berishga, insonning har qanday erkaliklarini ko‘tarishga qodir ekanligiga sog‘lom
fikrlaydigan odamlarning birortasi ham ishonmaydi. O‘sish
chegaralari borligi
ravshan, lekin ularning qandayligi va qaerdaligini hali aniqlash lozim»
9
.
Mazkur ma’ruza mualliflari shunday aniqlash bilan shug‘ullandilar. Olingan
natijalarning muxtasar mazmuni shundan iborat ediki, sayyoramiz hajmining
chegaralari muqarrar tarzda inson imkoniyatining chegaralariniham
nazarda tutadi;
moddiy o‘sish cheksiz darajada davom etishi mumkin emas; ijtimoiy
rivojlanishning haqiqiy chegaralari moddiy omillar bilan emas,
balki ekologik,
biologik va hatto madaniy omillar bilan belgilanadi. Ular jahon rivojlanishi asosiy
tendensiyalarining kompyuter modelini tuzib, mazkur tendensiyalar saqlangan holda
uchinchi ming yillik boshidayoq insoniyat voqealar
ustidan nazoratni butunlay
yo‘qotishi va natijada halokatga yuz tutishi mumkin, degan to‘xtamga keldilar.
Bundan ishlab chiqarishning o‘sishini to‘xtatish, tobora ko‘payib borayotgan aholi
sonini esa tegishli ijtimoiy siyosat yordamida barqarorlashtirish lozim,
degan
xulosaga kelindi.
Ma’ruza jahonning ko‘plab tillariga o‘girildi va dunyo bo‘ylab keng tarqaldi,
ishlab chiqarishning o‘sishini to‘xtatish g‘oyasi tarafdorlari va muxoliflari o‘rtasida
qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. So‘ngra navbatdagi ma’ruzalar majmui
(bugungi kunda ular yigirmatadan oshib ketdi) paydo bo‘ldi. Bu ma’ruzalar
umuminsoniy muammolarning ko‘pgina jihatlarini yoritib berdi va ularga nafaqat
olimlar
va faylasuflar, balki siyosatchilar, jamoat arboblari, umuman jahon
hamjamiyati e’tiborini qaratdi.
Dostları ilə paylaş: