8-Mavzu: Chaqaloqlik va ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlari. Theme 8: Infancy and psychological features of early childhood. Reja


Ilk bolalik davrida psixik va nutqning rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 77,57 Kb.
səhifə2/15
tarix16.12.2023
ölçüsü77,57 Kb.
#181571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
8-Mavzu Chaqaloqlik va ilk bolalik davrining psixologik xususiy-fayllar.org

2.Ilk bolalik davrida psixik va nutqning rivojlanish xususiyatlari.
Ilk go‘dakning bir yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarining o‘rganish bo‘yicha bir qator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida N.L. Figurin, M.P. Denisova, M.YU. Kityakovskaya, D.B. Elkonin, S.A. Arkin, S Fayanslarning asarlari katta ahamiyatga ega, S. Fayans tajribasida go‘dakka chiroyli va jozibador o‘yinchoqlar 9 sm dan masofadan ko‘rsatilgan, u butun vujudi bilan ularga intilgan, keyinchalik oraliq 60 sm bo‘lganda bolaning intilishi sustlashgan va nihoyat ular 100 sm dan ko‘rsatilgan bolaning intilishi mutlaqo o‘chgan. U o‘yinchoq bilan bir qatorda to‘rgan katta kishiga ham ana shunday befarq qaragan, masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi shunchalik kuchaygan. Ko‘pgina psixiologlar bolalarda kattalar bilan bo‘lgan munosabatda yuzaga keladigan emotsional reaksiyalarni jonlanish kompleksi deb ataganlar. Bunda bola uning bilan munosabatda bo‘layotgan odamga muloyim tiqilib jilmayadi, qo‘l va oyoqlari bilan ovoz chiqaradi. Bolada qandaydir kuchli mamnunlik hissi yuzaga keladi. Go‘dak yoshiga to‘lguncha juda ko‘p harakatlarni o‘zlashtiradi. Bolaning qiladigan turli tuman harakatlari orasida qo‘l –harakatlari psixik taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. 4 oylik bola narsalarga qo‘l cho‘zadigan, ammo u hali o‘zining qo‘l harakatlarini idora qilolmaydi. 5 oylik bo‘lgach narsalarni paypaslab ko‘radigan bo‘ladi. Bolaning psixik taraqqiyotida murakkab harakatlarni egallab borish katta rol o‘ynaydi. 6 oylik bo‘lgach, mustaqil o‘tara oladiga bo‘ladi. 3-6 oylikacha bolalar katta yoshdagi odamlar bilan tanlab munosabatda bo‘ladi. Bolada yaqin kishilarga bog‘lanish sodir bo‘ladi, shu sababli ona yoki enagasini ko‘rish bilan qichqirib qarshilaydi, talpinadi. Yarim yoshga to‘lganida atrofdagilar qatori qarindoshlariga, qo‘ni – qo‘shnilariga ko‘nikib boradi. 8 oylik bo‘lgach yana bir murakkab harakatni - emaklashni o‘rganadi. Bola psixikasining rivojlanishida bu yangi harakatning ahamiyati katta. Emaklay boshlagach, bolaning atrofdagi narsalar bilan munosabati kengayadi. U bir narsani olib ikkinchi narsaga o‘rib taqillatadi va chiqayotgan ovozga quloq soladi. Bu yoshdagi bolalar biror narsaning qopqog‘ini ochib yopishni yoqtiradilar. Bunday harakatlar bolaning qo‘l muskullarini mustahkamlaydi. Og‘ir kasallikka uchramay, jismoniy jihatdan sog‘lom o‘sgan bola 9 -10 oylik bo‘lganda yura boshlaydi. Yura boshlagan bolaning faolligi kun sayin ortib, erkin harakat qila boshlaydi. Bemalol yuradigan bola tor uy doirasidan tashqariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Go‘daklik davri bolaning tug‘ilgandan 1 yoshgacha bo‘lgan davrini o‘z ichiga oladi. Uning dastlabki 1-oyi chaqaloqlik davri deb yuritiladi. Bolani dunyoga kelishini o‘zi bir mo‘‘jiza, bu esa oilada homilador ayolga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Oilada farzand dunyoga kelishi sezilishi bilanoq xomilador ayolga qulay sharoit yaratish atrofdagilar uchun shartdir. Chunki ayol homiladorlikning 2-3 oyligida muhitda va o‘zida o‘zgarishlar seza boshlaydi. Ayoldagi jismoniy o‘zgarishlardan tashqari uning ruhiyatida ham bir qancha psixik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, ayolning ruhiy holati tug‘ilajak farzandning psixik rivojlanishiga, jismoniy rivojlanishiga ta’sir qiladi. Homilador ayol psixik holatiga qarab farzand rivojlanib boradi. Shuning uchun farzand har jihatdan sog‘lom o‘sishi uchun ota –onaning sog‘ligi va atrof muhitning sofligi, oila tinchligi katta ahamiyatga ega. bo‘ladi. 3-6 oylikacha bolalar katta yoshdagi odamlar bilan tanlab munosabatda bo‘ladi. Bolada yaqin kishilarga bog‘lanish sodir bo‘ladi, shu sababli ona yoki enagasini ko‘rish bilan qichqirib qarshilaydi, talpinadi. Yarim yoshga to‘lganida atrofdagilar qatori qarindoshlariga, qo‘ni – qo‘shnilariga ko‘nikib boradi. 8 oylik bo‘lgach yana bir murakkab harakatni - emaklashni o‘rganadi. Bola psixikasining rivojlanishida bu yangi harakatning ahamiyati katta. Emaklay boshlagach, bolaning atrofdagi narsalar bilan munosabati kengayadi. U bir narsani olib ikkinchi narsaga o‘rib taqillatadi va chiqayotgan ovozga quloq soladi. Bu yoshdagi bolalar biror narsaning qopqog‘ini ochib yopishni yoqtiradilar. Bunday harakatlar bolaning qo‘l muskullarini mustahkamlaydi. Og‘ir kasallikka uchramay, jismoniy jihatdan sog‘lom o‘sgan bola 9 -10 oylik bo‘lganda yura boshlaydi. Yura boshlagan bolaning faolligi kun sayin ortib, erkin harakat qila boshlaydi. Bemalol yuradigan bola tor uy doirasidan tashqariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Go‘daklik davri bolaning tug‘ilgandan 1 yoshgacha bo‘lgan davrini o‘z ichiga oladi. Uning dastlabki 1-oyi chaqaloqlik davri deb yuritiladi. Bolani dunyoga kelishini o‘zi bir mo‘‘jiza, bu esa oilada homilador ayolga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Oilada farzand dunyoga kelishi sezilishi bilanoq xomilador ayolga qulay sharoit yaratish atrofdagilar uchun shartdir. Chunki ayol homiladorlikning 2-3 oyligida muhitda va o‘zida o‘zgarishlar seza boshlaydi. Ayoldagi jismoniy o‘zgarishlardan tashqari uning ruhiyatida ham bir qancha psixik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, ayolning ruhiy holati tug‘ilajak farzandning psixik rivojlanishiga, jismoniy rivojlanishiga ta’sir qiladi. Homilador ayol psixik holatiga qarab farzand rivojlanib boradi. Shuning uchun farzand har jihatdan sog‘lom o‘sishi uchun ota –onaning sog‘ligi va atrof muhitning sofligi, oila tinchligi katta ahamiyatga ega.
Buyuk bobomiz Amir Temur ham ayollari homilador bo‘lsalar, ularni tog‘li, xavosi musaffo joylarga olib borib turarkanlar. Ayolni turli jiddiylik holatlaridan saqlash va manzarali tabiati go‘zal joylarga ko‘proq sayr qilishni ta’minlash, tinch sokin bo‘lishni ta’minlash kerak. Bu tavsiyalar avvalo homilador ayollarni o‘zlariga tegishlidir, chunki eng mas’ul shaxs ayolning, onaning o‘zidir. Shunday qilib, bunday tadbirlar vositasi ila bola dunyoga keldi deylik, endi ota –ona zimmasida bu go‘dakni har jihatdan sog‘lom qilib voyaga etkazishdek ulkan vazifa turibdi, chunki yangi tug‘ilajak chaqaloq ham jismoniy, ham psixik jihatdan juda zaif bo‘ladi. Chaqaloqning barcha hayotiy funksiyalari ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, havoning o‘zgarishiga, moddalar almashinuviga moslashishi va boshqalar uni organizmi orqali amalga oshiriladi. Chaqaloqning tug‘ilishi sifat o‘zgarishlari daqiqasi, ijtimiy rivojlanishning yangi ko‘rinishi boshlang‘ich nuqta ekanligi bilan ahamiyatga ega.



Yüklə 77,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin