8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja



Yüklə 415,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/25
tarix21.10.2023
ölçüsü415,27 Kb.
#159349
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
61916 (1)

Sog‘liqni saqlash. 
Aholi soni va uning yashash sharoiti, shuningdek atrof muhit 
holati hozirgi davrning yana bir global muammosi bilan uzviy bog‘liq. Aksariyat
kasalliklar va atrof muhitdagi antropogen o‘zgarishlar o‘rtasida bevosita va
bilvosita aloqa mavjud. Hozirgi odamlar avlodiga atrof muhit ifloslanishining hali 
o‘rganilmagan yoki kam o‘rganilgan ko‘psonli fizik (avvalo elektromagnit), kimyoviy 
va biologik omillari ta’sir ko‘rsatmoqda. Avvalo, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar 
aholisi kasalliklarining tarkibi va xususiyatida yuz bergan o‘zgarishlar ayni shu hol 
bilan izohlanadi. 
Bu erda yuqumli kasalliklar bartaraf etilgan bo‘lib, ular odamlar o‘limining
asosiy sabablari hisoblanmaydi. Lekin yurak-qon tomir kasalliklari, ruhiy kasalliklar
sezilarli darajada ko‘paydi, «sivilizatsiya kasalliklari» deb nomlangan butunlay yangi 
kasalliklar: rak, OITS va boshqalar paydo bo‘ldi. Bunday kasalliklar, xususan


yurak-qon tomir kasalliklari o‘sishining asosiy sabablari kam harakatchan turmush 
tarzi, semirish, chekish, ruhiy zo‘riqish, stress holatlari ekanligi aniqlangan. Bu
hodisalar insonga tabiatning qudratli kuchlarini jilovlash va o‘zini jismoniy
mehnatdan asosan xalos etish, mazkur ishni mashinalar, texnika vositalariga yuklab,
o‘ziga asosan aqliy mehnat, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini
qoldirish imkonini bergan XX asr sivilizatsiyasining rivojlanish mahsulidir. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda boshqacha vaziyatni kuzatish mumkin: bu erda
kasalliklardan azob chekayotganlar soni rivojlangan mamlakatlardagidan ko‘proq,
kasallikning oldini olish yoki davolanish imkoniyati esa sezilarli darajada
kamroqdir. Tibbiyot sifatining pastligi, qashshoqlik va antisanitariya tufayli
rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar o‘limi, bezgak, sil, traxoma, qoqshol bilan 
kasallanish darajasi, epidemik yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lish ehtimoli 
rivojlangan mamlakatlardagi holat bilan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada yuqoridir. 
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha yurak-qon tomir kasalliklari kun
sayin ortib bormoqda. Bunday kasalliklar aksariyat hollarda o‘lim bilan tugaganligi
sababli jamiyat uchun katta tahdid sanaladi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 
(WHO) hisobotiga ko‘ra, 2005 yilda yurak qon-tomir kasalliklaridan 17,5 million
inson vafot etgan. Ushbu ko‘rsatgich barcha o‘lim holatlarining 30 foizini tashkil 
qiladi. SHu jumladan, 7,6 million kishi yurak ishemik kasalligidan 5,7 million
kishi insult oqibatida hayotdan ko‘z yumgan
11
. Hozirgi vaqtda o‘rnatilgan 
internatsional aloqalar natijasida davlatlar o‘rtasidagi ulkan yuk oqimlari, odamlarning
faol migratsiyasi va kengaygan iqtisodiy munosabatlar olamshumul xususiyat kasb 
etdi va ko‘pgina yuqumli kasalliklarning tarqalish tezligini oshirdi. Notipik
zotiljam, qush grippi, cho‘chqa grippi kabi ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan,
yangi kasalliklarning paydo bo‘lishi sabablarini ham ayni shu erdan izlash lozim. 
Ayni paytda shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, XX-XXI asrda yangi
kasalliklar soni ko‘payib borsada, kasalliklarga qarshi kurash vositalari ham 
takomillashib bormoqda. Jumladan XXI asr fanining eng katta yutug‘i sifatida 2008
yilda nemis olimi Xareld sur Xauzen (1936) ayollarda bachadan saratoni kasalligini
«papilloma» virusi keltirib chiqarishini aniqlagan va unga qarshi emlash vositasini
yaratgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Dunyo bo‘yicha umumiy
saraton kasalligining 5%ini bachadon raki tashkil qilar, va har yili ikki yuz 
mingga yaqin ayollar shu kasallikdan bevaqt olamdan ko‘z yumar edi. Ushbu 
kasallikka qarshi vaksinatsiyaning ommalashuvi yuzlab ayollarning sog‘ligi 
garoviga aylanmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda 12-14 yoshdagi
qizlarda bachadon saratoni kasalligiga qarshi emlash ishlari keng amalga
oshirilmoqda. Xareld sur Xauzenning kashfiyoti asr boshining eng buyuk 
kashfiyotlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. 
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligi 
bo‘yicha davlat dasturi qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra barcha viloyatlarda skrining 
markazlari tashkil qilindi, ona va bola salomatligining profilaktikasi, «tez yordam»
markazlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi, aholini notipik gripp kasalligiga qarshi
emlash ishlari rejali amalga oshirilmoqda. 1997 yilda 1 sonli yuqumli kasalliklar ilmiy 
tadqiqot institutida yangi laboratoriyaning tashkil qilinishi O‘zbekistonda (gippotit) 
odam organizmida sariq kasalligining nafaqat A va V virusi, balki S, D, E viruslarini 
aniqlash imkonini yaratdi. Zamonaviy diagnostika texnologiyalaridan keng miqyosda
foydalanishning yo‘lga qo‘yilishi, surunkali sariq kasalligining oqibati bo‘lmish
jigar sirrozining kamayishiga va aholining umumiy umrguzaronligini oshishiga olib 
keldi. 

Yüklə 415,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin