8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja


Iqtisodiy rivojlanishning notekisligi



Yüklə 415,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/25
tarix20.06.2022
ölçüsü415,27 Kb.
#61916
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
№8-Mavzu - uz (1)

Iqtisodiy rivojlanishning notekisligi. Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan
chiqarish va yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatish hozirgi davrning global
muammolari orasida alohida o‘rin egallaydi, chunki bu erda vujudga kelgan
xalqaro munosabatlar tizimi beqarorlashuvining kuchli omillari yashirinib yotadi. 
So‘nggi yillarda dunyo miqyosida yalpi mahsulot ishlab chiqarish o‘sgani holda,
boylar va kambag‘allar, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi ulkan tafovut yanada oshdi. Bu muammo
ba’zan «boy SHimol» va «qashshoq Janub» o‘rtasidagi qarama-qarshilik sifatida 
ham tavsiflanadi. 
1960-yillarda aksariyat mamlakatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustamlaka qaramligidan
xalos bo‘lish jarayoni yangi, lekin o‘zgacha tusdagi qaramlik o‘rnatilishiga olib
keldi. Urushdan keyingi davrda jahon savdosining o‘sishi va davlatlararo 
aloqalarning kuchayishi yuz berdi. Ayni vaqtda G‘arb davlatlari iqtisodiyotida
monopoliyalashuv jarayoni kuchaydi va transmilliy korporatsiyalar paydo bo‘la 
boshladi. Ular arzonroq ishchi kuchi topish va atrof muhitni muhofaza qilishga
qo‘shimcha xarajatlardan qutulish maqsadida mehnat sarfi katta bo‘lgan va ekologik 
jihatdan iflos ishlab chiqarishlarni rivojlanayotgan mamlakatlarga eksport qila 
boshladilar. Bu hol, bir tomondan, rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda atrof
muhitni himoya qilish uchun ommaviy harakatning faollashuvi va ekologik 
qonunchilikning yanada keskinlashuvi bilan, boshqa tomondan esa, rivojlanayotgan
mamlakatlar o‘zining qashshoqligi tufayli, qat’iy ekologik me’yorlar va bu bilan
bog‘liq cheklov choralari joriy etishni o‘ziga doim ham ep ko‘ra olmasligi bilan 
izohlanar edi. 


So‘nggi o‘n yilliklarda vaziyat yana rivojlanayotgan mamlakatlar zarariga o‘zgara
boshladi. Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat hayotining barcha jabhalariga va
iqtisodiyotga kompyuterlar va mikroelektronika jadal sur’atlarda joriy etila
boshladi. SHuningdek texnologiknovatsiyalar va yangi (yuksak) texnologiyalar roli
ham sezilarli darajada oshdi, bu esa ishlab chiqarishga ma’lumotli, malakali ishchi
kuchini jalb qilishni taqozo etdi. SHu sababli iqtisodiy o‘zaro aloqalar va jahon 
savdosi asosan iqtisodiy rivojlangan davlatlar o‘rtasidagi almashinuv hisobiga
amalga oshirila boshladi, rivojlanayotgan mamlakatlar esa, agar ular ko‘p
miqdorda xom ashyo resurslariga ega bo‘lmasa, jahon bozoridan siqib chiqarildi. 

Yüklə 415,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin