Xalqaro Krishnanianglash jamiyati
Shrila Bxaktivedanta Svami
Prabxupada nomi bilan tanilgan asli hindistonlik Abxay Charan De
(1896-1977) tomonidan tashkil etilgan. U 1947 yilda "Veda" falsafasi
bilimdoni sifatida "Bxaktivedanta" (sanskr. "sodiqlik", "fidokorona
xizmat") unvoniga sazovor bo’ladi. Sanskrit tilidan ingliz tiliga ko ’pgina
"Veda" matnlari,
jumladan, "Bxagavadgita" ("Xudo qo’shiqlari")ni
sharhlar bilan tarjima qildi. 1959 yilda 63 yoshida dunyodan voz
kechishga ahd qiladi va Svami ("Aql va hissiyotlar egasi") unvoniga
erishadi.
1965 yilda A.Ch.Bxaktivedanta Svami AQShga k o ’chib o ’tdi va
"Xalqaro Krishnani anglash jamiyati"ga asos soldi. Bu davrda Sharq
mistik ta’limotiga nisbatan katta qiziqish Krishnani anglash falsafasini
targ’ib qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi va harakat tez rivoj topdi.
M a’lumotlarga ko ’ra, bugungi kunda dunyoning
turli burchaklarida
ulaming 150 dan ortiq ibodatxonalari mavjud.
Krishnachilik (vayshnavizm) odam qiyofasidagi xudo Krishna
(Vishnu)ga e ’tiqod qilishga asoslangan hinduiylikning ikki asosiy
y o ’nalishlaridan
biri
hisoblanadi.
Krishnachilikning
muqaddas
yozuvlariga "Bxagavatgita"dan tashqari boshqa "Veda" matnlari ham
kiradi.
Krishnachilik yakkaxudolikka, ya’ni
yagona va mutloq xudo -
Krishnani tan olishga asoslanadi. U abadiy, yaratilmagan va cheksiz
shakllarga kirish qobiliyatiga ega. Krishnachilik ta’limotiga k o ’ra, olam
ruhiy va moddiy dunyoga bo’linadi. Insonning ruhi tanasiga nisbatan
144
birlamchidir. Krishnachilar ruhni rivojlantirib ichki komillikka erishish
va shu yo’l bilan xudoga qo’shilishni oliy maqsad, deb biladilar.
Har bir inson o ’zida Krishnani anglash qobiliyatini
rivojlantirishi
mumkin. Buning uchun bir qancha harakat shakllarini o ’z ichiga olgan
va xudoga muhabbatni rivojlantirish hamda uni butunlay ruhiy
anglashga sho’n g ’ishga qaratilgan bxakta-yoga mashqlar tizimi ishlab
chiqilgan. Ayni paytda, inson o ’zini moddiy
ehtiyojlardan xoli qilishi,
go ’sht, baliq, tuxum, mast qiluvchi narsalaming barchasi, jumladan,
spirtli ichimliklar, tamaki, qahva, choy iste’mol qilish, nikohsiz jinsiy
hayot kechirish va qimor o ’yinlardan
voz kechishi zarur, deb
hisoblanadi.
Krishnachilikda
meditatsiya
deb
ataluvchi,
ibodatxonada
o ’tkaziladigan diniy marosimlar har kuni soatlab bajariladi. U maxsus
harakatlar, Sankirtana - birgalikda xudo Krishnani "Xare Krishna, Xare
Krishna, Krishna Xare, Xare, Xare Rama, Xare Rama, Rama, Rama,
Xare, Xare" degan, maxamantra ("ozod b o ’lishning buyuk qo’shig’i")ni
kuylash bilan sharaflash amaliyotini qamrab oladi.
Bulaming hammasi,
ularning ta’biricha, aqlni tozalash, fikrni tashqi dunyodan xalos etish,
butun diqqat-e’tibomi xudoga nisbatan muhabbatga yo’naltirish uchun
bajariladi.
"Xalqaro Krishnani anglash jamiyati"da o ’z ergashuvchilarining
mol-mulklarini
jam iyat
hisobiga
xayr-ehson
qilishlari
hamda
ibodatxonada ruhoniylik vazifasiga o ’tishlari rag’batlantiriladi. Bu
ta’limotni qabul qilgan har bir kishiga yangi - sanskritcha nom beriladi.
Jamoa a ’zolari sari, dxoti va boshqa hind milliy liboslarini kiyadilar.
Krishnachilar tomonidan missionerlik faoliyati o ’tgan
asming
70-yillarida
boshlangan.
Ular
tomonidan
amalga
oshiriladigan
targ’ibotchilik harakatining o ’ziga xos xususiyatlari qatorida k o ’chalarda
ibodat kiyimlarida yurib qo’shiqlar aytish va adabiyotlarini tarqatish,
"Hayot uchun ozuqa" deb nomlanadigan, bepul oziq-ovqat tarqatish
aktsiyalari o ’tkazilishini ko’rsatish mumkin. Bunday harakatlaming
asosiy ob’ektlari sifatida odatda talabalar, maktab o ’quvchilari,
qariyalar
va mehribonlik uylarida istiqomat qiluvchilar tanlab olinadi.
145