ma’lum darajada shartli xususiyat
kasb etadi va muhim omillarga, ularni ajratish
asoslariga bog‘liq bo‘ladi. SHu sababli har qanday tasnif masala echimining uzil-kesil
varianti
sifatida emas, balki murakkab tizimni qayta tuzishning global muammolar
o‘zaro aloqasi tabiatini yaxshiroq tushunishga ko‘maklashadigan usullaridan biri
sifatida qaralishi lozim.
Endi butun insoniyatga jiddiy xavf tug‘dirayotgan eng muhim muammolarga
qisqacha tavsif beramiz.
Asosiy global muammolar tizimi.
Hozirgi davrning global muammolari o‘z
holatini zamonda tinimsiz o‘zgartiradigan yagona, faol
va ochiq tizim hisoblanadi,
chunki unga umuminsoniy ahamiyatga molik bo‘lgan yangi muammolar kirishi,
avvalgi muammolar esa, ularning echilishiga qarab, yo‘qolishi mumkin. Rim klubining
asoschisi va birinchi prezidenti A.Pechchei bu holatga e’tiborni qaratib,
insoniyat
qarshisida ko‘ndalang bo‘lgan aksariyat muammolar «bir-biri bilan mahkam
chirmashib oldi, ulkan sprut changali yanglig‘ butun sayyorani o‘z iskanjasiga
olmoqda... echilmagan muammolar soni o‘sib
bormoqda, ular yanada murakkabroq
tus olmoqda, ularning chirmashuvi yanada chigallashmoqda, ularning «iskanjasi»
esa sayyoramizni o‘z changalida tobora qattiqroq siqmoqda»,
10
deb yozgan edi. Ammo
global ziddiyatlar tuguni qanchalik chigal bo‘lmasin, uni fan va falsafa yordamida
echish, ya’ni
sababni oqibatdan, muhim tafsilotlarni ikkinchi darajali tafsilotlardan,
ob’ektivni sub’ektivdan farqlash uchun nazariy jihatdan anglab etish lozim. Dunyo
miqyosidagi jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish uchun odamlarning imkoniyatlari va
resurslari
cheklanganini hisobga olib, muammolarning qaysi biri darhol echishni talab
qilishi va qaysi biri ikkinchi darajali ahamiyat kasb etishini ham farqlash
muhimdir.
Dostları ilə paylaş: