8-Mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja


Global ongni shakllantirish zaruriyati



Yüklə 415,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/25
tarix20.06.2022
ölçüsü415,27 Kb.
#61916
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
№8-Mavzu - uz (1)

Global ongni shakllantirish zaruriyati. Globallashuv jarayonlarini nazariy
jihatdan anglab etish va global muammolarni bartaraf etish nafaqat o‘ta og‘ir va
uzoq davom etadigan, balki kutilgan natijalarga qanday erishish mumkinligi
xususida hali aniq javoblar va uzil-kesil echimlarga ega bo‘lmagan ishdir. Ayni
vaqtda aksariyat tadqiqotchilar global tangliklarni bartaraf etish imkoniyatini
ommaviy ongda yangicha axloqning shakllanishi va mustahkamlanishi,
madaniyatning rivojlanishi va uning insonparvarlashuvi bilan bog‘lamoqdalar. Buning 
uchun jiddiy asoslar bor, zero odamlarning fe’l-atvori, xatti-harakatlari, pirovard
natijada esa ular erishishga harakat qiladigan natija asosan ularning hayotga
munosabati va fikrlash tarzi bilan belgilanadi. 
Darhaqiqat, asrlar mobaynida saqlanib qolayotgan dunyo haqidagi tasavvurlarni
o‘zgartirish, qotib qolgan fikrlash andozalarini bartarafe tish va odamlar ongida
insoniylikning yangicha tamoyillarini shakllantirishning o‘zi umuminsoniy muammolar 
echimi emasligi ham ravshan. Bu mazkur muammolarni bartaraf etish yo‘lidagi zarur, 
lekin faqat birinchi qadam va u muttasil o‘zgaruvchi vaziyatga mos bo‘lgan va hozirgi 
davr ruhini aniq aks ettiradigan dunyoqarashning shakllanishi bilan bog‘liq. 
Bunday yangilangan dunyoqarash zamirida faqat so‘nggi yuz yillikka xos bo‘lgan
jamiyat hayoti internatsionallashuvining keskin o‘sishi bilan belgilanadigan ijtimoiy
munosabatlarning yangicha mazmuni va shakl-shamoyillarini aks ettiruvchi
yangicha insoniylik yotishi lozim. Mazkur yangicha insoniylik global ongni 
shakllantirishga qaratilishi va uch asosiy negiz: globallik tuyg‘usi, zo‘ravonlikka 
nisbatan murosasizlik va insonning asosiy huquqlarini tan olishdan kelib chiqadigan
adolatparvarlikni o‘zichiga olishi darkor. 
Xalqaro kuchlarning birlashuvi. Odamlar dunyoqarashi nafaqat ularning dunyo 
haqidagi bilimlarida, balki ular bu bilimni qanday talqin qilishi, qanday xulosalar
chiqarishi va qanday ish ko‘rishida ham namoyon bo‘ladi. SHu sababli global


muammolarni butun dunyo bahamjihat hal qilishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritar
ekanmiz, insoniyat nazariyada muayyan yutuqlarga va ba’zi bir amaliy natijalarga
erishgan holda, dunyo rivojlanishining salbiy jarayonlarini to‘xtatishga hali
muvaffaq bo‘lmaganini e’tibordan chetda qoldirishimiz mumkin emas. Xalqaro 
kuchlarning muayyan darajada birlashuvi, ularning muvofiqlashtirilgan, izchil va eng
muhimi, samarali harakatlari ham hali mavjud emas. Nega shunday bo‘lyapti va
bunga nima xalaqit beryapti? Hozirgi rang-barang va ziddiyatlarga to‘la dunyoda
kelishilgan harakatlarni amalga oshirish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, bunga 
qanday asosda erishish mumkin? Bular bugungi kunda ijtimoiy tafakkur, shu
jumladan falsafa echishga harakat qilayotgan bosh masalalardir. 
Tarixiy tajriba turli xalqlarning yaqinlashuvi ularning manfaatlari mos kelgan
joyda ayniqsa yaxshiroq yuz berishini ko‘rsatadi. O‘zaro manfaatdorlik turli
qiyinchiliklarni tez bartaraf etish, savdo-sotiqni faol rivojlantirish, iqtisodiy,
siyosiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashadi. 
Odatda bu yo‘lda engishga to‘g‘ri keladigan eng katta qiyinchiliklar eskicha
qarashlar, qotib qolgan fikrlash uslubi, an’analar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ular
o‘zgarish xususiyatiga ega, lekin bu juda uzoq, katta qiyinchiliklar bilan tashqi yoki
ichki omillar ta’sirida yuz beradi. Masalan, tashqi omillar qatoriga ekologik 
tanglikning kuchayishi, «demografik portlash» oqibatlari, urush xavfi va nafaqat
odamlarning turmush tarzini sezilarli darajada o‘zgartirgan, balki ularning ongiga 
ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan boshqa global muammolar kiradi. Ichki omillar inson
manfaati, uning sub’ektiv, shaxsiy asosi bilan bog‘liq. U yoki bu muammolarning 
keskinlik darajasi, hatto buning uchun zarur shart-sharoitva etarli asoslar paydo bo‘lgan 
hollarda ham, nima uchun pasaymayapti, degan savolga javob topishda yuqorida zikr
etilgan omillar, ayniqsa manfaat omili albatta hisobga olinishi lozim. 
Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar. Har bir xalq, har 
bir mamlakat xalqaro munosabatlarning uyoki bu tartibida, davlatlararo savdo
oqimlarining yo‘nalishi va kapitallarning taqsimlanishida o‘z muayyan manfaatiga
ega bo‘ladi. Ular tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitni saqlash va shu kabi 
masalalarda doim o‘z manfaatlarini himoya qiladiki, bu ularning siyosatida umumiy
masalalarda ham, xususiy masalalarda ham bevosita aks etadi va boshqa
mamlakatlar siyosatiga o‘xshamasligiga sabab bo‘ladi. Ba’zan ichki manfaatlar
umumiy manfaatlardan ustunlik qiladi. Bunday hollarda mazkur siyosat boshqa
davlatlarning manfaatlariga zid ravishda amalga oshiriladi. Masalan, ekologiya
nuqtai nazaridan bu qo‘shni hududlarda yashovchi xalqlarning qarama-qarshi
manfaatlari to‘qnashgan hollarda ko‘p kuzatiladi. 
Ammo hozir, jamiyat hayotining internatsionallashuvi va iqtisodiy aloqalarning 
o‘sib borayotgan integratsiyalashuvi sharoitida, sayyoramizning turli burchaklarida 
jahon hamjamiyatining yadro urushi, ekologik tanglik, demografik keskinlik va 
resurslar taqchilligini bartaraf etishdan iborat ob’ektiv manfaatlarini o‘zlarining umumiy 
manfaati deb biluvchi odamlar soni tobora ko‘payib bormoqda. Ma’rifatli siyosiy va
jamoat arboblari yanada aniqroq anglab etayotgan kelishilgan harakatlarga bo‘lgan bu 
ob’ektiv ehtiyoj hozirning o‘zidayoq ayrim davlatlar xulq-atvoriga ta’sir 
ko‘rsatmoqda va hatto ularning ichki va tashqi siyosatini ma’lum darajada 
belgilamoqda. 
Inqiroz ildizlari. Ayrim mamlakatlarda ham, butun dunyoda ham barqaror ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishga erishish texnokratik jamiyat tuzilishi va mohiyatidan kelib 
chiqadigan katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq. U kompyuter inqilobi ta’sirida 
o‘zgarganiga qaramay, texnogen sivilizatsiyaning asosiy shakl-shamoyillarini saqlab
qolmoqda va shu sababli hozirda mavjud ko‘rinishda nafaqat bunday jamiyat 
tanqidchilarini, balki texnika taraqqiyoti tarafdorlari (texnokratik optimistlar) sobiq 
izdoshlarining bir qismini ham qanoatlantirmayapti. 
Ularning aksariyati fikriga ko‘ra, hozirgi G‘arb sivilizatsiyasi insoniyat uchun
shikastli bo‘lgan ko‘pgina ziddiyatlarni yuzaga keltirdi, chunki uning zamirida


tabiat va uning resurslariga nisbatan iste’molchilik yondashuvi yotadi. Tegishli 
qadriyatlar tizimidan mustahkam o‘rin olgan bunday tasavvurlar tarixan sanoat
inqilobi, keyinroq - fan-texnika inqilobi davrida shakllangan bo‘lib, o‘z ildizlari
bilan inson, xuddi Erdagi Xudo kabi, dunyoni bunyod etadi, uni tabiat imkoniyatlari va 
o‘z imkoniyatlari bilan hisoblashmasdan o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartiradi, degan 
dunyoqarashga borib taqaladi. Pirovardda nafaqat ekologik va demografik tangliklar,
balki ma’naviy inqiroz ham yuzaga keladi, bunda avvalgi dunyoqarash mo‘ljallari
ob’ektiv sharoit tazyiqi ostida o‘zgarayotgan amaliyot bilan to‘qnashadi.
YAngi qadriyatlar tizimi. Ayni shu sababli qadriyatlar muammosi, ijtimoiy
rivojlanishning yangi ustuvorliklarini va boshqa dunyoqarash mo‘ljallarini izlash
jamiyatni ma’naviy yangilashning bosh vazifalariga aylanadi. Bugungi kunda turli
mamlakatlarning olimlari boshqa qadriyatlarga muvofiq bunyod etilgan o‘zga
sivilizatsiyaga o‘tish amalga oshirilgan taqdirdagina insoniyat ekologik va boshqa 
global muammolarni bartaraf eta olishi mumkinligini deyarli yakdillik bilan qayd 
etmoqdalar. Ularning fikricha, mazkur qadriyatlar tabiat va uning ehtiyojlarini 
tabiatdan ustun qo‘yuvchi antropotsentrizmga emas, balki hayot fenomenining 
betakrorligiga va biosferani muvozanat holatida saqlash lozimligiga e’tiborni
qaratuvchi biosferotsentrizmga asoslanishi lozim. Inson esa, aqlli mavjudot va 
mazkur murakkab tizimning tarkibiy qismi sifatida, bubilan nafaqat hisoblashishi, balki 
tegishli tarzda ish ko‘rishi ham lozim. 
Uning dunyoga munosabatini o‘zgartirish, insonparvarlik va koevolyusiya, ya’ni 
tabiat va jamiyatning mushtarak rivojlanishi tamoyillariga tayanib, yangi qadriyatlar
tizimini va ijtimoiy rivojlanish mo‘ljallarini yaratishdan boshqa yo‘li yo‘q. 
Dunyo xalqlar o‘rtasida o‘zaro aloqa va asosli hamkorlik yo‘liga yanada ishonch bilan
kirishi, odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati esa tabiat bilan ziddiyatga
kirishmasligi uchun dunyoda yuz berayotgan hozirgi jarayonlar haqidagi ilmiy
bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek odamlarning yuz berayotgan
hodisalar va jarayonlarga o‘z javobgarligini yanada teranroq tushunishiga erishish 
lozim. Bu yana shuning uchun ham muhimki, zamonaviy elektron qurilmalar va 
hisoblash texnikasi insonning o‘z faoliyati natijalarini ham, ular olib kelishi mumkin 
bo‘lgan oqibatlarni ham chamalash va bashorat qilish qobiliyatini ko‘p kara 
oshiradi. SHu sababli ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda
olimning roli ortishi bilan bir qatorda uning inson uchun ham, atrof muhit uchun 
ham muayyan ekologik, tibbiy va boshqa oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan 
texnik loyihalar bo‘yicha qarorlar va tavsiyalar uchun javobgarligini mislsiz darajada
oshirish masalasi ham alohida ahamiyat kasb etadi. 
So‘nggi yillarda genetika sohasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlar o‘ziga tobora
ko‘proq e’tiborni tortmoqda. Bu erda jonli organizmlarni, shu jumladan insonni
ham klonlash imkonini beruvchi gen injeneriyasi uchun keng imkoniyatlar
ochilmoqda. Bu ko‘p sonli axloqiy va psixologik masalalarni yuzaga keltiradi, 
chunki inson shaxs sifatida genlar ta’sirida faqat ellik foizga shakllanadi, qolgan
jihatdan u ijtimoiy muhit va muayyan yashash sharoitlari bilan belgilanadigan 
ijtimoiy mavjudotdir. 
SHu munosabat bilan eng yangi falsafiy adabiyotlarda insonparvarlik masalalari yana
birinchi o‘ringa chiqmoqda. Fan-texnika taraqqiyotini nafaqat ayrim insonning,
balki butun insoniyatning axloqiy fazilatlariga bevosita bo‘ysundiruvchi inson
faoliyatini butunlay o‘zgartirish lozimligini ifodalovchi «ilmiy insonparvarlik»
atamasi faol ishlab chiqilmoqda. I.A.Karimov bu xususda: «Ma’naviyatga qarshi 
qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy
manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan
biriga aylanishi va oxir – oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin»
13
degan 
edi. 
13
И.А. Каримов. Юксак маънавият - енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. – Б.12.



Yüklə 415,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin