Globalistika. Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab etish
borasidagi ko‘p sonli sa’y-harakatlar globallashuv
jarayonlarining mohiyati,
tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni
aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab etishga qaratilgan fanlararo ilmiy
tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda
«globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari
va global muammolarga oid
ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini,
shuningdek ularni
ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy,
ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash
uchun qo‘llaniladi.
SHuni ta’kidlash lozimki, globalistika odatda ilmiy bilimning tabaqalanishi
natijasida yoki turdosh fanlar tutashgan joyda paydo bo‘ladigan ayrim fanlar qatoriga
kirmaydi. Uning vujudga kelishi zamirida qarama-qarshi jarayonlar – hozirgi
zamon
faniga xos bo‘lgan integratsiyalashuv jarayonlari yotadi. Globalistika tadqiqotlar va
bilishning shunday bir jabhasiki, bu erda turli fanlar bir-biri bilan uzviy
aloqada,har biri o‘z predmeti
va metodi nuqtai nazaridan, globallashuvning turli
jihatlarini tahlil qiladi, global muammolarni bir-biridan alohida va yaxlit tizim sifatida
o‘rganib, ularning echimlarini taklif qiladi.
Globalistika mustaqil ilmiy yo‘nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-
yillarning oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning paydo bo‘lishi uchun ob’ektiv
asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi.
Dostları ilə paylaş: