8. Mavzu. Ilmiy texnik axborotlarning xalqaro tizimi. Ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning asosiy shakl va usullari. Reja



Yüklə 41,31 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.04.2023
ölçüsü41,31 Kb.
#101076
8. Mavzu. Ilmiy texnik axborotlarning xalqaro tizimi. Ilmiy tadq



8.Mavzu. Ilmiy texnik axborotlarning xalqaro tizimi.Ilmiy
tadqiqotlarni moliyalashtirishning asosiy shakl va usullari.
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasida fanning tashkiliy tarkibi va boshqaruv
tizimi.
2. Ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning asosiy shakl va usullari.
3. O’zbekistonning halqaro ilmiy-texnik aloqalari.
Tayanch so’z va iboralar: Fan, ilmiy ijodiyot, metodika, metodologiya,
tadqiqot, tadqiqot ob’ekti, ilmiy mavzu, fanni moliyalashtirish, tanlov, grant,
loyiha, halqaro aloqalar, ilmiy anjuman, ilmiy-texnik hamkorlik.
1. Fan inson ratsional faoliyatining bizni o’rab turgan olam haqidagi ob’ektiv
haqiqiy bilimlarni ishlab chiqishga bag’ishlangan alohida sohasidir. Ushbu soha
bunday ijodiyotni ta’minlovchi, mutassil taraqqiy etib boruvchi bilimlar tizimini,
insonlarning va muassasalarning ilmiy ijodiyotini o’z ichiga oladi. Fan va
texnikaning o’zaro taqozo etuvchi rivojlanish jarayoni insonga moddiy va
ma’naviy ixtiyojini qondirish uchun zarur bo’lgan ne’matlarni olishi uchun o’rab
turuvchi muxitga ta’sir etish imkonini beradi. Lekin ushbu ta’sir atrof muxitga
hozirda ham, kelajakda ham, zarar yetkazmasligi kerak.
Ilmiy ijodiyot natijalarini amaliyotga – ishlab-chiqarishga joriy etish mehnat
unumdorligini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, uning sifatini yaxshilash,
raqobatbardoshligini
ta’minlash,
ekspluatatsiya
ko’rsatkichlarini
oshirish
shakllarida namoyon bo’ladi.
Fan - ilmiy-texnik progressning poydevoridir.
Ilmiy yutuqlar oliy maktab taraqqiyotida ham katta rol o’ynaydi va bevosita
ta’sir
ko’rsatadi.
Fanning
rivojlanishi
talabalar
bilimiga,
ularning
ijodiy
taraqqiyotiga, faoliyati sohalaridagi uquv va ko’nikmalariga yuqori talablar
qo’yadi. Mutaxassislardan yangi, murakkab masalalarni qo’yish va hal etishni talab
qilinadi.
“Ilmiy
ijodiyot
metodologiyasi”
fanini
o’qitishdan
maqsad

bo’lajak
magistrlarga tadqiqotchilik ko’nikmalarini singdirish, olingan bilimlarni ilmiy
fakt
va
muammolarni
tahlil
qilish,
baholash
va
mustahkamlash,
o’z
mutaxassisligi sohasidagi ilmiy axborotlar oqimidagi yo’nalishlarni ajrata bilish
va ularni yetkaza olish mahorati va ko’nikmalarini hosil qilishdan iboratdir.
Ushbu fanni o’rganish natijasida bo’lajak magistrlar quyidagi vazifalarni
uddalay olishi ko’zda tutiladi:
1)
ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy tushunchalari, tadqiqot usullari, bilim va
ijodning yaxlit yechimlariga qo’yiladigan zamonaviy talablar, hisoblash texnikasi
yordamida
bajariladigan
tajriba-tadqiqotlar
ilmiy
kuzatishlarning
yangi


metodologiyasi ekanligi, fan va texnikadagi mavjud axborot tizimlari haqida
yetarli tasavurlarga ega bo’lishi;
2)
tadqiqot ob’ektining modelini, tadqiqot natijalariga ishlov berish usullarini,
isbotlash va rad qilish yo’llarini bilishi va foydalana olishi;
3)
izlanuvchi tadqiqotlar o’tkazish, masalaning holatiga sharh berish va
tadqiq etish, ilmiy yechimlar bo’yicha xulosalar va tavsiyalarni ifodalash, ish
rejalarini tuzish, ilmiy adabiy manbalarni izlab topish, ularni o’rganish va kerakli
materiallarni ajratish, ilmiy – tadqiqotlar natijalarini rasmiylashtirish va amalga
joriy etish tajribalariga ega bo’lishi.
2. Fan va texnikaning rivojlanishi va taraqqiyoti har qanday mamlakatning
iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida beqiyos rolь o’ynaydi.
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida odilona, demakratik
jamiyat qurish yo’lida sobit qadamlik bilan harakat qilinmoqda. Bu ishlarning
amalga oshirilishida fan va ijodiyotga munosib o’rin berilgan bo’lib, bu holat
mamlakat hayotining barcha qirralarida yaqqol ko’rinadi. Sanoat, qishloq xo’jaligi,
xizmat ko’rsatish va boshqa sohalarga fan va texnikaning ilmiy maxsulotlari rejali
ravishda joriy etib borilmoqda. Yangi texnologiyalarni joriy etish, mavjudlarini
takomillashtirish yo’nalishlarida katta ishlar amalga oshirildi. Asakadagi O’z DEU
AVTO, qorovul bozordagi neftni qayta ishlash zavodi, Farg’onadagi Yevroaziya-
TAPO-DISK, O’zsalaman, qator to’qimachilik korxonalarida tubdan yangi
texnologik liniyalar o’rnatilib, hozirda ular yuqori sifatli mahsulot ishlab-
chiqarishga xizmat qilmoqda.
Iqtisodiyotning barcha sohalarida mehnat qilayotgan mutaxassislarning
professional ko’rsatkichlariga yuqori talablar qo’yilmoqda, kasb mahorat bilan bir
qatorda ular kompьyuter texnologiyalaridan foydalanish uquv va tajribalarga ega
bo’lishlari talab etilmoqda.
Mamlakatimizda qabul qilingan «Ta’lim to’g’risidagi qonun» va «Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi» va ularning amaliyotga joriy etilishi kadrlar tayyorlash
tizimini tubdan isloh qilish, tayyorlanadigan bakalavr va magistrlar sifatini
oshirishga qaratilgandir. Bu yo’nalishda rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik
qilish, ularning ilg’or tajribalarini o’rganish va qo’llashga katta ahamiyat
berilmoqda.
Mamlakatimiz olimlari fundamental va amaliy tadqiqotlar yo’nalishlarida
samarali
mehnat qilib kelmoqdalar. Hozirgi davrda mamlakat istiqbolini
belgilovchi ustivor yo’nalishlarda davlat byudjetida katta mablag’lar ajratilib,
kompleks ilmiy-tadqiqotlar olib berilmoqda. Bu ishlarni bajarishda O’zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasi va uning tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari bilan
birgalikda oliy o’quv yurtlarining olimlari va talabalar ham yaxshi natijalarga
erishmoqdalar.
Fanning mamlakat istiqbolidagi roli beqiyos bo’lganligi sababli, uning
moddiy-texnik bazasi mustaxkamlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu tadbirlar
ilmiy mahsulotlarning yanada katta samara berishiga asos yaratadi.


O’zbekiston Respublikasida rivojlangan demokratik jamiyatni barpo etishda
fan va ilmiy ijodiyotga ajratilgan o’rin kelgusida o’zining ijodiy natijalarini
berishiga shak-shubha yo’q.
3. O’zbekiston
Respublikasining Davlat mustaqilligi e’lon
qilinganidan
so’ng ilmiy-tadqiqot ishlarining tashkiliy tarkibi qayta ko’rib chiqilib, zaruriy
islohotlar o’tkazildi. Bizning mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot
ishlarining olib
berilishida quydagi tarkibiy tizimlar ishtirok etadilar:
1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fan va texnika bo’yicha
Davlat komiteti.
2. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va uning bo’limlari.
3. Tarmoqlar bo’yicha ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari.
4. Oliy o’quv yurtlari.
5. Ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladigan alohida tarkibiy tuzilmalar.
6. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy Attestatsiya
Komissiyasi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilagan tarkibiy tuzilmalarning har biri oldiga aniq
belgilangan vazifalar qo’yilgan bo’lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fan va texnika bo’yicha
Davlat komiteti mamlakatimizda olib boriladigan tadqiqotlarning barcha asosiy
tashkiliy moliyaviy ishlarini boshkarib boradi, fanning istiqbolli yo’nalishlarini
rejalashtiradi,
muvofiqlashtiradi
va
davlat
byudjetidan
mablag’
bilan
ta’minlanishini tashkil etadi va bajarilishini nazorat etib boradi. Bundan tashqari,
zarur hollarda fan va texnikaga oid konunlar bo’yicha Oliy Majlisga, muhim
qarorlar bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga kerakli takliflar kiritadi.
O’zbekiston
Respublikasi
Fanlar
Akademiyasi
mamlakatimizda
fundamentalь
va
amaliy
tadqiqotlar
yo’nalishida
olib
boriladigan
ilmiy
izlanishlarni
muvofiqlashtirib
boradi,
ularning
amaliyotga
joriy
etilishiga
ko’maklashadi, ilmiy jamoalar o’rtasidagi aloqalarni tashkil etadi, xalqaro ilmiy
aloqalarni o’rnatadi va shunga o’xshash vazifalarni amalga oshiradi. Fanlar
Akademiyasining bo’limlari va tarmoqlar bo’yicha
ixtisoslashgan institutlari
fan(lar)ning konkret sohalari va yo’nalishlari bo’yicha kompleks ilmiy-tadqiqotlar
olib boradilar, ularning ishlab-chiqarishga tadbiq etilishida ishtirok etadilar, ilmiy
kadrlar tayyorlaydilar, turli ilmiy anjumanlar tashkil etadilar va o’tkazadilar;
mustaqil ravishda o’z o’ynalishlaridaga tadqiqotlar uchun investitsiyalarni davlat
byudjetidan tashqari manbaalardan jalb etish bo’yicha ishlarni amalga oshiradilar.
Oliy o’quv yurtlarida birinchi darajadagi vazifa yuqori malakali bakalavr va
magistr kadrlar tayyorlash bo’lsa, keyingi o’rindagisi ilmiy-tadqiqot ishlarini
amalga oshirishdir. Oliy o’quv yurtlarning ko’p sonli va yuqori malakali olimlari
fan va texnikaning barcha ustivor yo’nalishlarida samarali ilmiy izlanishlar olib
boradilar.
Ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladigan alohida tuzilmalar qatoriga turli
tayanch stantsiyalari, uchastkalar, maxsus sharoitlarda tadqiqot ishlari olib
boriluvchi ko’chma ekspeditsiyalar va shu kabila kiradi; bunday tuzilmalar o’ziga


xos sharoitlarida ishlaydi, ba’zan maxsus topshiriqlar asosida izlanishlar,
tekshirishlar va kuzatuvlar olib boriladi.
Oliy Attestatsiya Komissiyasi fanning tasniflangan yo’nalishlari bo’yicha
ilmiy ishlar natijalari asosida himoya qilinuvchi dissertatsiyalar himoya qilinishini,
shu jumladan, ixtisolashtirilgan Ilmiy Kengashlarning tarkibini tashkil etadi,
tasdiqlaydi, ularning ishni nazorat etadi, ilmiy darajalar va unvonlar beradi va
boshqa tashkiliy ishlarni bajaradi.
4. Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun katta xarajatlar talab etiladi.
Fan va texnikaning ilmiy mahsuloti strategik ahamiyatga ega bo’lgan tovar
bo’lgani uchun unga egalik qilishga davlat monopoliyasi o’rnatiladi. Bunday tartib
jahonning deyarli barcha rivojlangan davlatlarida joriy etilgan.
Ilmiy-tadqiqot ishlari asosan davlat byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadi.
Bu eng avvalo, fundamentalь, nazariy tadqiqotlarga tegishli bo’lib, uning darajasi
ko’p jihatdan mamlakat fanining rivojlanish darajasini belgilaydi. SHuning bilan
birgalikda, fundamentalь tadqiqotlar natijalari deyarli barcha yo’nalishlardagi
amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarning ko’plab muammolarini tezkorlik bilan hal
etilishi uchun zamin yaratadi.
ITI uchun O’zbekiston Respublikasida davlat byudjetidan yiliga katta
mablag’lar ajratilmoqda, bu xarajatlar byudjedta maxsus modda bilan ko’zda
tutiladi. Mustaqillikka erishilgandan beri o’tgan yillar davomida bu maqsadlar
uchun ajratilayotgan mablag’larning miqdor yildan-yilga oshib bormoqda. Bu
masalaga O’zbekiston rahbariyati va xukumati katta ahamiyat berayotganini
alohida ta’kidlab o’tish lozimdir.
ITIning samaradorligi uning moddiy-texnik ta’minotiga bog’liqdir. Ushbu
yo’nalishda mamlakatimizda istiqbolni ko’zlab ish olib borilmoqda. Bu maqsadlar
uchun
ajratilayotgan valyuta mablag’larining miqdori ham so’nggi yillarda
sezilarli darajada oshganligini ta’kidlash o’rinlidir. Ko’rilayotgan tadbirlar
o’zxining ijobiy natijalarini ko’rsata boshlagani quvonarli holdir.
ITIni moliyalashtirishning yana bir usuli-byudjettan tashqari manbaalardan
mablag’ bilan ta’minlash bo’lib, uning quyidagi turlarini ko’rsatish maqsadga
muvofiqdir:
a) korxona, tashkilot, muassasalar va boshqa xo’jalik sub’ektlarining
mablag’lari hisobidan shartnomalar asosida buyurtmalar bo’yicha ITI bajarish;
b) to’rli yuridik va jismoniy sub’ektlarning buyurtmalari asosida ularning
ehtiyojlari uchun ishlanmalar tayyorlash;
v) chet el investitsiyalari asosida O’zbekiston Respublikasining qonunlari
doirasida ITI bajarish;
g) xalqaro grantlar shartlari bo’yicha tanlovlarda ishtirok etish (turli
darajadagi ITI natijalari, ishlanmalar, TKI, loyihalar va sh.k).
5. O’zbekiston Respublikasi jahonning ko’plab davlatlari bilan ilmiy-texnik
aloqalar o’rnatgan. Bu davlatlar sarasiga AQSH, Yaponiya, Hitoy, Rossiya, Buyuk
Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Ispaniya, Gollandiya, Ukraina, Belьgiya,
Hindiston, SHarqiy Yevropa davlatlari, MDHga kiruvchi davlatlarni ko’rsatish
mumkin. Mamlakatimiz olimlari o’zlarining chet ellik hamkasblari bilan fan va
texnikaning ko’plab ustivor soha va yo’nalishlarida samrali ITI olib bormoqdalar.


CHet ellar bilan yo’lga qo’yilgan xalqaro ilmiy-texnik aloqalarning asosiy shakllari
quyidagi ko’rinishlarda amalga oshirilmoqda:
a) ikki tomonlama va ko’p tomonlama xalqaro ITIni bajarish;
b) chet el kontsernlari va firmalarining buyurtmalari asosida ITIni bajarish;
v) xalqaro tanlovlarda loyihalar va ishlanmalar bilan ishtirok etish;
g) O’zbekistonda va chet ellar o’tkaziladigan xalqaro ilmiy-texnikaviy
ajumanlarda (konferentsiya, simpozium, seminarlar va sh.k.) qatnashish;
d) tajriba almashish maqsadida o’tkaziladigan maxsus vizitlar tashkil etish;
e) kadrlar tayorlash yo’nalishida (qisqa va uzoq muddatli
stajirovkalar,
bakalavriat, magistratura, aspirantura, doktoratura va sh.k. shakllarda).
O’zbekistonning xalqaro ilmiy-texnik aloqalari yildan-yilga kengayb,
chuqurlashib bormoqda, chet ellik mutaxassislar o’zbek olimlarining fanning
ko’plab
yo’nalishlarida erishgan yutuqlarini e’tirof etmoqdalar, bu esa
mamlakatimizning jahon miqyosida fan-texnika sohasida ham o’zining munosib
o’rnini egallashiga, yurtimizning yaqin kelajakda rivojlangan davlatlar qatoriga
kirishiga, xalqimizning ertangi farovon turmushi uchun xizmat qiladi.
Nazorat savollari
1. Fan, ilmiy ijodiyot, metodika, metodologiya tushunchalarini izohlang.
2. Ilmiy mavzu, fanni moliyalashtirish, tanlov, grant, loyihani bajarilishi.
3. Xalqaro aloqalar, ilmiy anjuman, ilmiy-texnik hamkorlik haqida tushuncha
bering.

Yüklə 41,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin