8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja



Yüklə 415,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/25
tarix21.10.2023
ölçüsü415,27 Kb.
#159349
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
61916 (1)

Demografik muammo.
Hozirgi zamonda insoniyatning eng muhim muammolari
orasida, aksariyat davlatlar va mintaqalarda aholi haddan tashqari ko‘payishiga sabab 
bo‘layotgan aholining nazoratsiz o‘sishi qayd etiladi. Ayrim mutaxassislarning
baholashlariga ko‘ra, sayyorada mavjud energetika, xom ashyo, oziq-ovqat va
boshqa resurslar Erda faqat bir milliardga yaqin kishi («oltin milliard») munosib
hayot kechirishini ta’minlashi mumkin. Vaholanki, oxirgi ming yillik mobaynida 
sayyoramiz aholisi 15 baravar ko‘paydi va bugungi kunda 6 milliard kishidan oshib 
ketdi. Bunda nafaqat miqyos, balki aholining o‘sish sur’atlari ham aqlni lol 
qoldiradi. Xususan, birinchi ikki baravar ko‘payish 700 yil ichida, ikkinchisi – 150 
yil ichida, uchinchisi – 100 yil ichida va oxirgisi – 40 yildan kamroq vaqt ichida yuz
berdi. SHuni aytishning o‘zi kifoyaki, 1956 yil Erda 2,8 milliard kishi yashagan 
bo‘lsa, XX asr oxiriga kelib bu raqam 6 milliardga etdi. 
XX asrda er kurrasi aholisining «demografik portlash» deb nomlangan mislsiz
darajada o‘sishi biologik qonunlarning emas, balki stixiyali, notekis ijtimoiy
rivojlanish va insoniyat katta mashaqqatlar bilan bartaraf etishga harakat qilayotgan 
chuqur ijtimoiy ziddiyatlar mahsuli bo‘ldi. Bu avvalo rivojlanayotgan mamlakatlarga 
tegishli bo‘lib, ularga jahon aholisi o‘sishining o‘ndan to‘qqiz qismidan ko‘prog‘i 
to‘g‘ri keladi. Bu erdagi vaziyat rivojlangan mamlakatlarga XX asr boshidayoq xos
bo‘lgan o‘lim darajasining yuqoriligi va butun insoniyatga XVIII asrga xos bo‘lgan 
tug‘ilish darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Ayni vaqtda mehnat unumdorligi
darajasi va aholi jon boshiga olinadigan daromad miqdoriga, qishloq xo‘jalik
ekinlarining hosildorlik darajasi va qishloq xo‘jaligining samaradorligiga, aholining
savodxonlik darajasi va umumiy madaniy saviyasiga ko‘ra bu mamlakatlar 
xalqlarining aksariyati hali XIX asrda yashamoqda. 
Demografik muammolar juda murakkab va o‘ta turg‘un bo‘lib, ularni tez bartaraf 
etish mumkin emas. Ularni echish kechga surilgani sari, yanada murakkabroq va
chigalroq tus oladi. SHu sababli rivojlanayotgan mamlakatlarda barcha hukumatlar
tug‘ilish darajasini pasaytirishga qaratilgan demografik siyosatni amalga oshirishga
harakat qilmoqda. Jumladan O‘zbekistonda 1995 yilda “Oilani rejalashtirish” davlat 
10
Печчеи А. Человеческие качества. – М.: 1980. – С.7


dasturi qabul qilindi. Bu dasturda har bir oilada farzand tug‘ilishini rejalashtirishning 
ona va bola sog‘ligini asrashga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlardan biri bo‘lishi bilan
bir qatorda, mamlakatda demografik portlashning oldini olish vazifasini bosqichma-
bosqich amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu borada barcha viloyatlarda, qishloq va 
ovullarda reproduktiv salomatlik bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. 
Mazkur muammo rivojlangan mamlakatlarda ham keskinlashdi, lekin bu erda uning
aks ko‘rinishiga duch kelish mumkin. Umr uzunligining va keksa odamlar
sonining o‘sishi jarayonida hatto aholining oddiy ko‘payishini ham ta’minlamaydigan
tug‘ilish darajasining pasayishi kuzatilmoqda. Ayni holda depopulyasiya, ya’ni
aholi sonining kamayishi to‘g‘risida so‘z yuritiladiki, (Rossiya aholisi o‘rtacha 54
yoshni tashki lqiladi) bu ham milliy manfaatlar, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, 
pensiya ta’minoti va shu kabilarga tegishli qo‘shimcha qiyinchiliklarni yuzaga
keltiradi. Rossiyadagi so‘nggi 20 yillikdagi demografik jarayonlar bunga yorqin 
misol bo‘ladi. Biroq, keyingi besh yilda bu masalada ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.
Jumladan aholi soni ortishi va o‘rtacha umrguzaronlik 4 yilga oshdi. 

Yüklə 415,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin