8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot
Reja:
1. Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining mohiyati
2. Global jarayonlar tasnifi.
3. Pandemiya - XXI asrning global muammosi.
4. Global makonda axborot texnologiyalari, sun`iy intellect
va virtual reallikning
mutanosibligi.
5. Zamonaviy texnikaning insonparvarlashuvi.
6. Global tarbiya va ta`lim barqarorlik omili
Tayanch tushunchalar: globallashuv, globalistika, universallashuv, gomogenlashuv,
intergratsiya, buyuk geografik kashfiyotlar, kommunikatsiya taraqqiyoti, fan va texnika
inqilobi,
internet, iqtisodiy globallashuv, siyosiy globallashuv, madaniy globallashuv,
TMK, globallashuvning institutsionallashuvi, globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari,
global
muammolar, global tendensiyalar, texnopessimizm, texnooptimizm, Rim klubi.
Globallashuv hodisasi va uning mohiyati, xususiyatlari.
Falsafa va hozirgi
zamon. Falsafa nafaqat insonning azaliy muammolari va g‘am-tashvishlarini, balki
uning so‘nggi yillarda fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida tobora jadalroq sur’atlarda,
shu jumladan dunyo miqyosida o‘zgarayotgan real hayoti
kundalik amaliyotini ham
aks ettiradi. SHu munosabat bilan yuzaga kelayotgan yangi hodisalar, g‘ayrioddiy
qiyinchiliklar va alohida sharoitlar olimlarning ham, faylasuflarningham e’tiborini
tortmoqda.
Bunda falsafaning fandan ustunligi shundaki – u o‘z xulosalarida tafsilotlar va
muayyan dalillarga
mahkam yopishib olmaydi, ayrim, uzuq-yuluq va o‘tkinchi
narsalarni osongina chetlab o‘tadiki, bu unga asosiy e’tiborni ishning mohiyatiga
qaratish, rivojlanishning eng muhim omillari va asosiy jarayonlarini qayd etish
imkonini beradi.
Falsafaning mazkur fazilatlari insonning ijtimoiy munosabatlar tizimida yoki
«jamiyat-tabiat» tizimida
yuzaga kelayotgan murakkab, kompleks vazifalarni hal
qilishga majbur bo‘layotgan hozirgi sharoitlarda alohida ahamiyat kasb etadi. SHu
munosabat bilan falsafiy tahlilning, muhim narsalarni ikkinchi darajali narsalardan,
qonuniy narsalarni
tasodifiy narsalardan farqlash, tarixiy rivojlanishda ob’ektiv
jarayonlarning sub’ektiv omillardan farqi kabi usullari va metodlari hozirgi
zamonda insoniyat duch kelgan olamshumul muammolarni nazariy anglab etish va
amalda bartaraf etish uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasbetadi.