of game.

Bolaning go‘daklik (chaqaloqlik) davri jismoniy jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Odatda odamning yoshi tug‘ilgan kunidan boshlab hisoblanadi. Lekin aslida odamning dunyoga kelishi, rivojlanishi tug‘ilmasdan ilgarigi, ya’ni ona qornidagi davridan boshlanadi. Bola onaning qornidaligi davri­da, ya’ni tqiz oy mobaynida juda tez va juda murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadi. Bolaning tug‘ilgandan keyingi normal taraqqiyoti uning ona qornidagi taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun bolaning tug‘ilgunga qadar bo‘lgan taraqqiyotiga ham diqqat-e’tibor bilan qarash lozim, chunki tug‘ilgunga qadar ham bolaga tashqi muhit ta’sir qila­di. Lekin bu ta’sir faqat ona orqali, onaning organizmi orqa­li bo‘ladi. Homiladorlik davrining har jihatdan normal o‘tishi bolaning ona qornidagi normal taraqqiyotini va har jihat­dan yyetuk tug‘ilishini ta’minlaydi. Bolaning tug‘ilgandan keyin bir yoshgacha bo‘lgan davti nisbatan kam harakat va «nutq- siz» taraqqiyot davridir. Bu davrda bolaning o‘sishi va taraqqi­yoti oila doirasida yuzaga keladi. Ammo shunday bo‘lsa ham bu davr har jihatdan juda ildam rivojtanish davridir. Bu davrda bola deyarli faqat ona suti bilangina ovqatlanadi, u hali gapira olmaydi va mustaqil harakat qila olmaydi. Bu davrda bola ojiz bo‘lib, kattalarning doimiy va to‘g‘ri parvarish qilishlariga muhtoj bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan va bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning tashqi qiyofalari katta odamlarning tashqi qiyofalaridan ancha farq qiladi. Yangi tug‘ilgan bolaning boshi gavdasiga nisbatan juda ham katta (gavdasining to‘rtdan bir qismiga barobar), bo‘yni deyarli y darajada qisqa, gavdasi uzun, oyoq-qo‘llari gav­dasiga nisbatan qisqa bo‘ladi. Katta yoshli odamning boshi gavdasining sakkizdan bir qismiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari chaqaloq bolaning yo‘zi juda kichkina bo‘ladi, chunki yuqorigi va pastki jag‘lari hali ishlamaganligi tufayli rivojlanmagan bo‘ladi.


Chaqaloq bolalar ichki organlarining holati va faoliyati ham katta odamlarnikidan anchagina farq qiladi. Masalan, o‘pkadagi havo kiradigan mayda pufakchalarning soni miqdor jihatidan katta odamlarniki bilan barobar bo‘lsa ham, ular juda mayda bo‘ladi (katta odamlarnikiga nisbatan uch barobar kichik bo‘ladi).

Shuning uchun chaqaloq bolalar katta odamlarga nisbatan uch barobar tez nafas oladilar. Chaqaloq bola bir daqiqada 50—60 mar­ta nafas olsa, katta yoshdagi odam xuddi shu vaqt ichida 14— 16 marta nafas oladi. Chaqaloq bola jismoniy jihatdan juda tez o‘sayotganligi tufayli sof havoga ayniqsa muhtoj bo‘ladi. Ilk yoshdagi bolalarning taraqqiyotida buni albatta hisobga olish zarur. Agar chaqaloq bola o‘ringa o‘ng‘ay holatda yotqizilmasa, siqib yo‘rgaklansa va ochiq havoga olib chiqilmasa, uning nafas olishida qo‘shimcha qiyinchilik vujudga keladi. Bola bir oyga to‘lgach, o‘zini parvarish qilayotgan odamga intiladi, o‘ziga yaqin insonini aft basharasiga qarab ijobiy his tuyg‘ular uyg‘onadi. Ta’sirga berilishi va ta’sirlanishning bu shakli bola bilan kattalar o‘rtasidagi aloqaning boshlang‘ich ko‘rinishidir. Shaxslararo aloqaning bu shakli chaqaloqlik davrining tugashi va ilk bolalikning boshlang‘ich davridir. Chaqaloqda paydo bo‘ladigan ijobiy tuyg‘ularning oddiy tabiiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq emas. Chunki psixik dunyodagi o‘zgarishlarni o‘rgangan M.YU.Kityakovskayaning tirishicha, uyqusizlikdan qiynalish va ochlik uyg‘otuvchi va qo‘zg‘otuvchilarni bartaraf qilish salbiy kechinma va his–tuyg‘uni pasaytiradi. Psixolog D.B. Elkonin nazariyasiga ko‘ra chaqaloqlik davridagi ilk bolalik, go‘daklik davriga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud: Bular ko‘z va quloq yordamida diqqatni muayyan bir ob’yektga to‘plashning paydo bo‘lishi, bola harakat faoliyatining qayta qurilishi boshlangani, alohida namoyon bo‘lishi, harakatning xulq hodisasiga aylanishi.


  • sirtdan idrok qilinuvchi barcha ob’yektlarga (sub’ektlarga) alohida qo‘zg‘atuvchiga nisbatan hosil bo‘lishi.


  • katta yoshdagi odamlarga (onasiga va yaqin kishilarga) nisbatan emotsional reaksiyalar (his -tuyg‘ular va kechinmalar) yangi ehtiyoj paydo bo‘lishining ko‘rsatkichi ekanligi.


  • Bolaning kattalar bilan muloqotda bo‘lish ehtiyoji uning keyingi psixik o‘zgarishi va negizida tashqil etishi.


Keyinchalik, ya’ni ikki-uch oylik bolalarda analizatorlar faoliyatining takomillashuvi natijasida ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchilarni farqlash qobiliyati yuzaga kela boshlay­di. Dastavval turli ovozlarni, so‘ngra ayrim yorqin ranglarni, ta’mlarni, farqlay boshlaydi. Nihoyat, uch oylik bola atrofida­gi juda ko‘p narsalardan odamni farqlaydigan va odamga nis­batan qandaydir boshqacha reaksiya qiladigan bo‘ladi. Uch oylik bola oldiga kelgan odamga tiqilib, emotsional munosabatda bo‘la boshlaydi. U odamga uzoq vaqt tiкilib qaraydi. Lablarini harakatlantirib, tilini aylantirib, go‘yo odamning nutqiga taqlid qilmoqchi bo‘ladi. Ana shu davrdan boshlab bolalar bilan imkoni bo‘richa mehribonlik ohangida gaplashib turish kerak. Ana shunday munosabatlar natijasida bolada qandaydir faollik, kattalarga talpinish reaksiyasi yuzaga keladi. Psixologlar bolalarda kattalar bilan bo‘lgan munosabatdan yuzaga keladigan emotsio­nal reaksiyalarni jonlanish kompleksi deb ataganlar. Bu kompleksda bola o‘zi bilan munosabatda bo‘layotgan odamga muloyim tiqilib, jilmayadi, qo‘l va oyoqlari bilan talpinib, qandaydir ovoz chiqaradi. Bolada qandaydir kuchli mamnunlik hissi yu­zaga keladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, agar bolalar bi­lan keragidan ortiq darajada munosabatda bo‘lib, ularda jon­lanish kompleksini yuzaga keltiraverilsa, ular kattalarga o‘rganib qoladilar va o‘yinchoqlarga qaramay qo‘yadilar. 6 oylikdan oshganda bolaning yaxshi ko‘radigan o‘yinchoqlari bo‘ladi, yaxshi ko‘rgan o‘yinchoqlari yo‘qolib qolsa xarxasha qiladilar. Bu davrda estetik hislarning boshlang‘ich elementlari paydo bo‘ladi. Muzika, ashula, chiroyli o‘yinchoq bolani qiziqtiradi va quvontiradi. 9-10 oylik bola ashula va muzikaga qarab, qo‘llarini o‘ynatadi, chapak chaladi. Bu davrda bolaning hislari tez va ochiq oydin paydo bo‘lishi hamda tez y bo‘lib ketishi bilan xarakterlanadi. Bola 1 yoshga tulgunga qadar uning hislari ancha murakkablashib, xilma-xil bo‘lib boradi.


Bola yoshiga to‘lguncha juda ko‘p harakatlarni o‘zlashtirib oladi. Bolaning qiladigan turli-tuman harakatlari orasida qo‘l harakatlari psixik taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan harakatlardir. To‘rt oylik bola narsalarga qo‘l cho‘zadigan bo‘ladi, am­mo u hali o‘zining qo‘l harakatlarini idora qila olmaydi. Bola besh oylik bo‘lgach, narsalarni ushlab, uni paypaslab, timirsqilab ko‘radigan bo‘ladi. Bolaning qo‘l harakatlari atrofidagi narsalarni bilish quroliga aylanadi, chunki u narsalarni paypaslab, timirsqilab ko‘rish orqali ularning ayrim xususiyatlari­ni bilib oladi. Bolaning psixik taraqqiyotida murakkab harakatlarni egallab borishi juda katta rol o‘ynaydi. Bola olti oylik bo‘lgach, mustaqil o‘tira oladigan bo‘ladi. Bola o‘tira boshlagandan so‘ng uning nazar doirasi kengayib, unda yangidan yangi taassurotlar paydo bo‘ladi. Bola ko‘z o‘ngida yangi taassurotlarning paydo bo‘lishi idrok, diqqat, xotira kabi psixik jarayonlarning rivojlanishiga katta yordam beradi. Bola sakkiz oylik bo‘lgach, ya­na bir murakkab harakatni, ya’ni emaklashni boshlaydi. Bola psixikasining rivojlanishida bu yangi harakatning ahamiyati juda kattadir. Emaklay boshlagach bolaning atrofdagi narsa­lar bilan munosabatda bo‘lish imkoniyati kengayadi. Natijada mustaqil harakat qilib, yangidan yangi narsalarni taniy bosh­laydi. Bolani hamma narsa qiziqtiradi. U bir narsani olib ikkinchi narsaga urib taqillatadi va chiqayotgan ovozga quloq soladi. Odatda, bu yoshdagi bolalar biron narsaning qopqog‘ini ochib yopishni yoqtiradilar.



Yüklə 77,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin