olib kelmoqda. Natijada jahonda har yili ochlikdan bir necha o‘n millionlab odamlar,
kattalardan ko‘ra ko‘proq bolalar halok bo‘lmoqda.
Oziq-ovqat taqchilligiga duch kelgan mamlakatlar
uni import qilishga majbur, lekin
bu, odatda, ocharchilikka qarshi kurashda kam samara beradi va bundan tashqari,
mazkur mamlakatlarni eksportchilarga qaram qilib qo‘yadi. SHu tariqa g‘alla ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy tazyiq o‘tkazishning samarali vositasiga va mohiyat e’tibori bilan,
avvalo eng qashshoq mamlakatlarga qarshi «oziq-ovqat quroli»ga aylanadi.
1960-yillarda oziq-ovqat muammosini echish rivojlanayotgan mamlakatlar uchun
«yashil inqilob»ni amalga oshirish bilan bog‘langan edi.
Bu tadbirning mohiyati
bug‘doy va sholining o‘ta unumli yangi navlaridan foydalanib, qishloq xo‘jalik
mahsuldorligini keskin oshirishdan iborat edi. Buning uchun qishloq xo‘jalik
ishlab chiqarishini zamonaviy texnologiyalar yordamida modernizatsiya qilish
mo‘ljallandi. «YAshil inqilob» aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda qabul
qilindi,
lekin amalda ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib keldi. Qishloqni
qayta tashqil etish uchun tegishli ijtimoiy shart-sharoitlar va buning uchun zarur
mablag‘lar mavjud bo‘lgan davlatlarda u ijobiy samara berdi. Ammo bunday
mamlakatlar uncha ko‘p emas,
masalan Hindiston, Pokiston shular jumlasidan.
Texnika va o‘g‘itlar xarid qilish uchun mablag‘lar mavjud bo‘lmagan, aholining
ma’lumot darajasi juda past bo‘lgan, turg‘un an’analar va xurofiy aqidalar xo‘jalik
yuritishning ilg‘or shakllarini amalga joriy etishga to‘sqinlik qilgan o‘ta qoloq
mamlakatlarda esa «yashil inqilob» samara bermadi. SHuningdek,
u odatdagi mayda
xo‘jaliklarni vayron qila boshladi, qishloq aholisining shaharga migratsiyasini
kuchaytirdi. «YAshil inqilob» eski qishloq xo‘jaligi o‘rnida yangi, zamonaviy
qishloq xo‘jaligini
barpo eta olmadi, ya’ni eski uyni buzib, uning o‘rnida yangi
imorat qura olmadi, bu esa oziq-ovqat muammosini yanada keskinlashtirdi.
O‘zbekistonda bu muammoning echimini topishga oqilona yondoshildi. Paxta
yakkahokimligiga chek qo‘yilib, g‘alla, sholi, chorva mollarini etishtirishga
alohida
e’tibor qaratildi, qishloq infratuzilmasini takomillashtirish, qishloqqa sanoatni olib
kirish, g‘alla mahsulotlarini ishlab chiqish texnologiyalaridan unumli foydalanish
yo‘lga qo‘yildi.
Dostları ilə paylaş: