8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja


Ijtimoiy rivojlanishning jadallashuvi



Yüklə 415,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/25
tarix20.06.2022
ölçüsü415,27 Kb.
#61916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
№8-Mavzu - uz (1)

Ijtimoiy rivojlanishning jadallashuvi. Bunday rivojlanish, avvalo, atrof muhitning 
tanazzuliga olib keldi va tez orada insonning o‘zi ham tanazzulga yuz tutganini 
namoyon etdi. Zero inson xulq-atvori, tasavvurlari va fikrlash tarzi uning atrofida
yuz bera boshlagan o‘zgarishlarga muvofiq o‘z vaqtida o‘zgarishga qodir bo‘lmay
qoldi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning jadal sur’atlarda rivojlanishiga esainsonning
o‘zi va uning fan va texnika sohasidagi yangi va yangi yutuqlar bilan ko‘p karra 
kuchaytirilgan izchil o‘zgartiruvchi faoliyati sabab bo‘ldi. 
So‘nggi o‘n yilliklarning o‘zida fan-texnika yutuqlari o‘sishi natijasida jamiyat
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishida avvalgi yuz yilliklarga qaraganda ko‘proq 
o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bunda o‘zgarishlar jarayoni o‘sib boruvchi tezlikda rivojlandi
va ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda yanada chuqurroq va jiddiyroq o‘zgarishlar yasadi.
Masalan, verbal (og‘zaki) muloqotdan yozuvning yaratilishiga qadar insoniyat taxminan 
uch million yilga, yozuvdan kitob bosmasi ixtiro qilingunga qadar taxminan besh
ming yilga, kitob bosmasidan telefon, radio, televidenie kabi audiovizual vositalar 
yaratilgunga qadar taxminan besh yuz yilga teng yo‘lni bosib o‘tgan bo‘lsa, odatdagi
2
Каримов И. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари 
ва чоралари. -Т.: Ўзбекистон, 2009. –Б.30 


audiovizual vositalardan zamonaviy kompyuterlarga o‘tish uchun ellik yildan kamroq 
vaqt talab etildi. Misli ko‘rilmagan sur’atlarda - atigi 10-15 yil ichida odamlar
Internet va uyali aloqa yordamida muloqot qilish uchun cheksiz imkoniyatlarni
qo‘lga kiritdilar. YAngi ixtirolar yaratilganidan ular amalga joriy etilgunga qadar
o‘tadigan vaqt ham yanada qisqardi; ular endi aksariyat hollarda yillar bilan emas,
balki oylar va hatto kunlar bilan o‘lchanadi. XXI asrning eng so‘nggi
kashfiyotlaridan biri bo‘lmish nanotexnologiyalarning (mitti texnologiyalar) 
yaratilishi insonning barcha sohadagi imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.
SHunday qilib, atigi ikki-uch yuz yil muqaddam turli millatlar asosan alohida-
alohida yashagan, ularning o‘zaro aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa,
endilikda Erda nafaqat «oq dog‘lar», ya’ni inson oyog‘i etmagan joylar qolmadi,
balki tabiiy holatiga inson bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatmagan sof
hududlar, suv va fazo bo‘shliqlari ham deyarli mavjud emas. Bularning barchasi endi 
bizning sayyoramizni «umumiy uy», «Koinotdagi orolcha», «qattiq to‘lqinlanayotgan
okeandagi qayiq», «dunyoviy qishloq» deb, barcha odamlar uchun umumiy tus olgan 
muammolarni esa - olamshumul, umuminsoniy, global deb nomlash uchun asos 
bo‘lmoqda. 

Yüklə 415,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin